Yakshanba kungi namoyishlar chog‘ida Belarusda ‘yuzlab kishilar hibsga olingan’ – bbc uzbek


5 iyul 2011

Mahalliy inson huquqlari faollarining aytishlaricha, Belarusda yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “tinch namoyishlar” chog‘ida yuzlab kishilar hibsga olinishgan.

Belarus Mustaqilligi kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarni tarqatish uchun militsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.

“Vesna” mahalliy inson huquqlarini himoya qilish markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina poytaxt Minskning o‘zida 200 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Mamlakatning qator mintaqalarida hibsga olinganlarning soni esa, qariyb 100 ga etgan.

Ammo namoyishlar chog‘ida qancha kishining ushlab ketilganiga oid rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligi tarqatgan xabarlarda aytilishicha, Belarus huquq-tartibot idoralari, hatto, yakshanba kungi aktsiya haqida miq etmaslikni afzal bilishmoqda.

Ammo inson huquqlari faollariga ko‘ra, 200 dan ortiq odam bir qancha tuman Ichki ishlar boshqarmalariga olib ketilganlar.

Ularning mayda bezoriliklarda ayblanayotganliklari aytiladi.

Mustaqillik kuni

Xabarlarga ko‘ra, mamlakat muxolifatining norozilik aktsiyasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bo‘lgan.

Faollarning aytishlaricha, u – “Ijtimoiy tarmoqlar orqali inqilob” nomi ostida uyushtirilgan beshinchi tadbir bo‘lgan.

Aktsiya tashkilotchilari butun chiqishni sukut saqlab, ammo qarsak chalib o‘tkazish maqsadida bo‘lishgan.

Ularning ushbu rejalariga to‘sqinlik qilish uchun mas’ullar prezident Aleksandr Lukashenkoning nutqi paytida qarsak chalishni man etib qo‘yishgan.

Shu sababdan ham, kimki qarsak chalib, prezidentni olqishlagan bo‘lsa, hibsga olishgan.

Qo‘lga olinganlarning orasida jurnalistlar ham bo‘lganliklari, hujjatlarini tekshirib ko‘rish ortidan, ulardan aksariyatining ozod etilgani aytiladi.

Lukashenko qanday fikrda?

Belarus rahbarining Mustaqillik kuni qilgan chiqishida aytishicha, yaqinda bo‘lib o‘tgan namoyishlarning barchasi mamlakatida inqilob uyushtirishga qaratilgan.

Aleksandr Lukashenkoga ko‘ra, namoyishlarning ortida turganlarning maqsadi – Belarusni “tiz cho‘ktirish”dir.

Ammo Belarus prezidentining qat’iy bayon qilishicha, bu narsa hech qachon amalga oshmaydi.

O‘tgan dekabr oyidagi ziddiyatli prezidentlik saylovlari ortidan qator G‘arb davlatlari Belarusga jazo choralari ham kiritishgandi.

Bunga saylov natijalaridan norozi bo‘lib, ommaviy namoyishlarga chiqqan ko‘plab odamlarning hibsga olinishlari sabab bo‘lgandi.

Avtoritar boshqaruvi bilan nom chiqargan Belarusda norozilik namoyishlari kamdan-kam kuzatiladi.

Ammo yaqinda faollar internet orqali fuqarolarni uyushtirib, bir qator namoyishlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Deylik, o‘tgan oy mingga yaqin kishi poytaxt Minskda to‘planib, mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy bo‘hronga “tinch” noroziliklarini izhor etishgandi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/07/110705_cy_belarus_arrests.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: