Xitoy va Germaniyani bog‘lovchi temir yo‘l ishga tushdi. – yangifikr.com


O‘tgan xaftaning payshanba kuni, Xitoyning Chun Sin shaxridan Evropaning Germaniyasi tomon poezd yo‘lga chikdi. Ushbu poezd, Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiya va Pol’sha orqali, 13 kun yo‘l yurib, nemislarning Duysburg shaxriga etib keladi.

Shunday qilib, Xitoy Xalq respublikasi bilan Evropani bog‘lovchi temir yo‘l loyixasi amalga oshdi. Pekin, yangi temir yo‘l tarmog‘i yordamida, o‘zining xorijga chiqarayotgan mollari eksporti xarajatlarini qisqartirmoqchi.

 

“Nezavisimaya gazeta”ning yozishicha, Xitoydan chiqqan poezd Markaziy Evropaga 13 kunda etib boradi. Ayni shu manzilga, Xitoyning Shanxay yoki Guanchjou bandargoxidan yo‘lga chiqqan kema 36 kun sarflaydi. Bundan tashqari, Chun Sin shaxar meri Xuan Tsifanning aytishicha, temir yo‘l orqali yuklarni tashish, ancha arzon va xavfsiz.

Biroq, Xitoy va Germaniya o‘rtasida yuk tashish bo‘yicha kelishuv bir necha yildan buyon borligiga qaramasdan, u amalda ishlamayotgan edi. Chun Sin bojxonasining direktori Ma Chjunguan, bu loxyixadagi bu turg‘unlikni, yuklarning bir necha mamlakatlardan utishi tufayli bojxona amallarining murakkablashishi bilan izoxlaydi.

“Sinxua” agentligi, Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston, yuk tashish bo‘yicha strategik shartnomani o‘tgan yili imzolashganini eslab o‘tadi.

Mana endi, Xitoy va Qozog‘istonda allaqachon “Zamonaviy Ipak yo‘li” deb nom olgan temir yo‘l ishga tushdi. Xozir poezdlar bu yo‘nalish bo‘yicha bir oyda bir marta yurayapti, deydi Chun Sin bojxonasining direktori Ma, yaqin kelajakda esa qatnovlar xar kuni bo‘lishi mumkin.

Albatda, Xitoydan keladigan poezdlarni o‘z xududidan o‘tkazuvchi Qozog‘iston va Rossiya uchun, ushbu yo‘lning qiymati beqiyos. Xitoy xam o‘zining yuqori texnologiyalarini, yangi yo‘l orqali Evropaga sotishni yangi bosqichga olib chiqishni boshlab yubordi. Duysburgka qarab yo‘lga chiqqan ilk poezd, noutbuklar va   LCD lar olib borayotgani bejiz emas.

 

http://www.ferghana.ru dan, Yangi Fikr tarjimasi.

 

http://www.yangifikr.com/news/index.php?option=com_content&view=article&id=241:2011-07-06-16-18-05&catid=1:latest-news

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: