Muhammad Said Ramazon Butiy Suriyadagi voqealar haqida – info.islom.uz


islom.uz

Allohga hamdlar bo‘lsin! Allohga hamdlar bo‘lsin! Alloh taologa O‘zi bergan ne’matlariga yarasha hamda ularni ortig‘i bilan berishiga sabab bo‘ladigan hamdlar bo‘lsin!

Ey Robbimiz! Senga Zoti oliying va buyuk saltanatingga munosib hamdlar bo‘lsin!

Ey Poko Parvardigoro! Senga sano aytib uddasidan chiqa olmasman. Sen O‘zinga sano aytganingdeksan. Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. U yagonadir. Uning sherigi yo‘qdir. Muhammad sollallohu alayhi va sallam Uning bandasi, rasuli, safiysi va xalilidir, deb guvohlik beraman. U zot sollallohu alayhi va sallam Alloh yuborgan rasullarning eng yaxshisidirlar. Alloh u zot sollallohu alayhi va sallamni butun olamlar uchun jannatdan bashorat beruvchi va do‘zaxdan ogohlantiruvchi qilib yuborgandir.

Allohim! Janobi Muhammadga, Janobi Muhammadning oli ashoblariga qiyomat kuniga qadar bardavom bo‘ladigan salotu salomlarimizni yuborgin. Ey musulmonlar! Sizlarni va gunohkor o‘zimni Alloh taolodan taqvo qilishga chaqiraman.

Ammo ba’d (va so‘ngra):

Ey odamlar!

Oqil odamning ikki o‘xshash narsani bir-biri bilan adashtirmog‘i bo‘lib turadigan narsadir. Barcha aqlli odamlar ham ba’zida shunday vaziyatlarga tushib qoladilar. Ammo aqlli insonning bir-biriga zid ikki narsani bir-biri bilan adashtirib o‘tirishi, qop-qorani oppoq narsa bilan, ko‘zi bilan ko‘rib turgan narsani o‘zi ko‘rmaydigan, yo‘q narsa bilan, o‘zining haybati bilan ufqlarni to‘sib turgan ulkan narsani oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan zarradek narsa bilan adashtirib o‘tirishi…

Ammo aqlli odamlar men sizlarga so‘zlab turgan ana shu misollardan biri – bir-biriga o‘xshamaydigan ikki narsani adashtirishni bilmaydilar. Darhaqiqat, qiyomat kuniga qadar davom etadigan shar’iy jihod bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamda Alloh subhanahu va taoloning Kitobi ogohlantirib qo‘ygan xarj o‘rtasidagi farqni Alloh subhanahu va taolo O‘zining Kitobida ajrim qilib bergan, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining Sunnatlarida bayon qilib berganlar. Bu ikkisining o‘rtasidagi ulkan tafovutni Alloh ochiq bayon qilib bergan, Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallam adashtirishga o‘rin qolmaydigan darajada izohlab bergan. Mustafo sollallohu alayhi vasallamning bizga bergan xabarlariga ko‘ra, jihod – Islomga va musulmonlarga qarshi ochiqchasiga makru hiyla qilgan, ularning haq-huquqlariga tajovuz qilishda, ularning asoslari va qadriyatlariga ko‘z olaytirishda bardavom bo‘lgan kofirlar bilan bo‘ladigan urushdir. Alloh taolo buni O‘zining muborak kalomida na adashtirishni, na boshqacha ta’vil qilishni qabul qilmaydigan tarzda ochiq va ravshan ibora bilan bayon qilib qo‘ygan:

«Albatta, Alloh sizlarga din borasida urush qiluvchilar, diyorlaringizdan chiqarganlar va chiqarilishingizga yordam berganlarni do‘st tutishdan qaytaradi, xolos. Kim ularni do‘st tutsa, ana o‘shalar o‘zlari zolimlardir» («Mumtahana» surasi, 9-oyat).

Mana shu ayni jihoddir. Mana shu amalni qilganlar ayni mujohidlardir. Bu narsa Allohning Kitobida qat’iy va ochiq ibora bilan bayon qilib qo‘yilgan. Buni bizga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam adashtirishga o‘rin qoldirmaydigan qilib tushunarli iboralar bilan bayon qilganlar.

Ayni paytda u zot sollallohu alayhi va sallam bizga xarjning nima ekanligini ham bayon qilib ketganlar, u bilan jihodning farqini ajratib berganlar. Musulmonlarning ma’lum bir guruhga tarafkashlik qilib yoki unga dushman bo‘lib, noma’lum kimsalar ko‘tarib olgan va ilgari surgan, g‘oyasi mavhum bayroq yoki shior ostida harakat qilgan hollarida o‘zaro xunrezlik qilishlari xarjdir, deb ta’kidlaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarga bayon qilib, keyin undan qattiq ogohlantirib ketgan xarj ana shudir. Zero, u zot sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar:

«Ummatimdan qaysi biri ummatimga qarshi chiqsa, uning yaxshi va yomonini farqiga bormasa, mo‘miniga ziyon tegishidan o‘zini tiymasa, bergan va’dasiga vafo qilmasa, u mening ummatim emas!»

(Muslim va boshqalar rivoyat qilgan sahih hadis).

Mazkur haqiqat Kitobul mubiynda – Robbimiz jalla jaloluhuning kitobida aniq-ravshan qilib bayon qilib qo‘yilgan. Shuning uchun ham rasulimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bizlarga qiyomatga qadar davom etadigan shar’iy jihod bilan qiyomat qoyim bo‘lishining shartlaridan biri bo‘lgan, qop-qora fitnaning eng xatarli va eng katta eshigi bo‘lgan xarj o‘rtasidagi farqni sharhlab berganlar. Shunga qaramay, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni ko‘ramiz va eshitamiz. Ular qilayotgan “jihod”ni boshqalar xarjga adashtirib yuboryaptilar, deb da’vo qilib yurgan kimsalarni ko‘ramiz. Ular xarjga chaqiradilar, xarj bayrog‘ini ko‘tarib yuradilar, biroq bu ishlarini Allohning yo‘lidagi jihod deb da’vo qiladilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qaytargan ishlarga buyuradilar. Buyuk va aziz Allohning Kitobi ogohlantirgan ishlarga buyurib turib, bu ish –shubhasiz jihoddir, deydilar. Vaholanki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buyurgan jihodni qilmaydilar, uni o‘z holiga tashlab qo‘yadilar.

Qarshimizda Islom diyniga va musulmonlarga nisbatan adovatini, kekini e’lon qilgan kofirlarni ko‘ramiz. Ro‘paramizda, yon-atrofimizda Islomga qarshi tish qayrab turgan kofirlarni ko‘ramiz. Ular – haq-huquqlarni poymol qiladigan, urushdan rohatlanadigan, yurtlarni o‘z egalaridan tortib oladigan, musulmonlarga ularning o‘z diyni – Islomlari bilan tahdid qiladigan, qadriyatlari va haq-huquqlari bilan tahdid soladigan, Alloh taolo urush qilishimizga buyurgan kishilar bilan jihod qilishimizga to‘sqinlik qiladigan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Ummatimdan qaysi biri ummatimga qarshi chiqsa, uning yaxshi va yomonini farqiga bormasa, mo‘miniga ziyon tegishidan o‘zini tiymasa, bergan va’dasiga vafo qilmasa, u mening ummatim emas!» deb qaytargan ishlarga buyuradiganlardir.

Ey Allohning bandalari! Allohning kitobiga iymon keltirgan va uni o‘qigan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning nabiyliklariga iymon keltirgan va u zot sollallohu alayhi va sallamning ta’limotlariga quloq tutgan oqillar ichida ham Alloh va Uning Rasuli ogohlantirgan xarjni Alloh taolo buyurgan jihod bilan adashtiradigan kishilar bor, deb o‘ylaysizmi?

Ey bandalar! Mening e’tiqodimcha, bu qadar zalolatni tasavvur qilish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Shubhasiz, bu – haqiqatni biladigan kishilar tomonidan ma’lum bir maqsadlarni ko‘zlab to‘qilgan uydirma adashtirishdir. Biz bu holni chuqur o‘rganishni ham, u haqda batafsil so‘zlashni ham istamaymiz.

Biz Alloh taolo amr qilgan jihodning natijalari hamda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham, demakki, Alloh taoloning Kitobi ham qaytargan xarjning oqibatlari haqida o‘z-o‘zimizga savol berishimiz kerak.

Alloh taolo «Albatta, Alloh sizlarga din borasida urush qiluvchilar, diyorlaringizdan chiqarganlar va chiqarilishingizga yordam berganlarni do‘st tutishdan qaytaradi, xolos. Kim ularni do‘st tutsa, ana o‘shalar o‘zlari zolimlardir» deb e’lon qilgan shar’iy jihodni, ilohiy amrni bajarish, Alloh buyurgan ana shu jihod sari yurish ummatning boshini baland ko‘taradi. Uni haqiqiy xotirjamlik va tinchlik soyasida yashaydigan qilib qo‘yadi. O‘zining moddiy va ma’naviy huquqlariga o‘zi egalik qiladigan qilib qo‘yadi. Ummatni o‘z ichida aziz, dushmanlari nigohida qudratli qilib ko‘rsatadi. Alloh taoloning Kitobi amr qilgan va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buyurgan jihodning, xarjga chorlab yurgan kimsalar beparvolik qilayotgan jihodning samaralari ana shulardir.

Xarj haqida so‘zlaydigan bo‘lsak, bu nomni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari tanlaganlar. Bas, xarjning oqibati nima, ey Allohning bandalari? Musulmonlarning bir-biri bilan qirpichoq bo‘lishlarining oqibati nima? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, xarjda qotil nega o‘ldirganini, maqtul nega o‘ldirilganini bilmaydi. Buning oqibatida musulmonla orasida o‘zaro kek-adovat yana ham quloch yozib, qalblarni, aql-hushni egallab oluvchi intiqomga aylanadi. Oqibatda Vatan birodarkushlarning oyoqlari ostida parchalanib, barbod bo‘ladi. Badavlatlar bechorahol kambag‘alga, kambag‘allari esa ochlikdan halok bo‘luvchi qashshoqlarga aylanadilar. Oralarida umidsizlik, tushkunlik, halokat keng tarqaladi. Yagona Vatan bo‘laklarga parchalanadi, jamiyat o‘zaro urushayotgan adovatli toifalarga, o‘zlari to‘kayotgan qonlar daryosiga g‘arq bo‘ladigan firqalarga bo‘linib ketadi.

Musulmon odam so‘z yuritishi kerak bo‘lgan islohotning o‘rni qaerda? Ana shu halokatli balo qarshisida, millat va yurtni qamrab oladigan ana shu musiybat qarshisida islohotga mutlaqo joy yo‘q. Yurt asta sekin qulaydi, urush qizib, qonlar daryolarga aylanadi. Bu ummat qachon o‘ziga kelishi mumkin? Ikki-uch asr o‘tib ketsa ham, bu ummat o‘z boshiga tushgan ana shu halokatli balodan o‘ziga kela olmaydi. Shuncha vaqt o‘tsa ham, xarob bo‘lgan, vayronaga aylangan shaharlar obod bo‘la olmaydi. Sabab nima?

Sabab – xarjdir.

Alloh buyurgan va Rasululloh bizga bayon qilib ketgan jihodning natijalarni ko‘rdingizmi? Rasululloh aytganlaridek, qiyomat yaqinlashib qolganligining eng yovuz va eng dahshatli alomatlaridan biri bo‘lgan xarjning qo‘rqinchli va halokatli oqibatlarini ko‘rdingizmi?

Ey birodarlarim! Bu gaplarni loqayd odamni o‘ziga keltirish, g‘ofil odamni g‘aflatdan uyg‘otish va egri yo‘lga yurgan odamning egriligini to‘g‘rilab qo‘yish uchun aytdim.

Ey Allohning bandalari! Allohga shukrki, Qur’onga iymon keltirgan, janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat bo‘lgan odamlarmiz. Allohga shukrki, u zot alayhissalomga ergashgan ummatmiz. Keling, o‘zimizni ham, tafakkurimizni ham himoya va rioya qo‘rg‘oni bilan qo‘riqlaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halok bo‘lmasligimizni, birodarkushlik qilmasligimizni juda-juda xohlagan edilar.

Men bu gaplarni o‘zimga, sizga va eshitishi mumkin bo‘lgan barcha odamlarga qarata aytaman.

Men ma’lum sabablar tufayli vatanimiz tashqarisidagi begonalarning amriga quloq tutayotgan ana u kimsalar haqida gapirmoqchi emasman. Men ana shu fitnalarning, ana shu xarj olovining o‘chog‘iga bekinib olib, o‘t purkayotgan, o‘t o‘chay deb qolganda uni yana qaytadan yoqishga urinayotgan ana u og‘aynilarga aytmoqchiman. Gaplarim ularning qulog‘iga borib etsa qaniydi…

Birodarlar! Allohga qasamki, sizlarga achinganimdan gapiryapman. Allohga qasamki, sizlarni yaxshi ko‘rganimdan bu gaplarni gapirmoqdaman. Uzoq yoki qisqa fursatlarda Allohning huzuriga olib boradigan natijangizni mulohaza qilib ko‘ring. Qilayotgan mana bu fitnalaringiz sababli, siz orqasidan ergashayotgan mana bu to‘s-to‘polonlar sababli bu ummatning, bu Vatanning boshiga kelgan og‘ir yuklarni zaif gardaningizga yuklab olibsiz. Nima uchun? Bir bandaning buyrug‘iga bo‘ysunib, cho‘ntagingizga solib qo‘ygan ozgina puldan foydalanish uchun. Ertaga bu dunyodan ketib, Allohning huzuriga borganingizda, bo‘yningizga nechog‘lik og‘ir yuk yuklab olganingizni his qilganingizda butun vujudingiz bilan afsus-nadomatlar qilasiz, qilib qo‘ygan gunohlaringizni yuvish uchun, siz sabab bo‘lgan moddiy va ma’naviy vayrongarchiliklarni isloh qilish uchun yana qaytib shu dunyoga kelishni orzu qilasizlar. Chirkin va dahshatli oqibatga, ortidan saodat kelmaydigan baxtsizlikka, o‘zingizni baxtu saodat, xotirjamlik yoki eminlikda ko‘rish umidi yo‘q bo‘lgan badbaxtlikka duchor bo‘lasiz. Bu abadiy badbaxtlikdir. Shunday ekan, hali fursat bor, birodarlar. Allohga qaytish va tavba bilan Unga yuzlanish, fursat borida noma’lum kimsalarning amriga emas, Allohning amriga bo‘ysunish kunlari hali qo‘ldan chiqarilgani yo‘q. Bas, qaytmaysizmi? Bas, tavba qilmaysizmi? Alloh taologa yuzlanmaysizmi? Modomiki inson shu hayotda, shu zamin uzra yashar ekan, uning uchun Allohga qaytish eshigi, Alloh taologa tavba qilish eshigi uchun ochiqdir.

Ey birodarlar! Qaerda bo‘lmang, o‘tmishingiz qanday bo‘lmasin, orangizda qilgan jinoyatlari uchun kuni kecha qamoqxonadan chiqib kelganlar bo‘ladimi, men aytishni istamayotgan sabablar tufayli odamlarga nisbatan kek va adovat qiluvchi kishilar bo‘ladimi, qanday ahvolda bo‘lmang, agar haqiqiy tavba qilsangiz, Alloh tavbangizni albatta qabul qiladi. Zero Alloh taolo tavba qiluvchilarning tavbalarini qabul qilguvchidir. Botil yo‘ldan qaytib, Alloh taolo bilan sulhga keling. Bu siz uchun oxirati qanday bo‘lishi noma’lum bo‘lgan, hali o‘zi Robbining avfiga, mag‘firatiga muhtoj bandalarga itoat qilishdan yaxshiroqdir. Mavloingizga bo‘ysuning. Robbingizning da’vatiga javob bering. Islohot yurtning ichidan chiqadi. Uni tashqaridan olib kelib bo‘lmaydi.

Alloh taolodan sizu bizni, do‘stu yorlarimizni O‘zi rozi bo‘ladigan ishlarda hamjihat qilishini so‘rab qolaman.

Alloh taolodan bu mamlakatni makkorlarning makridan, hiylagarlarning hiyla nayrangidan saqlamog‘ini va barchalarimizni O‘zining muqaddas diniga qaytarishini so‘rayman.

Mening aytadigan so‘zim shu.

Alloh meni kechirsin.

 

(Alouddin Xofiy tarjimasi)

 

http://info.islom.uz/content/view/2727/981/

One Comment to “Muhammad Said Ramazon Butiy Suriyadagi voqealar haqida – info.islom.uz”

  1. Suriye’de olanlar

    Ebubekir Sifil – Milli Gazete, mail@ebubekirsifil.com, 2011-04-11

    İslam coğrafyasında halkına karşı ılımlı politikalarıyla öne çıkan lider görüntüsünü veriyordu Beşşar Esed. Ta ki malum süreç Suriye’ye de sıçrayana kadar.

    Bilindiği gibi sürecin ilk başlarında encamı ilk gören lider oydu. Arap liderlerin halklarının taleplerine kulak vermesinin zamanının çoktan geldiğini söyledi ve takdir topladı. O günden bu yana Suriye’de neler oldu. Suriye halkı bugün niçin ayakta ve Beşşar Esed gerektiğinde babasının Hama’da yaptığını yapmaktan geri durmayacağını gösteren uygulamaların altına niçin imza atıyor?

    Burada Esed’in, Suriye halkının taleplerini tatmin edici şekilde karşılayıp karşılamadığı sorusu öne çıkıyor. Hama’da yaşananların hafızalardaki tazeliğini koruduğu bir süreçte ne oldu da Suriye halkı ve Suriyeli ulema Esed’in demir pençesiyle karşılaşmayı göze alarak sesini yükseltti ve kan aktı?

    Sözün hemen burasında bir noktaya dikkat çekelim: Suriye’de olayları ulemanın yönlendirdiğini söyleyebiliriz. Yönetimin halka mesajlarını başta Ramazan el-Bûtî olmak üzere dinî kimlikli insanların (dinî hizmetleri yürüten vakıfların yetkililerinin mesela) taşıması, olayların cami merkezli olarak ortaya çıkması gibi unsurlar bunun göstergeleri olarak okunmalı. Her geçen gün sertlik dozunu biraz daha artıran ve ulemanın sesinin kısılması amacıyla uygulamaya konulan tedbirler de bu noktada dikkate alınması gereken bir diğer önemli husus.

    Kim ne derse desin, Suriye’de bu olaylardan önceki süreçte de “baskı” hissedilir boyutta mevcuttu. Ve o süreçte Ramazan el-Bûtî ve çizgisindeki alimler, yönetimi halkın taleplerine kulak vermeye ikna etmekten çok, halka yönetimin sinir uçlarına dokunmamayı telkin eden bir politika izledi. el-Bûtî halen aynı işlevini devam ettiriyor ve Müslüman halkın kendi sahici kimlik kodları üzerinde hareket etme talebini “fitne” olarak takdim ediyor. Bunun yerine Esed yönetimine, söz verdiği reformları vakit geçirmeden hayata aktarmasını telkin etmesi gerekirdi oysa.

    Suriye halkı sürecin başında soğukkanlılığını muhafaza etmesini ne el-Bûtî ve onun çizgisindeki alimler, ne de Esed yönetimi doğru okudu. Şimdi gelinen noktada işe yaradığını düşündüğü “karartma” ortamında kendi halkının kanını akıtan Esed, bunu yapmak yerine sürecin başında Arap liderlere yaptığı çağrıyı hatırlamalı. Babasının Hama’da yaptığına benzer icraatın bir benzerini o da Der’a’da ortaya koyabilir. Hatta Kaddafi’nin işlediği hayati hayatı işleyip, İslam coğrafyasını bir kere daha “made in West” imzalı askerî ve ekonomik icraatların alanı haline getirebilir. Ama artık ne İslam Dünyası ne de Suriye halkı baba Esed’in dönemindeki gibi.

    Fıkhu’s-Sîre, Davâbitu’l-Maslaha gibi şaheserlere imzat atmış bulunan Ramazan el-Bûtî’ye ve onun çizgisindeki alimlere de bir sözümüz var: “Cihadın en faziletlisi zalim sultanın yanında adaletli söz söylemektir”1 hadisi herkesten önce size hitap ediyor. Meydanlara dökülen insanların gayrimeşru bir talebi varsa bunu engellemek de, Esed’i gayrimeşru uygulamaları terk edip halkının sesine kulak vermeye ikna etmek de sizin sorumluluğunuz. Bu noktadan sonra ne halkı yönetime itaate çağırmak, ne de yaşananları “fitne” olarak etiketleyip işin içinden sıyrılmak çözüm getirir…

    1 Ebû Dâvud, “Melâhim”, 17; et-Tirmizî, “Fiten”, 13; en-Nesâî, “Bey’at”, 37; İbn Mâce, “Fiten”, 20; Ahmed b. Hanbel, III, 19, IV, 315.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: