O‘zbekistondagi qamoqxonadan yana bir mahbusning jasadi kelgan – bbc uzbek


6 iyul 2011

O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, 2005 yilgi Andijon voqealari ortidan diniy-ekstremizmga aloqadorlik aybi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Abdumannon Ortiqovning jasadi yaqinlariga qaytarilgan.

34 yoshli Abdumannon Ortiqov Andijon hodisalaridan keyin Qirg‘iziston janubida boshpana topgan, ammo oradan bir yil o‘tib, qirg‘iz huquq-tartibot xodimlari tomonidan tutib olingan va O‘zbekiston rasmiylariga topshirilgan.

Hozir Ovro‘poda yashayotgan jurnalist Rustam Sobitov Abdumannon Ortiqov bilan Qirg‘izistonda birga bo‘lganini aytadi:

“Ta’qiblardan qochib, Qirg‘izistonga chiqqanimizda u bilan bitta uyga turganmiz. Qirg‘iziston militsiya xodimlari uyimizga bostirib kirishgan va shu 6 og‘aynimizni yashirin ravishda o‘zbek rasmiylariga berib yuborishgan, ularning ichida Ortiqov Abdumannon ham bo‘lgan. Men va BMTning qochqinlar bilan ishlash bo‘limida ro‘yxatdan o‘tganim uchun qolganman”, deydi u.

Rustam Sobitovga ko‘ra, keyin u diniy-ekstremizmga aloqadorlik aybi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jurnalist o‘ziga etib kelgan ma’lumotlarga binoan aytishicha, Abdumannon Ortiqov 23 iyun kuni Toshkentdagi Sangorod mahbuslar shifoxonasida olamdan o‘tgan.

“O‘zi Qarshi zonalaridan bittasida jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. 23 iyunda og‘ir ahvolda Sangorodga keltirilgan va o‘sha erda vafot etgan. 24 iyun kuni uydagilariga xabar qilingan va 25 iyun kuni dafn etilgan”, deydi Rustam Sobitov.

Aytilishicha, Abdumannon Ortiqovning “jazo muddati tugashiga oz muddat qolgan payt izolyatorga tashlangan va keyin qayta sud qilib unga qo‘shimcha muddat berilgan”.

“Dadasining ta’kidlashi bo‘yicha, bir oy oldin ko‘rishgan payti u sog‘lom holatda bo‘lgan va kayfiyati ham yaxshi bo‘lgan”, deydi Rustam Sobitov.

Ammo, unga ko‘ra, uyga ketirilgan payt “jasadda jarohatlar va kaltak izlari bo‘lgan”.

Qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar O‘zbekiston qamoqxonalarida mahbuslarning qiynoqlar vositasida hayotdan ko‘z yumishi noodatiy hol emasligini aytishadi.

Ovro‘po Ittifoqi 2008 yilda O‘zbekiston hukumati Birlashgan Millatlarning Qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi bilan to‘liq hamkorlik qilishga chaqirgandi.

2002 yilda O‘zbekiston qamoqxonalariga tashrif buyurgan BMT ma’ruzachisi esa, mamlakatda qiynoqlarning muntazam qo‘llanishini aytgan edi.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110706_cy_uzbekistan_prison_death.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: