Yangi Harakat va ayrim arosatda qolganlar haqida – uzxalqharakati.com


Jul 6th, 2011

Bundan roppa rosa 40 kun oldin men O‘zbekistondagi mustabid tuzumga qarshi kurashish uchun muxolifatning birlashgan Yangi Harakati tuzilgani va bu harakatga nisbatan turli tuman munosabatlar paydo bo‘lgani haqida ayrim fikrlarimni yozgan edim ( http://stopdictatorkarimov.com/Kurash_va_Tanlov.htm  ). Xususan u erda quyidagi satrlar bor edi:

“Rejim vakillarining ahvoliku aniq, xo‘sh, boshqalarning ahvoli qanaqa? Bugun O‘zbekiston Xalq Harakatiga 4 xil munosabat mavjud:

1. Harakat saflariga dadil kirib uni yanada kuchaytirishga hissa qo‘shish

2. Harakat faoliyatiga qarshi turli tuman yo‘llar bilan xalaqit berish, unga qarshi tish tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatish

3. Harakatning johil va zolim tuzum bilan bo‘ladigan og‘ir kurashlarini faqat tomoshabin sifatida kuzatib o‘tirish

4. Harakatning faoliyatini umuman qo‘llash ammo kurashning og‘irligini tushungan holda, issiq jonni va yana allambalolarni uylab bu kurashga qo‘shilmaslik

Har bir davrda, har bir inson hayotida, turli muammolar namoyon bo‘laveradi va u bizlarni TANLOV qilishga majburlayveradi. Ana o‘shanda har bir inson qandaydir bir yo‘lni, echimni tanlashga majburdir. Bizning bugunimiz va ertamiz, hayotimizning mazmuni, baxtu saodatimiz har kuni qabul qilayotgan ana shu echimlarimizga chambarchas bog‘liqdir”.

Chamasi sobiq birodarim Bahrom Hamroev mening bu maqolamni o‘qimagan ko‘rinadi, aks xolda u o‘zining islamnews.ru ga bergan intepv’yusida quyidagi axmoqona gaplarni aytmagan bo‘lar edi:

http://www.islamnews.ru/news-67441.html

Astag‘firullo! Odam degan fikrlaganda sal o‘pkani bosib olmaydimi! Aks holda mana shunaqa goh bog‘dan, goh tog‘dan kelib, nima deyayotganini, nima demoqchi bo‘lganini na o‘zi, na boshqalar tushunadi.

Birinchidan, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish uchun umrining eng mazmunli yillarini og‘ir kurashga sarflagan sobiq birodarlaringizni, ulardan so‘ng esa dini Islom yo‘lida haqiqat izlab yurgan ma’rifatchilarni va nihoyat o‘z yaqinlarini 13 may 2005 yilgi qotil Karimov uyushtirgan Qatag‘onda yo‘qotib, endi adolat izlab Berlinda to‘plangan 50dan oshiq tajribali vatandoshlaringizni “ularning ko‘pchiligi o‘z xalqidan ajralib qolgan va O‘zbekistondagi musulmonlarning dardlaridan bexabar sharlatanlar” deb atash sizning qip qizil axmoq ekanligingizni, bir gapni ylamay netmay shartta gapirib yuboradigan dovdir odamligingizcha qolganingizni ko‘rsatib turibdi. Afsus, 17 yillik muhojirlikdagi hayot sizniing inson sifatida rivojlanishingizga ko‘zga ko‘rinarli darajada yordam bermabdi.

Ikkinchidan, biz hech qanaqa muddat haqida gapirmaganmiz, gapira olmaymiz ham. Chunki har qanday inqilob sekin asta etiladigan bir jarayondir, uni qachon etilib, qachon portlashini yolg‘iz Alloh taolo biladi. Uni siz ham, biz ham ana o‘sha qudratli va guldurosli portlash bo‘lganda bilamiz xolos.

Asha o‘sha buyuk kunlarni yaqinlashtirishga urinish O‘zbekistonda hur va ozod fuqarolar jamiyati qurishni istagan har bir mo‘min musulmonni ham, har bir demokratning ham buyuk maqsadidir. Mening bu kurashda topgan yangi do‘stim va elkadosh birodarim Muhammadsolih Abutov sizga o‘xshagan bir dovdir “siyosatchiga”: “Men demokrat emasman ammo men O‘zbekistonda demokratiya qurilishi uchun kurashaman!” deb o‘sha, o‘zini “demokrat siyosatchi” deb hisoblaydigan ammo O‘zbekistonda musulmonlarga qarshi kurash olib borishini ochiq aytgan muttahamni bir zarb bilan erga tiqib yubordi.

Shu uchun sizga mening maslahatim:  Bundan keyin o’ylamasdan so’ylamang. Chunki bir gap bor xalqda “o’ylamay gapirgan og‘rimay o‘ladi” degan. Alloh sizga sihat salomatlik va kuchli zakovat ato etsin.

Hazratqul Xudoyberdi

2011 yil 6-iyul

http://uzxalqharakati.com/?p=833

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: