Xitoy Shinjondan ko’zini uzmaydi – voa uzbek


05 iyul, 2011

Amerika Ovozi

Foto AP

“Xitoy terrorizm va ekstremizmga nisbatan ogoh turishi va lozim topsa, chora ko’rishi kerak. Harakatlarimiz sharofati bilan bugun Shinjon osuda va shunday bo’lib qoladi”.

Xitoy hukumati aholisi asosan musulmon Shinjon muxtoriyatida huquq kunda oyoqosti qilinayotgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti so’nggi hisobotiga ko’ra, Urumchidagi qirg’indan rosa ikki yil o’tib, bugun uyg’ur xalqi doimiy qo’rqinch va sukutda yashashga majbur.

2009 yilgi to’polon ketidan Shinjonda xavfsizlik kuchlari mijja qoqmaydi.

Rasmiy matbuoti hisobicha, 2010 yilda hududda mudofaa xarajatlari ikki karra oshib, 400 million dollarga yetgan. 40 ming dona kuzatuv kamerasi o’rnatilgan.

Xalqaro Amnistiya tashkilotining aniqlashicha, bugun ham hukumatdan shikoyat qilgan yoki haqqini talab qilgan uyg’urlar darrov adabini yeydi.

Lekin Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xong Ley deydiki, bu xalqaro tashkilot hisoboti – safsata.

“Xitoy terrorizm va ekstremizmga nisbatan ogoh turishi va lozim topsa, chora ko’rishi kerak. Harakatlarimiz sharofati bilan bugun Shinjon osuda va shunday bo’lib qoladi”, – deydi Xong Ley.

Xitoy taraqqiyoti va sarmoyasi muxtoriyat uchun, u yerda yashovchi fuqarolar uchun koni foyda, deydi rasmiy.

Uning ta’kidlashicha, rasmiy Pekin ektremizmni qurol qilgan insonlar, chetdan turib, yurt tinchini buzayotgan uyg’urlarni jazosiz qoldirmaydi.

AP

2009 yilda Xitoy janubidagi fabrikada ikki uyg’ur ishchisi o’ldirilgach, Urumchida minglab uyg’ur zo’ravonlik va nohaqlikka qarshi namoyish qilgan edi.

Olishuv olishuvga ulanib, etnik tus olgan, rasmiy manbalarga ko’ra, 197 kishi o’lgan edi. Xitoylar ham, uyg’urlar ham jabr ko’rgan.

Oradan ko’p o’tmay politsiya yuzlab uyg’urni qamoqqa oldi. Kamida 20 kishi o’limga mahkum o’tilib, yana ko’plar uzoq yilga turmaga tashlandi.

Huquq tashkilotlari hisob-kitobiga ko’ra, o’nlab uyg’urdan hamon darak yo’q. Ular maxfiy qamoqlarda saqlanayotgani taxmin qilinadi.

G’alayon va qamashlarni muohakam qilishga jur’at etgan jurnalistlar bugun ham ta’qibda. Uyg’ur xalqi esa o’z vatanida go’yoki mehmon yoki begona, deyiladi Xalqaro Amnistiya hisobotida.

Uyg’ur jamoalari to’polonni hukumatning uzoq yillik bosimi, bu elat madaniyati va tilini yo’q qilish siyosatiga qarshi isyon deya ta’riflaydi.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/china-xinjiang-anniversary-125014584.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: