Vatanga kimlar xiyonat qilayapdi? – sahwii.com


Iyul’ 2, 2011

Muhammadsolih Abutov

Bu mavzuni yoritish uchun qo‘limga qalam olishga kechagi ozodlik radiosida Ismoil Dadajonov bilan Said Axmedov orasidagi baxs turtki bo‘ldi.

Men 2001 yilda Navoiy shahridagi №46 sonli Zonada 3 otryadga kiraverishda devordagi turgan Stengazeta o‘rtasida Vatan xoini degan yozuv ostida Erk raisi Muhammad Solihni rasmini ko‘rganman. Endi taqdirni qarangki, bu qismatga o‘zim ham nishon bo‘layapman.

Ma’lumki, xoin degan so‘z umumiy suratda xiyonat qiluvchi, ya’ni omonatga xiyonat qiladigan odam degan ma’noni anglatadi.

Vatan xoini deganda Vataniga xiyonat qilish tushuniladi.

Lekin bu xiyonat mezoni nimadan iboratligini aksariyat yurtdoshlar bilmaydi. Uni aslida ko‘pchilik o‘ylab ko‘rmagan ham.

Ma’lumki,oddiy hayotda  omonatga xiyonat, va’daga xiyonat, va hakazo kabi xiyonat turlari mavjuddir.

Hozirgi O‘zbekiston rejimi xorijdagi  muxolifat vakillarini Vatanga xiyonat qilgan hisoblaydi. “Vatan Xoini” degan tamg‘a bilan badnom qiladi. Aslida, Vatandan chiqmagan muxolifatchilar ham bor.

Demak, rejim nazdida faqat Vatandan tashqariga chiqqanlar “Vatan Xoini” hisoblanadi shekilli?!

Vatandan chiqib ketishni sababini hech kim surishtirmaydi.

A) Yashash imkoni bo‘lmagan uchun qochib chiqqan odamlar bor.

B) Ishlash uchun chiqqanlar bor.

V) Shunchaki yaxshi hayot izlab chiqqanlar bor.

Qaysi biri “XOIN”?

Biz bilamizki, avvalgi ikki toifa istagan paytda Vatanga qaytib borishi mumkin. Demak, ular xoin emas. Noiloj qochib chiqqanlar “Xoin” ekanda?! Unda xoin bo‘lmaslik uchun faqat bitta yo‘li bor. Bir umr turmada yotish kerak ekan!

Bu bir mantiqiy xulosa!Boshqa yo‘lini ko‘rmayapman.

Xlinlik mezoni Vatanni tark etish emas, balki rejimga muxolif bo‘lish ekanda?! Makkor rejim muxoliflarini hech asossiz Xoinlikda ayblaydi. Aslida  bu  bechora qochib chiqqanlarni mol mulki, qarindosh urug‘lari hammasi qolib ketgan. Ular o‘z jonlarini saqlab qochganlar xalos.

Lekin baribir ular “XOIN” ekan?! Qani mantiq?!

Xiyonat aslida o‘z amalidan foydalanib, Xalq mulkini talon taroj qilib eb yotganlarga xos sifat emasmi?!

Xalqni minglab farzandlarini nohaq qatl qilib, hibs qilayotganlar vatan ichida yashasa ham Vatan va Xalq Xoini emasmilar?!

Vatanga Xiyonat qildi deganda, mantiqan nimalarni tushunish mumkin?! Islom nuqtai nazaridachi?!

Shuning uchun quyidagi 2 ta mavzuni kengroq sharhlab o‘tishni ma’qul ko‘rdim.

1.Vatan o‘zi nima?

2.Vatanga xiyonat nima?

Vatan g‘oyasi insoniyat tarixida ko‘p yillik tarixga egadir. Va uni tushunishlik ham, aniq tiniq bir xil tasavvurda shakllanmagan.

Hayotiy misollar;

Vatan uchun bo‘lgan urushlar aksariyati mohiyatan olganda o‘sha muayyan hukumatni yoki davrni moddiy manfaatlaridan kelib chiqqandir. Bu majhul tushuncha haligacha o‘z echimini topgan emas.

Bir xalq boshqa bir xalqni erini bosib olib, uzoq yillar ushlab turoalsa, o‘sha mag‘lub xalq vakillari o‘zlarini mustamlaka ekanliklarini unutadilar. Bunga ko‘plab misollar bor. Rossiya hududidagi ko‘pgina xalqlar tarixi ham bunga misol bo‘laoladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqillikgacha shunday edi. 1941-1945 yillar urushida nemislar bilan urushgan millionlab o‘zbeklar Vatan uchun jang qilishganiga aniq ishonishardi.

Lekin ulardan avvalgi o‘tgan ajdodlar ruslarni bosqinchi deb ularga qarshi kurashishgan.

Shuningdek, inqilobgacha bo‘lgan davrni olib qarang, hozirgi O‘zbekiston,(Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) uchta alohida davlat edi. Xiva xonligi, Buxoro Amirligi, Qo‘qon Xonligi o‘zaro urushganda “VATAN UChUN” jang qilishardimi?!

Men Moskvada harbiy xizmatni ya’ni, “Vatan oldidagi burchimni” o‘tagandim.

2007 yil Moskvaga borsam, kelgindi “gostrabayter”va hakazo  deyishdi.

Endi “Vatan” degan majhul narsa ancha torayib qolgandi.

Bu tuturiqi yo‘q tushuncha nuqtai nazaridan olganda, Karimov ham VATANGA (SSSRga) xiyonat qilgan hisoblanadi. Chunki, u ham avval o‘sha VATANga xizmat qilardi. Qilmoqchi edi ham. Ammo, nogahon tasodif shamoli esib qoldi???

Shu bilan “Janobi Oliy”lari mustaqillik mafkurasini kashf qilishga kirishdi. Unga ko‘ra Vatan tushunchasi yangicha mazsun kashf etdi. Va shu bilan birga “Vatan xoinlari” ham boshqacha talqin qilina boshlandi.

Diniy dalillar;

Islom tasavvurida xiyonat turlari ko‘p. Ammo, vatanga xiyonat degan tushuncha yo‘q. Islomda vatanni tark etish, xiyonat deyilmaydi.

Vatan g‘oyasi yoki tushunchasi Islom aqidasining asosini tashkil etmaydi. Chunki, Islom Vatan yoki Millat g‘oyalari kabi hududiy cheklanmagan Olamshumul G‘oyadir!

Shuning uchun ham Islom birorta millat va makon bilan cheklanmadi. Er yuziga tarqaldi. Va bunga o‘sha aqidasi  asosidai Vatan va irqiy cheklanish yo‘qligi uchun edi.

Vatan va millat g‘oyalari esa zamon va makonga bog‘lanadi.Va chegaralanadi. Bunga yaqin va uzoq tarixda minglab misollar bor.

Islomda eng aziz va muqaddas Zot Yagona Allohdir! Uning kalomi hukmi, amri, boshqalarning so‘zidan, hukmidan, amridan ustundir! Uni rasuliga ergashish FARZDIR! Hidoyat yo‘lidir!

Dunyo oxiratda saodat yo‘lidir! Bu g‘oya egasi qaysi millat vakili bo‘lishi va qaysi makonda yashashini farqi yo‘q! Biror kishi o‘z vatanidan chiqib ketishi Xoinlik hisoblanmaydi. Agar vatanida diniga, molu joniga xavf bo‘lsa, qodir bo‘lsa, chiqib ketishi shart bo‘ladi. Xoinlik emas endi bu ibodat savob amal hisoblanadi.

Islomda Allohga va Rasuliga xiyonat qilishlik XOINLIK hisoblanadi. Ya’ni Alloh va rasuliga bergan ahdga xiyonat haqiqiy Xoinlikdir!

Shuningdek, xalq mulkiga xiyonat qilish Xoinlikdir! Bu nuqtai nazardan qaralsa, Karimov o‘zi va uni rejimi amaldorlari VATAN va XALQGA XIYoNAT QILGAN XOINLARDIR!

Xulosa;

Biz xiyonatni mana shunday Ilohiy mezon asosida tushunamiz.

Biz Xiyonat sifatini o‘zimizdan mutlaqo inkor etamiz! Xiyonat sifati na huquqiy jihatdan va na diniy jihatdan va na umuminsoniy qadriyatlar jihatidan Bizga nomuvofiqdir!

Biz uchun xiyonat sifati tuhmat va bo‘htondir!

Biz na Vatanga, na Xalqga va na dinimizga Xiyonat qilmaganmiz!

Bix Xiyonatkor rejimni yo‘q qilish uchun kurash boshlagan inshaAlloh omonatdor jamoatmiz! Va bu ishimizda Allohning yordamini so‘rab kurashamiz!

Albatta Allohning yordami Zolim va  Xoinlarga kelmaydi!

 

sahwii.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: