Senator Ortiqova: ‘Jurnalistlarning ochlik amali noqonuniy’ – bbc uzbek


2 iyul 2011    

Jurnalistlar talablari bajarilmagunicha ochlikni to‘xtatmasliklarini aytishmoqda

O‘zbekiston Senatining Qonunchilik va sud-huquq qo‘mitasi raisi Svetlana Ortiqovaga ko‘ra, jurnalistlar Malohat Eshonqulova hamda Saodat Amonovalarning ochlik amali noqonuniydir.

Bi-bi-si bilan suhbatda Ortiqova xonim olti kundan buyon ochlik qilayotgan davlat televideniesi sobiq jurnalistlarining norozilik amalidan butunlay bexabarligini aytdi.

Jurnalistlarning ochlik amalidan taajjub izhor qilgan Svetlana Ortiqovaga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha fuqarolarning huquqlari ta’minlangan va ayniqsa, matbuot xodimlarining faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Milliy qonunchiligimizda ochlik qilish mumkin, deb aytilmagan. Bu noqonuniydir

Svetlana Ortiqova, Senatning Qonunchilik va sud-huquq qo‘mitasi raisi

U jurnalistlarning norozilik amalini “sharmandali va uyatli hol” deb atadi.

“Milliy qonunchiligimizda ochlik qilish mumkin, deb aytilmagan. Bu noqonuniydir”, dedi mamlakatning bosh qonunshunosi Bi-bi-si bilan suhbatda.

So‘nggi chora

Mustaqil huquq himoyachisi Sur’at Ikromov esa Ortiqova xonimning fikrlariga qo‘shilmaydi.

Unga ko‘ra, ochlik qilish uchun alohida qonunga ehtiyoj yo‘q.

“Bu davlat idoralaridan adolat topmagan har bir fuqaroning so‘nggi chorasi, qonuniy haqqidir”.

“Bu siyosiy aktsiya, bu men o‘limga ham tayyorman, ammo haqqimni talab qilaman”, degani deydi Sur’at Ikromov.

Ayni paytda ochlik boshlanganidan buyon bir necha marta shifokorlarga murojaat etgan jurnalistlar tibbiy yordamdan voz kechganliklarini aytishmoqda.

Juma kuni o‘zlarini yomon his qilgan jurnalistlarni ko‘rish uchun kelgan “Tez tibbiy yordam” shifokori Malohat Eshonqulovaga nevroz tashxisini qo‘yib ketgan.

Ikki jurnalist bundan “bizni ruhiy bemor deb e’lon qilmoqchilar”, degan xulosaga kelganlar.

“Ularni ko‘makka chaqirishni xohlamaymiz. Shifokorlarning bizga qo‘ygan “nevroz” degan soxta tashhizi bilan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga badarg‘a bo‘lishni istamaymiz, biz o‘z ishimizni oxiriga etkazishni istaymiz. Toki prezident qabuliga kirmas ekanmiz, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, xususan, “Yoshlar” teleradiokanalida sodir bo‘layotgan g‘ayriqonuniy ishlardan I. A. Karimovni shaxsan ogoh etmas ekanmiz, barcha haqsizliklarga chek qo‘yilmas ekan, biz o‘z ahdimizdan qaytmaymiz”, – deyishadi jurnalistlar.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110702_cy_uztv_ortiqova.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: