Rossiya Prezidenti: terrorizmga qarshi kurash “jasadlar bilan hisobot berish”ni anglatmaydi – bbc uzbek


6 iyul 2011

Rossiya Prezidenti terrorizmga qarshi kurash “jasadlar bilan hisobot berish” bilan cheklanmasligi kerakligini aytdi.

Fuqaro jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari Kengashi majlisida gapirgan Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev terroristlarni yo‘q qilish yagona maqsad bo‘lmasligi kerakligini aytdi.

“Ularni nafaqat yo‘qotish, balki qaytarishga ham harakat qilish kerak”, deb aytdi janob Medvedev.

Unga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurashda ham qonuniylikni ta’minlash kerak va terrorchilarni yo‘q qilib tashlashga da’vatlar davri o‘tmishda qolgan.

Bu so‘zlarni janob Medvedev “Memorial” inson huquqlari tashkiloti a’zosi Svetlana Gannushkinaga javoban aytdi.

Gannushkina xonim majlisda Qofqozda ekstrremistik kuchlarga qarshi kurash nafaqat samarasiz, balki aks natijani keltirib chiqarayotganligini aytdi.

Iyun oyi boshlarida esa Rossiya Ichki Ishlar vaziri Rashid Nurgaliev yil boshidan beri Shimoliy-Qofqoz federal okrugida 200dan ortiq jangari o‘ldirilgani, ulardan 100 nafari Dog‘istonda o‘ldirilganini ma’lum qilgandi.

Terrorizmga qarshi kurash uslubi tanqid ostiga olindi

Svetalan Gannushkina federal hukumatning Shimoliy Qofqozda yuritayotgan siyosatini tanqid qilib, hukumatning ekstremizmga qarshi tajovuzkorona kurashi o‘z navtida tajovuzkorlikni keltirib chiaqrayotgani va ko‘plab odamlarning islomiy ekstremistlar safiga qo‘shilishga undayotganligini aytdi.

U, jumladan, Chechen respublikasi rasmiylarining aholiga qarshi zo‘ravonlik va odamlarni o‘g‘irlash holatlarini tekshirishdan bosh tortayotganligini misol qilib keltirdi.

Rossiya Prezidenti esa, jangarilarni qurollarini tashlashga ishontirish uchun hukumat ko‘proq ishlarni amalga oshirishi kerakligini tan oldi.

“Terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qilayotganlarni yo‘qotibgina emas, ularni qayta tarbiyalab, qaytarib olishga harakat qilish kerak. Bu esa o‘ta og‘ir ish”, dedi janob Medvedev.

Ingushiston Respublikasi rahbari Yunusbek Evkurov esa o‘ldirilgan jangarilarning jasadlarini yaqinlariga dafn qilish uchun bermaslik qarori bilan muvofiq emasligini bildirdi.

Unga ko‘ra, bu taqiq odamlarni g‘azabga solib, hukumatga qarshi yashirin kurashga qo‘shilishga undayotgan omillardan biridir.

O‘ldirilgan jangarilarning jasadlarini yaqinlariga bermaslik “Dafn qilish haqida”gi federal qonunda qayd etilgan.

2007 yili Konstitutsion mahkama bu amal mamlakat Konstitutsiyasiga zid emasligi haqida hukm chiqargandi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/07/110706_cy_russia_terrorism_medvedev.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: