Turkiyada O‘XH bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi – uzxalqharakati.com


Jul 4th, 2011

2011 yil 3 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida O‘XHning bir guruh a’zolari hamda Harakatga qiziqish bildirgan faollar ishtirokida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘XHning muassislar majlisi raisi Muhammad Solix, majlis a’zosi Namoz Normo‘min va Harakat a’zosi Aliboy Yo‘lyaxshievlar qatnashishdi.

Kun tartibida asosiy masalalar qatorida O‘XH ga yangi a’zolar qabul qilish va uning Turkiya bo‘imini tuzish o‘rin olgan.

O‘XH rahbariyati a’zolari yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Xalq Harakatini tanishtirib, uning maqsad va g‘oyalari haqida so‘zlab berdilar. Shu bilan birga ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakuni bo‘yicha, Harakatga bir guruh yangi a’zolar qabul qilinib, uning Turkiya bo‘limi tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, O‘XH Turkiya bo‘limiga, muxolifatning tajribali etakchilaridan biri bo‘lmish Aliboy Yo‘lyaxshiev bir ovozdan rahbar etib saylandi.

Yig‘ilishda bo‘limning birlamchi vazifasi Harakatni Turkiyadagi jmoatchilikka tanishtirish, unga yangi a’zolarni jalb etish va O‘XHning maqsadlariga erishishda xissa qo‘shish ekanligi ta’kidlab utildi.

O‘XH Turkiya bo‘limiga bog‘lanishni istaganlar bo‘lim boshlig‘i Aliboy Yo‘lyaxshievga quyidagi telefonlarga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin: +90-212-8755802, +90-554-9873294

O‘XH Matbuot xizmati

 

http://uzxalqharakati.com/?p=819

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: