Lola Karimova – diktatorning qizi – uznews.net


04.07.11

Advokat Antuan Komte: “Lola Karimova o‘zbek diktatori emas, u bor yo‘g‘i o‘zbek diktatorining qizi”

Lola Karimovaning Rue89 nashriga qarshi da’vosini ko‘rib chiqqan Parij sudi, frantsuz jurnalistlarining prezident Karimovni diktator, uning qizlarini esa -diktatorning bolalari deb atash huquqini qonuniylashtirdi.

Maya Vidon-Uayt Uznews.net uchun Parijdan

Bugun Parij Oliy sudi O‘zbekiston prezidentining kenja qizi va mamlakatning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimovaning frantsuz nashri Rue89ga qarshi da’vosining barcha boblarini rad etdi.

Karimova Rue89 jurnalistlarini tuhmatda va uning obro‘siga putur etkazishda ayblab, tovon puli tarzida 30 ming evro talab qildi. Uning noroziligiga 2010 yilning mayida chop etilgan maqola sabab bo‘ldi, maqolada u “diktatorning qizi” deb atalgan edi.

Parij Oliy sudi hakami Joel Boyer, Rue89 maqolasida tuhmat yo‘q va u Islom Karimov kenjasining obro‘siga yomon ta’sir qilishi mumkin emas deya qaror qildi.

“Bolalar o‘z ota onalari hatti harakati uchun javobgar emas, – deya bildirdi Boyer, – garchi fikrlar salbiy bo‘lgan taqdirda ham uning obro‘siga bu dahl qilolmaydi”.

Lola Karimova shuningdek uning advokati Antuan Jermen (Antoine Germain) ham sudning qaror chiqarish jarayonida ishtirok etmadi.

“Sud qarori Lola Karimova va uning opasi Gulnora diktatorning qizi ekanligi va ularning otalari diktator ekanligi haqida yozish huquqini tasdiqlaydi”, – deydi Ogyustin Skalbert, mahkama da’vosiga sabab bo‘lgan maqola muallifi.

Sudda frantsuz jurnaolistlari manfaatini himoya qilgan advokat Antuan Komte (Antoine Comte), qo‘shimcha qilib, sud qarori Frantsiyada horijiy rejimni tanqid qilish huquqini tasdiqlaydi, dedi.

Komtening so‘zlariga ko‘ra Parijdagi sud mojarosi, prezident qizining emas, balki o‘zbek redimining tabiatini aks ettirdi va sud buni anglab etdi.

“Maqolada aks etgan tanqid, siyosiy qatlamga taaluqlidir, uning Karimova xonimga dahli yo‘q, – dedi Komte. – U o‘zbek diktatori emas, u bor yo‘g‘i o‘zbek diktatorining qizi”.

Sudda javobgar tomon sifatida qatnashgan Rue89 Bosh muharriri Pьer Aski: “Bu bizning mamlakatimizdagi so‘z erkinligining yorqin misolidir” dedi.

“Bu bizning O‘zbekiston kabi mamlakatlardagi voqealarni erkin yorita olishimiz mumkinligini va mustaqil sudni horijiy davlat qo‘rqita olmasligini isbotlaydi”.

Lola Karimovaning uni tuxmatda ayblashga urinishini esa, Aski “fars” deya atadi, mahkama erkin Frantsiyada o‘tgani bois ularga ta’sir o‘tkaza olishmaydi.

“Da’vo Lola Karimova uchun ham biz uchun ham behudaga vaqt yo‘qotish bo‘ldi, – deya davom etdi Aski, – biroq bu o‘zbek rejimi tabiatiga oydinlik kiritish imkonini beradi”.

Frantsiyada quvg‘inda yashayotgan va sudda guvoh sifatida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik huquq himoyachilari Mo‘tabar Tojiboeva va Nadejda Ataevalar, qarordan hursand ekanliklarini bildirishdi.

Ataeva, O‘zbekiston prezidentining kenjasi, demokratik mamlakatlarda sudlar “ota diktator”ning buyrug‘iga emas, qonunga ko‘ra qarorlar chiqarishidan ibrat olishidan umidvor ekanligini bildirdi.

Shunga qaramay, sud da’vogar Evropadagi so‘z erkinligi standartlaridan behabarligi bois qasddan harakat qilmaganini iddao etib, Askining, Karimova tomonidan kiritilgan da’vo Frantsiya sud tizimini suiste’mol qilinishi haqidagi ayblovini rad etdi.

Rue89 jurnalistlarining g‘alabasiga qaramay, advokat Komte o‘zbek jurnalistlarini prezident qizlari haqida bu kabi narsa yozishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

“Mendagi yig‘ilgan axborotlar, o‘zbek sud tizimi mustaqil emasligini ko‘rsatmoqda, – dedi Komte. – Agar jurnalistlar shu kabi ayblovlar bilan sudga berilsa, men ularni jazolashgan bo‘lardi deb qo‘rqaman”.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=31&nid=17463

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: