Qozog‘iston g‘arbida ro‘y berayotgan hodisalar nimalardan dalolat berishi mumkin? – bbc uzbek


4 iyul 2011

Aktobe shahridagi amaliyot natijasida 8 jangari va besh nafar Xavsizlik Xizmati askari halok bo‘lgani xabar berilmoqda.

Qozog‘istondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat g‘arbidagi Aktobe shahrida xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan reyd oqibatida sakkiz nafar jangari o‘ldirilgan.

Qozog‘iston matbuoti xabarlariga ko‘ra, shahardagi bir uyda berkinib olgan, deya aytilgan jangarilarni yo‘q qilish amaliyoti mobaynida xavfsizlik kuchlari askarlaridan ham besh nafari halok bo‘lgan.

Aytilishicha amaliyot 1 iyul kuni ikki militsiya xodimining o‘ldirilishiga javoban o‘tkazilgan.

Oxirgi bir necha oy mobaynida Qozog‘istonda xudkushlik hujumlari doxil qator hujumlar ro‘y bergandi.

Rasmiylar hujumlar ortida turli jinoiy unsurlar turganligi aytish bilan cheklanganlar. Aslida Qozog‘istonlda nimalar ro‘y berayapti? Suhbatdoshimiz Xalqaro Inqiroz guruhining Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchisi Pol Kuin Jaj:

Pol Kuin Jaj: Nimalar ro‘y berayotganligini aniqlik bilan aytish uchun ma’lumot juda kam. Bir narsani aniq aytish mumkin Qozog‘iston g‘arbida juda dastlabki bosqichda qandaydir bir jihodiy yoda isyonchi harakatlar ro‘y bermoqda. Ularning tashqi dunyo bilan aloqalari qanday, hukumatga qanchalik xavf solmoqda bunisi noaniq. Lekin hukumat bu harakatlarni ogoh sifatida qabul qilishi kerak, mamlakatning boshqa qismlarida ro‘y berayotgan rivojlanishlardan chetda qolib ketayotgan g‘arbiy hudularga e’tibor qaratish kerakligiga ishora sifatida ko‘rishi kerak.

Bi-bi-si: Qandaydir jihodiy yoda isyonchi harakat ro‘y bermoqda dedingiz, ular haqida nimalar ma’lum, kelib chiqishi qaerdan, qaerdan asos topgan, bular haqida biron narsa ma’lummi?

Pol Kuin Jaj: YO‘q, hozirgi bosqichda biz faqatgina ma’lumotlar asosida taxminlar qurishimiz mumkin. Hukumat o‘z yo‘rig‘i bilan, ya’ni bu hodisalar haqida ya’ni mufassal ma’lumot bermay buni yanada qiyinlashtirmoqda. Boshqa tomondan bu ularning vaziyatni ne qadar nazorat qila olish qobiliyati haqida shubha-gumonlarni tug‘dirmoqda. Biz guvoh bo‘layotgan narsa hukumat bu amallar ortida turganlarni ko‘pda vahobiylar, deya atamoqda. Bu tasnif o‘ta umumiy va biron alohida aniq tashkilot haqida tasavvur bermaydi. Lekin oxirgi oylarda halok etilgan yo qo‘lga olinganlarning aksari Aktobe shahridan ekanligini ko‘rdik. Taxminimizni qurish mumkin bo‘lgan bir jihat, bu oxirgi ikki yil mobaynida Markaziy Osiyodagi qurollangan islomiy jangarilarning Shimoliy Qavqozdagi jangarilar bilan aloqalari kuzatilganidir. Masalan, Dog‘istonda Qozog‘istonlik ko‘ngilli jangarilarning o‘ldirilgani yoda ushlangani haqida xabarlar berilgan. Bundan tashqari jihodiy g‘oyalarning juda taniqli va katta ta’sirga ega targ‘ibotchisi Sayid Buryatskiy nomi ostida tanilgan shaxs Qozog‘istonga bir necha marotaba kelib o‘quv mashqlari o‘tkazgani va va’zxonlik qilgani aytilgan. Sayid Buryatskiy o‘tgan yili Ingushetiyada amaliyot chog‘ida o‘ldirilgan. Uning va’zlari yozilgan disklar Markaziy Osiyoda, jumladan g‘arbiy Qozog‘istonda qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurishi ma’lum. Ana shular aslida nimalar ro‘y berayotganligiga ishora etuvchi kichik dalillar bo‘lishi mumkin. Lekin aytib o‘tganimdek bu amallar hanuz kichik miqyosda, ammo mutassillik kasb etib bormoqda. Hukumat bu kabi ammallarga qo‘l urganlarni shunchaki otib o‘ldirish bilan shug‘ullanmay, norozi kayfiyatlarni keltirib chiqarayotgan omillarga, ayniqsa yoshlarga e’tibor qaratsa samaraliroq bo‘lardi.

Bi-bi-si: Hukumat juda kam ma’lumot bermoqda dedingiz, buning sababi nima? Hukumatning o‘zi aniq bilmaydimi nimalar ro‘y berayotganligini yoda ma’lumotni yashirmoqchimi?

Pol Kuin Jaj: Menimcha ikkala taxmin ham o‘rinli. Balkim rasmiylar haqiqatan ham ko‘p narsa bilmaslar. Xavfsizlik xizmati uchun bu hodisalar bir ma’noda kutilmagan hol bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xavf miqyosini kamaytirib ko‘rsatishga urinayotgan bo‘lishlari mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida odamlarni ko‘proq xavotirga solib, shubha-gumonlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/07/110704_cy_kazakh_icg.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: