Nima uchun musulmonlar bunday kuchsiz? – info.islom.uz


Nima uchun Musulmonlar kuchsiz? Chunki biz bilim ishlab chiqarmayapmiz. Nima uchun Musulmonlar kuchsiz? Chunki biz bilim olishga targ‘ib qilmayapmiz. Va kelajak bilimga asoslangan jamiyatlarga tegishli ekanligini unutyapmiz.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, er yuzidagi musulmonlarning soni taxminan 1,476,233,470 etgan: Osiyoda 1 milliard, Afrikada 400 million, Evropada 44 million va Amerikada 6 million. Dunyodagi xar beshinchi kishi musulmon; xar bitta Xinduga 2 ta musulmon to‘g‘ri keladi, xar bir buddistga 2 tadan musulmon va xar bir yaxudiyga 100 tadan musulmon to‘g‘ri keladi. Ajabo, unda nima uchun musulmonlar bunday kuchsiz?

Mana nima uchun: Islom Konferentsiyasi Tashkiloti (IKT)ning 56 a’zo mamlakati bor va ularning xammasida birgalikda taxminan 500 ta universiteti bor, ya’ni xar 3 million musulmonga bitta universitet to‘g‘ri keladi. AQShda 5758 ta va Xindistonda 8407 ta universitet bor. 2004 yilda, Shanxaydagi Jiao Tong Universiteti “Dunyo Universitetlarining Akademik Ro‘yxati”ni tuzdi va shunisi qiziqki, axolisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan davlatlardagi bironta xam universitet birinchi 500 tani ichiga kirmagan.

BMTning Rivojlanish Dasturi tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, Xristian olamidagi savodxonlik darajasi taxminan 90 foiz va 15 xristian davlatidagi savodxonlik darajasi 100 foizni tashkil qiladi. Axolisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan davlatlarda bundan keskin farq qiladi – o‘rtacha savodxonlik 40 foiz atrofida va axolisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan davlatlarning xech birida savodxonlik 100 foiz emas. Xristian dunyosida “savodxon”larning 98 foizi o‘rta maktabni tugatgan, Musulmon olamida esa bu ko‘rsatkich 50 foizdan kam. Xristian olamidagi “savodxon”larning deyarli 40 foizi universitetda o‘qiydi, Musulmon olamida esa “savodxon”larning faqat 2 foizdan kami shunday qiladi.

Axolisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan davlatlarda xar million Musulmonga atigi 230 ta olim to‘g‘ri keladi. AQShda bu ko‘rsatkich 4000 ta va Yaponiyada 5000 ta. Arab dunyosida, butun kun olib boriladigan izlanishlarning soni 35000 tashkil qiladi va xar millon Arabga faqat 50 ta texnik to‘g‘ri keladi (Xristian olamida xar millonga 1000 ta texnik to‘g‘ri keladi). Bundan tashqari, Musulmon olami izlanish va rivojlanishlarga o‘z YaIMning faqat 0.2 foizini sarflaydi, Xristian olami esa YaIMning 5 foizini sarflaydi.

Xulosa: Musulmon olamida bilim ishlab chiqarish xajmi juda kam.

Xar 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan gazeta va xar million kishiga to‘g‘ri keladigan kitob nomlarining soni – bu bilim jamiyatda qanchalik tarqalganini ifoda etuvchi ikkita ko‘rsatkich. Pokistonda, xar 1000 kishiga 23 ta gazeta to‘g‘ri kelsa, Singapurda bu ko‘rsatkich 360. Buyuk Britaniyada, xar million kishiga to‘g‘ri keladigan kitob sarlavxalarining soni 2000 ta bo‘lsa, Misrda faqat 20 ta.

Xulosa: Musulmon olamida bilim olishga targ‘ibot kam.

Barcha eksport salmog‘iga to‘g‘ri keladigan yuqori texnologik maxsulotlar foizi – bilim talabining muxim ko‘rsatkichidir. Pokistonda eksport qilinadigan yuqori texnologik maxsulotlaning barcha eksport maxsulotlaridagi salmog‘i 1 foizni tashkil qiladi. Xuddi shu ko‘rsatkich Saudiya Arabistonida 0.3 foiz; Quvayt, Marokash va Jazoirda xam 0.3 foiz bo‘lsa, Singapurda bu ko‘rsatkich 58 foizni tashkil qiladi.

Xulosa: Musulmon olamida bilimga talab va undan foydalanish kam.

Nima uchun Musulmonlar kuchsiz? Chunki biz bilim ishlab chiqarmayapmiz. Nima uchun Musulmonlar kuchsiz? Chunki biz bilim olishga targ‘ib qilmayapmiz. Va kelajak bilimga asoslangan jamiyatlarga tegishli ekanligini unutyapmiz.

Shunisi qiziqki, IKT davlatlarining birgalikdagi YaIMi $ 2 trilliondan xam kam. Amerikaning bir o‘zi, $ 12 trillionlik tovar va xizmatlar ishlab chiqaradi; Xitoy $ 8 trillion, Yaponiya $ 3.8 trillion va Germaniya $ 2.4 trillion (sotib olish qobiliyati ko‘rsatkichiga asosan).

Neftga boy Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va Qatar birgalikda $500 milliardlik tovar va xizmatlar ishlab chiqaradi (asosan neftь); Ispaniya esa bir o‘zi $1 trillion tovar va xizmatlar ishlab chiqaradi, bu ko‘rsatkich Katolik Polьshada $489 milliard va Buddist Tailandda $545 milliardni tashkil qiladi.

Shunday qilib, Musulmonlar kuchsizligining sababi nima? Javob: Bilimning etishmasligi.

 

http://info.islom.uz

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: