Rossiyada 23 o‘zbekistonlik rasmiy Toshkent talabi bilan hibsga olingan – bbc uzbek


6 iyul 2011

Rossiyada O‘zbekiston konstitutsion tizimiga go‘yoki tahdid solgan o‘zbekistonliklarni ushlash amaliyotlari davom etmoqda.

Shu kunlarda Nijniy Novgorod shahrida 23 nafar o‘zbekistonlik rasmiy Toshkent talabi bilan hibsga olingan.

Ularning barchalari Rossiyada mehnat muhojirlari bo‘lganlari aytiladi. Rossiya hukumati tomonidan o‘zbek fuqarolarining ushlab, Toshkentga topshirilishi xalqaro hamjamiyat va xususan, Ovro‘po Inson xuquqlari mahkamasi tomonida tanqid qilingan.

Moskvadagi inson huquqlari faoli Bahrom Hamroev Nijniy Novgorod shahridagi o‘zbekistonliklar nohaq hibsga olinganini aytadi.

“Albatta, bir achinarli holatda O‘zbekiston fuqarolarini ig‘volar qilib, ularning ustidan jinoiy ishlarni soxtalashtirib, qamashlar Rossiyada hozir avjiga chiqib ketdi. Albatta, bu qamashlar Rossiyadagi ayrim kuchlar uchun yaxshi. Umuman, ekstremizm, terrorizm masalasida go‘yoki, bir qattiq yo‘nalishda degan xulosaga olib kelish uchun qamashlar, hibsga olishlar davom etyapti”, deydi Bahrom Hamroev.

Bahrom Hamroevga ko‘ra, Nijniy Novgorod shahrida qo‘lga olingan 23 kishiga nisbatan ham aynan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159 (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish), 241 (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish), 244 (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) – moddalari bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110706_cy_russia_uzbek_arrest.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: