Qirg‘iziston janubida chegarani qo‘riqlash kuchaytirildi – ozodlik.org


06.07.2011

Elmurod

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini qo‘riqlashni kuchaytirgani haqida mamlakat Chegara xizmati ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati rahbari Zakir Tilenovning 6 iyul kuni Bishkekda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatga asosiy xavf Afg‘onistondan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Tilenovga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat murakkablashuvi bilan turli qurolli guruhlarning Qirg‘iziston tog‘li hududlariga  qochib o‘tishi ehtimoldan holi emas. Chegaraning kuchaytirilgan tarzda nazorat qilinishi asosiy sababi ham mana shunda.

Qirg‘iziston Chegara xizmati rahbari tajriba yoz mavsumida chegarada turli noqonuniy holatlar ko‘payishini ko‘rsatganini ham aytib o‘tdi. Bu esa o‘zbek-qirg‘iz va qirg‘iz-tojik chegarasi kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlanishining ikkinchi sababidir.

– Chegarachilar tomonidan 2011 yilning birinchi yarim yilligida chegarani buzgan 155 odam, chegara tartibini buzgan 59 odam qo‘lga olindi. Bitta qurol yashirilgan joy topildi. 7 ta o‘qotar qurol va 55 ta turli kalibrdagi o‘q-dori musodara qilindi. 47 ta kontrabandachi qo‘lga olindi. Chegarada 23 ta noxush hodisaning oldi olindi. Shularning hammasi chegarani kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlashga sabab bo‘lmoqda, – dedi Zakir Tilenov.

Qirg‘iziston chegara xizmati boshlig‘i Zokir Tilenov

Ayni paytda Tilenov O‘zbekiston o‘z chegaralarini bir tomonlama yopib qo‘ygani munosabati bilan o‘zbek-qirg‘iz chegarasida kontrabanda va chegara buzish holatlari ko‘payganini, chegarachilar bu ko‘rinishlarga qarshi jiddiy kurashayotganini ma’lum qildi.

Qirg‘izistondagi bir qator nodavlat tashkilotlari ham O‘zbekiston bir yarim yildan beri chegarani ochmayotgani munosabati bilan chegara hududida noqonuniy holatlar, jumladan, kontrabanda mahsulotlarini olib o‘tish ko‘payganini, bundan esa o‘zbek va qirg‘iz chegarachilari moddiy manfaat topayotganlarini e’tirof etadilar.

– Chegara yopiq bo‘lgani bilan turli yo‘llar orqali chegaraning ikki tarafiga mahsulotlar olib o‘tilayapti. Chegaradan yashirin yo‘l bilan o‘tish uchun bir odam 100 qirg‘iz so‘mi, ya’ni 2,5 dollar, mahsulot olib o‘tish uchun esa 300 so‘m, ya’ni  7,5 dollar miqdorida pora beradi. Yuk mashinalarida mahsulotlar olib o‘tuvchilar, albatta, ko‘proq pul berishadi, -deydi O‘shdagi Xalqaro tadbirkorlik kengashi ijrochi direktori Aktilek Tunqatarov.

Ammo “har yomonlikda bir yaxshilik bor” deganlaridek, O‘zbekiston chegarasini bir tomonlama yopib qo‘ygandan so‘ng o‘zbek chegarachilari tomonidan qirg‘iz fuqarolariga nisbatan o‘qotar qurol qo‘llash sodir etilmagan.

Qirg‘iziston Chegara xizmati rahbari Zakir Tilenovning aytishicha, joriy yilda avvalgi yillardagi kabi o‘zbek chegarachilari tomonidan qirg‘iz fuqarolariga qarata o‘q uzish, noqonuniy xatti-harakatlar, Qirg‘iziston fuqarolarining O‘zbekiston chegarasidagi minalardan jabrlanishi kabi holatlar qayd etilmagan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24257189.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: