Turkiyada futbol janjali: 40 dan ortiq odam hibsga olindi – bbc uzbek


3 iyul 2011

Turkiya futboli

Turkiyada futbol millionlar o‘yini hisoblanadi

Turkiyada futbol klublarining 40 dan ortiq rahbarlari va boshqaruvchilari kelishilgan futbol matchlarini tashkillashtirishda gumonlanib, hibsga olindi.

Hibsga olinganlar orasida Turkiyaning eng nomdor klubi – “Fenerbaxche” prezidenti Aziz Yildirim ham bor.

Politsiya bir vaqtning o‘zida Turkiyaning 12 shahri futbol klublari va xususiy uylarga reyd uyushtirgan.

Kelishilgan futbol uchrashuvlari orasida, ayniqsa, bir match alohida kuchli gumon ostiga olingan.

O‘tgan yil Turkiya futbol ligasi finalida “Fenerbaxche” raqibi “Sivasspor” ustidan 4:3 hisobida g‘alabaga erishgan edi.

“Anado‘lu” xabar agentligiga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida shuningdek “Eksishehirspor” futbol klubi bosh murabbiyi va Turkiya milliy jamoasining sobiq o‘yinchisi Umit Karan, hozirda Turkiya milliy jamoasi safida to‘p surayotgan Serdar Kulbilge va Serkan Chalik ham bor.

“Dog‘an” xabar agentligining ma’lum qilishicha, yaqinda 9 million dollarga “Karabukspor” futbol jamoasidan “Fenerbaxche”ga transfer bo‘lgan nigeriyalik Emmanuel Emenike ham hibsga olingan.

Shu yil aprel oyida Turkiya hukumati futbolda korruptsiya qarshi keskin kurashish maqsadida jazo choralarini kuchaytirdi.

Kelishilgan futbol matchlari uchun endilikda 12 yilgacha qamoq jazolarini tayinlashga qaror qilingan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/07/110703_cy_turkey_football.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: