Issiqko‘lda o‘q ovozi yangradi – ozodlik.org


05.07.2011

Elmurod

4 iyul kuni kechga yaqin Qirg‘izistonning turistik hududi hisoblanmish Issiqko‘ldagi Bo‘steri qishlog‘ida tartibsizliklar yuz berdi.

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi matbot kotibi Rahmatullo Axmedovning aytishicha, 4 iyul kuni Issiqko‘l viloyatining Bo‘steri qishlog‘ida joylashgan “Asil tosh” pansionatida mahalliy bezori yoshlar sayyohlarni talash bilan shug‘ullanayotgani to‘g‘risida operativ ma’lumot olingan.

Bu xabarni tekshirish uchun pansionatga  vazirlikning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi xodimlari kelishgan va 7-8 nafar bezori qurshovida qolishgan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rasmiysining aytishicha, issiqko‘llik bezorilar militsiya xodimlarini ayovsiz kaltaklasha boshlagan. Militsiya xodimlarini kaltaklashga yana mahalliy yoshlardan 30-40 nafari etib kelgan. Bezorilar sayyohlarni ham kaltaklay boshlaganlar. Katta janjalga guvoh bo‘lgan sayyohlar esa tez orada dam olish maskanini tark etishgan.

Rahmatullo Axmedov bezorilar tomonidan ayovsiz kaltaklangan 2 nafar militsiya xodimi o‘z hayotlarini qutqarib qolish uchun o‘q otishga majbur bo‘lishganini, natijada bezorilardan 2 nafari yaralanganini aytadi.

– Mazkur voqea yuzasidan Ichki ishlar vazirligi ichki xavfsizlik boshqarmasi tekshiruv o‘tkazdi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, militsiya xodimlari harakatlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanmagan. Voqea sodir bo‘lgan paytda militsiya xodimlari mast ahvolda bo‘lmagan. Bundan tashqari, mazkur voqea yuzasidan Issiqko‘l viloyat prokuraturasida jinoyat ishi ochilgan, – dedi Rahmatullo Axmedov.

Og‘ir tan jarohati olgan militsiya xodimlari ayni paytda kasalxonada davolanmoqda.

Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, militsiya xodimlari tomonidan o‘q otilgach, Bo‘steri qishlog‘ida yashovchi 400 ga yaqin kishi tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Jumladan, ular Baliqchi-Qoraqo‘l yo‘lini to‘sishib, avtomashinalarni toshbo‘ron qilishgan, Issiqko‘l tumani hokimi va militsiyasi rahbarini kaltaklashgan. Qishloq aholisi bo‘sterilik bezorilarga o‘q otgan militsiya xodimlarini o‘zlarining qo‘llariga topshirishni talab qilishgan.

Qirg‘iziston Ombudsmenining Issiqko‘ldagi vakili Chinar Mo‘ldo‘sheva esa bo‘lib o‘tgan voqeada militsiya xodimlari aybdor, deb hisoblaydi.

– Janjallashganlarning hammasi mast ahvolda bo‘lgan. Militsionerlar bilan bo‘sterililkar “bu er meniki, bu plyaj meniki” deb gap talashib, mushtlashib ketishgan. Militsiya xodimi qiziqqonlik qilib, to‘pponchadan bir yigitning oyog‘iga o‘q otib, skuterga o‘tirib qochib ketgan. Ayni paytda  qishloq oqsoqollari va rahbariyati xalqni tinchlantirmoqda. Militsiya xodimlari so‘zsiz jazolanishi shart, – deydi Chinar Mo‘ldo‘sheva.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Issiqko‘lda ayni paytda vaziyat osoyishta. Hukumat Issiqko‘lga kelgan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlashga qodir ekanini bildirmoqda. Biroq Bo‘steridagi voqeadan so‘ng sayyohlar pansionatlarni tark etgani yoki etmagani to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor qilinmayapti.

Qirg‘iziston hukumati 2010 yilda inqirozga yuz tutgan turizm sohasi joriy yilda yana qad rostlashini umid qilgan edi. Bundan avval Issiqko‘lga har yili 3 millionga yaqin sayyoh kelgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 500 mingga ham etmagan.

Joriy yilda Qirg‘iziston hukumati Issiqko‘lga kamida 2 million turistni jalb qilish rejasini bildirgan edi. Ammo Issiqko‘ldagi eng ko‘p pansionat joylashgan Bo‘steri qishlog‘idagi hodisa hukumatning bu rejasini ham chippakka chiqarishi mumkin.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24255924.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: