Hayot so‘qmoqlari. II qism – sahwii.com


Iyun’ 27, 2011

(Birodarim Muhammmadsolix Abutovga bag‘ishladim)

Bu so‘qmoqlardan yurar ekansan sening aziz boshingga, kim bo‘lishingdan qat’iy nazar, turli tuman ko‘rguliklar tushadi. Ham yaxshi, unutilmas soniyalar, ham tashvishli kunlar, ham charog‘on, ham zulmatga botgan kunlar, dovul, bo‘ron va qahraton sovuqlar, jazirama issig‘u, behalovat kunlar…Ammo sen ularni ham bosib o‘tasan va har safar har bir bosgan qadamingdan, o‘zing buni istaysanmi, yo‘qmi, baribir, qandaydir xulosalar chiqaraverasan. Aqling qilmasa ko‘ngling, ko‘zing istamasa oyoq va qo‘ling baribir o‘z xulosalarini chiqarishaveradi sen bosgan yo‘llar haqida. Chunki bu ularga xos odat. Refleks deyishadi olimlar buni. Tanangdagi har bir hujayraning aqlu farosati deyman men.

Tabiat qiyinchiliklariku mayli, ularni engib o‘tsa bo‘ladi, agar senda etarli darajada bilim, tajriba, farosat, izlash va o‘rganishga ishtiyoq bo‘lsa.

Qiyinrog‘i bu seni yo‘lingda uchragan o‘zga yo‘lovchilardir. Chunki sen ularni ko‘pchiligini bilmaysan, tanimaysan. Sen bilan o‘sib ulg‘aygan qadron do‘stlaring allaqachon qolib ketishgan seni o‘sha qo‘vnoq bolalik va yoshlik chog‘laringda, o‘sha qadrdon ko‘chalarda…

Endi ular ham sen kabi yo‘lovchilar va ular ham sen kabi hayotning turli so‘qmoqlarida tentirab, daydib yurishibdi qaerlardadir…

Ularning birlari allaqachon o‘zlarining ravon yo‘llarini topib olishgan, ikkinchilari hamon o‘z so‘qmoqlarini izlashda davom etmoqdalar, uchinchilari esa adashib tushib qolgan so‘qmoqlaridan chiqib keta olmay, sarson sargardonlar…

Sen albatta ularga qo‘lingdan kelgan yordamingni berishga hamisha tayyorsan…. Ammo ular hamisha ham seni yordamingni olishga tayyor emas. Buning turli tuman sabablari bor. Masalan, ayrimlar seni yordamingni noto‘g‘ri tushunishlari mumkin. “Iya, manovi menga achinayaptimi? O‘zi kim bo‘ptiyu menga aql o‘rgatadi?” va shunga o‘xshagan bulshit.

Shu sababdan sen gapingni tinglaganga, seni so‘zingga qiziqqan odamlarga, xususan va eng avvalo eng yaqinlaringga aytganing ma’qul gaplaringni. Gaping yoqsa ular qabul qiladi, yoqmasa, seni ko‘ngling uchun “Ha, yaxshi “ deydiyu ammo baribir o‘z bilganini qilaveradi. “Six ham, kabob ham kuymaydi” misol.

Ruslar “Aqlli odam o‘zgalar xatosidan, axmoq odam o‘z xatosidan o‘rganadi” deyishadi. To‘g‘ri gap. Ammo necha marta shu oddiy haqiqatga ko‘z yumganmiz, buni yolg‘iz Olloh taolo biladi.

Yurgan so‘qmoqlaringda senga yo‘ldosh bo‘lganlarning ahamiyati katta. Ruslar “Sen menga do‘stingni ko‘rsat, men senga kimligingni aytaman “ deydi. Men bu aqlli gapga tan bergan holda uni yanada rivojlantirishga majbur bo‘ldim. Sababi – ba’zi birovlarni kimligini aniqlash gohida juda qiyin, chunki men na ularning o‘zini, na ularningdo‘stlarini taniyman. Bunday hollarda mening bir odamning qanday inson ekanligini bilish uchun qilgan barcha urinishlarim chippakka chiqaveradi.

Ana shular sabab men bu gapni salgina rivojlantirishga majbur bo‘ldim va meni tadqiqotlarim so‘nggida u quyidagicha tus oldi. “Sen menga birovni ishini(yasagan do‘mbirasimi, aytgan ashulasimi, qatnashgan musobaqasiyu, yozgan narsasimi- nima bo‘lsa ham ko‘rsat. Ularning ayrimlari menga o‘sha odamning kimligini aniqlash masalasida yarab qoladi”.

Odamlarning ishlari ularning oynadagi dil akslaridir. Ular yuzlarini oson o‘zgartirishlari mumkin. Ammo odamlar dillarini osongina o‘zgartira olmaydilar. Albatta uchchiga chiqqan xumparlar, ayyor tulkilar bor, xameleonga o‘xshab ming tusda tovlanadigan. Ammo baribir, dil masalasiga kelganda ular harchand urinmasinlar qozonda bori cho‘michga chiqadi xolos – sen cho‘mich bilan bechora qozonni teshib yuborgudek daranglatib kovlaganing bilan!

– Xo‘sh, bir yo‘lovchining sizga yo‘lda hamroh bo‘lmoqchiligi shu qadar mo‘him masalami? U kim bo‘lishidan qat’iy nazar, yoningizda gap berib, tayog‘ini taqillatib ketaversa osmon uzilib erga tushmas! Axir u ham Allohning bir ojiz bandasi, shu uchun, “Ha, bo‘pti. Kelaqol, menga hamroh bo‘laqol, sening ham sazang o‘lmasin” desak bo‘lmaydimi?

– Ha, hamma balo ana shunda. Aynan osmon uzilib erga tushadi agar bir muttaham menga hamroh bo‘lsa! Alloh taolo boshim uzra o‘z yomg‘irini chunonam sharillatib, kerak bo‘lsa chelaklab tashlab beradiki, men qilgan ishimga ming pushaymonlar eyman!

– Iya! Qanday qilib? Agar u bir yomon odam, muttaham chiqib qolsa, “Bor jo‘na, toshingni ter, menga xalaqit berma. Bu yog‘iga endi men o‘z yo‘limga, sen o‘z yo‘lingga ketaveraylik” deb undan oson qutulsangiz bo‘ladiku.

– Yo‘q bo‘lmaydi.

– Nimaga bo‘lmaydi?

– Uffffff….Buning sababi ko‘p. Avvalambor mana shunaqa savollar to‘g‘dirgani uchun ham bo‘lmaydi. O‘ziku uni yonimdan haydaguncha ona sutim og‘zimga kelgan edi, u bir muammo bo‘lgan edi menga. Endi esa qayoqdandir bu qarorimni senga tushuntirish majburiyatim ham paydo bo‘lib bir muammom ikki bo‘ldi. Bu ham maylikuya, agar sen osongina tushuna qolsang men aytgan gaplarni. Ammo aksiga olib sen bu gaplarni osongina tushunmasangchi? Unda nima qilaman men bechora? Unda ohimni kimga aytaman? Yana yomg‘irni ostida qolamanmi? Ana o‘shanda “Ana o‘zi berdi Xudo, yana o‘zi oldi Xudo” deb zorlanganim bilan uch bo‘lgan muammom bittaga kamayarmidi?

(Uff…charchab ketdim tushuntiraman deb, ana ko‘rdingmi, uch emas hatto to‘rt bo‘ldi meni muammom! Endi bu maqolani davomi qachon ho‘sh yoqsa bo‘ladi, bo‘lmasa o‘sha ham yo‘q endi…ufff)

 

sahwii.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: