O‘zbekiston Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasidan qarz oladi – ozodlik.org


03.07.2011

O‘zbekiston Guzar-Chim-Ko‘kdala (R87) yo‘lini ta’mirlash uchun Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasidan 30 million dollar imtiyozli qarz oladi.

Bu haqda Regnum axborot agentligi xabar qildi.

Iyun oyi boshida Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasi va O‘R Moliya vazirligi 1-kategoriyali milliy avtomagistralning 1-qismi bo‘lgan Guzar-Chim-Ko‘kdala avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun Jamg‘arma tomonidan O‘zbekiston hukumatiga 30 million AQSh dollari hajmida kredit ajratilishi haqida kelishuvga erishilgan.

Qiymati 80 million AQSh dollari ekani aytilayotgan bu loyiha 73 kilometr uzunlikdagi to‘rt qator asfaltbeton avtomobil yo‘lini ta’mirlash hamda Qashqadaryo viloyati hududida mamlakat janubiga bitta burilish chorahasi qurishni nazarda tutadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyihani Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasidan tashqari Arab investitsiya guruhining boshqa a’zolari ham moliyalashtirishi rejalangan.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110703/402/850.html?id=24253959

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: