Jasur jurnalistlarni qo‘llab quvvatlaymiz. – AAT


Seshanba, Iyun’ 5, 2011

Bugun O‘zbekistonlik ikki jurnalist Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova o‘zlarining so‘z erkinliklarini himoya qilish uchun oxirigi chora sifatida muddatsiz ochlik e’lon qilganlariga to‘qqiz kun bo‘ldi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, ularning yagona talabi O‘zbekiston Prezidentining qabuliga kirishdir. Ammo, O‘zbekiston Prezidenti o‘z fuqarolarining arz dodiga quloq tutib, uni chiroyli hal qilib berishlik o‘zining birlamchi vazifasiga kirsada, haligacha bir og‘iz so‘z aytmay, munosabat bildirmay jim turibdi. Qabul qilishlikni ta’qiqlab yoki ruxsat berishlik haqida biror gap yo‘q, faqatgina sukunat, beparvolik va befarqlik.

Xalqaro axborot vositalarining xabar berishicha, jurnalistlarning salomatliklari kundan kunga yomonlashib bormoqda. Undan tashqari ularga nisbatan ochiq ta’ziqlar va ta’qiblar kuchaymoqda. Ularni xatto, ruhiy bemorlar kasalxonasiga majburan olib ketishlari ham mumkinligi ayon bo‘lmoqda. Bu sobiq SSSR maxsus xizmatining eski va sevimli usullaridandir. Lekin, bu singari ta’ziiqlar jasur jurnalistlarni qo‘rqitayotgani yo‘q. Ular ishni oxirigacha olib borishga tayyorlar.

Biz “Andijon, Adolat va Tiklanish” tashkilotining barcha a’zolari bu ikki jasur va qo‘rquv bilmas jurnalistlarning norozilik harakatlarini to‘laligicha qo‘llab quvvatlaymiz.

Biz barcha demokratik mamlakatlar hukumatlarini, xalqaro tashkilotlarni va butun dunyodagi barcha progressiv kuchlarni, O‘zbekistonda sodir etilayotgan jinoyatlarga, ya’ni fuqarolarning fundamental huquqlari buzilayotganligi, mustabid tuzumning jirkanch siyosatidan norozi bo‘lgan oddiy mehnatkashlarning terrorizmda ayblanib ozodlikdan mahrum etilishlari, qiynoqlarga tutilishi, ayovsiz o‘ldirilishlari va bu holatlarni keng jamoatchilikka etkazishga harakat qilgan mustaqil jurnalistlar, muxolifotchilar, huquq himoyachilariga nisbatan bo‘layotgan ta’ziyq va ta’qiblarga e’tibor qaratishga chaqiramiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qilib aytamiz,

Agar, siz uchun bu ikki jurnalist ayolning taqdiri hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa va shu bilan birga har kuni xukumat organlari tamonidan taxqirlanayotgan, o‘z ozodligidan mahrum bo‘layotgan, huquqlari poymol etilayotgan millionlab insonlarning taqdiriga e’tiborsiz, befarq bo‘lsangiz, demak siz mamlakat Prezidenti bo‘lishlikka na ma’naviy va na qonuniy haqqingiz qolganini yana takroran isbotlamoqdasiz.

Qani minbarlardan aytilayotgan ustivor so‘zlaringiz, Qur’onni ushlab bergan va’dalaringiz isboti qani? Qachongacha xalqni yolg‘on va’dalar bilan aldamoqchisiz?

Bu qilmish va jinoyatlaringizning nihoyasi bormi, axir?! Xalqning erki va ixtiyorini o‘ziga topshirishlik vaqti kelmadimi?

Bu kabi savollarimizga javob qaytara olmasligingizni bilamiz. Ammo, bular haqida o‘ylanib ko‘rishlikni maslahat beramiz.

“Andijon, Adolat va Tiklanish” tashkiloti

 

AAT

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: