Qozog‘iston rasmiylari politsiyachilar qotillarini topishga va’da bermoqdalar – bbc uzbek


5 iyul 2011

Aqto‘ba shahri

Qozog‘istonning Aqto‘ba viloyatidagi so‘nggi hodisalar tufayli Markaziy Osiyoning qo‘shnilariga nisbatan barqaror mamlakati deb ko‘rilgan Qozog‘istonda ham islomiy jangarilik bosh ko‘tarayaptimi, degan savollar paydo bo‘lgan, rasmiylar uch politsiya xodimini o‘ldirgan qotillarni tutishga va’da bermoqdalar.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 30 iyun kuni Shubarshi posyolkasida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan ikki politsiyachini olti hujumchi o‘qotar quroldan otib o‘ldirganlar.

2 iyul kuni politsiyachilar qotillarini qidirish maqsadida o‘tkazilgan amaliyotda otishma kelib chiqqan, politsiya maxsus kuchlarining bir xodimi halok bo‘lgan, uch nafari jarohatlangan.

Shu munosabat bilan poytaxt Ostonada Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qasimov 5 iyul kuni matbuot anjumani uyushtirgan.

“Men sizni ishontirib aytamanki, ularni qo‘lga olish uchun hamma choralar ko‘rilayapti”, deb aytgan Ichki ishlar vaziri.

Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra, ular qurolli hujumchilar kim ekanligini biladilar.

Matbuotda olti gumondor ism-shariflari e’lon qilingan.

Muxbirlarning yozishlaricha, bu kabi hujumlar Rossiyaning Shimoliy Qofqozi, qo‘shni O‘zbekiston yoki Tojikistonda yuz bergan paytda rasmiylar islomiy jangarilarni ayblashadi.

Biroq Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri hujum sababi hali noayonligini aytgan.

Jurnalistlarning “qidiruv e’lon qilingan shaxslar radikal islomiy harakatlar a’zolari bo‘lishi mumkinmi”, degan savoliga janob Qasimov sharh berishdan bosh tortgan.

“Hozir biz otishma sabablarini aniqlash ustida ish olib borayapmiz”, deb aytgan vazir janoblari.

Qozog‘istonda bunday hujumlar kamdan-kam uchragan, oxirgi haftalarda esa zo‘ravonliklar kuchaygani kuzatilgan.

May oyida Aqto‘ba ma’muriy binolari yaqinida xudkushlik hujumi sodir etilgan, oqibatda uch kishi jarohatlangani xabar qilingan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/07/110705_cy_kazakhstan_police.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: