Harakatga a’zolik badali haqida – sahwii.com


Iyun’ 29, 2011

Muhammadsolih Abutov

Ma’lumki, shu yil 23 24 may oyida Berlinda O‘XH qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p masalalar muhokama qilindi, tortishuvlar bo‘ldi va qabul qilindi. Ammo, bitta masala muhokama qilinmadi. Umuman bu to‘g‘risida gap ham bo‘lmadi. Bu badal to‘lovi edi. Bu mavzu gapirilmaganiga sabab ba’zi birodarlar “Ixtiyoriy ravishda ehson qiladigan odamlar bor. Zaruriy mablag‘ni shular hisobidan qoplashimiz mumkin” degan fikrni bildirishdi. Shu bilan bu masala deyarli e’tiborsiz qolib ketdi. 11,12 iyun kunlari Stokholmda O‘XHni Muassislar majlisini birinchi ishchi majlisi bo‘ldi. Bunda qator masalalar bilan birga “Badal” masalasi ham ko‘tarildi. Va ko‘pchilik badalni to‘lashlik zarur degan fikrga kelishdi. Bunda Evropa va Aqshda yashaydigan a’zolar uchun badali yiliga 25 Aqsh dollari va MDH mamlakatlari uchun esa yiliga 10 Aqsh dollari miqdoridagi badal to‘lovi undirish haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, yoshi 18 dan kichik yoki 60 dan oshganlar ham yiliga 10 dollar miqdori badal to‘lovi joriy qilindi. Bu to‘lovlar ramziy ma’nodagi badal bo‘lib, aslida Harakatning asosiy mablag‘ manbasi Harakat a’zolari ishlayotgan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va alohida shaxslar beradigan xayriya mablag‘lari hisobidan bo‘lishi rejalashtirilgandi. Endi bu harakatning joylarda bo‘limlari ochila boshladi. Bu bo‘limlarga a’zolar esa o‘sha qarorda ko‘rsatilgan miqdordagi badalni bir yiliga bir martalik qilib to‘lashligi lozim bo‘ladi. Muassislar Majlisi tasdiqlagan Maxsus Yo‘riqnomaga asosan bu bo‘limlardagi mablag‘ni 80 % shu bo‘limni zarurati uchun ishlatiladi. 20 % Markaziy Kotibiyat hisobiga o‘tkaziladi. Bo‘limlardagi mablag‘ o‘sha bo‘limni ishlarini tashkillashtirish va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Kimki, yil davomida bu mablag‘ni uzrli sabablarsiz bermasa, yoki berishga qodir bo‘lmagani uchun uzrli sabablar ko‘rsataolmasa u shaxs O‘XH a’zoligidan chiqariladi.

Chunki, u shaxs harakat uchun jonkuyar fidoiy kimsa emasligi va bu hayot va mamot kurashida bunday kimsalar hech ish qilolmasligi ma’lum bo‘ladi. Bunday odamlarni safimizdan chiqishi bilan harakat hech narsa yo‘qotgan hisoblanmaydi. Muassislar Majlisi a’zolari ko‘pchiligi shunday qarorga kelishdi. Va bu qarordan kelib chiqib faoliyat yurita boshlandi. Keyingi yil qurultoyda bu masala ham kun tartibiga qo‘yilib yanada ochiqlab olinadi albatta. Ammo, yanagi yilgacha bu masalada boshqa bir o‘zgarish bo‘lmaydi. Chunki, bu Muassislar Majlisi tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan va Majlis raisi tasdiqlagan qarordir. Raisga esa uni saylab qo‘yilgan muddat tugaguncha, barcha diniy va dunyoviy hukmlarda ham itoat qilish shart bo‘ladi.

 

sahwii.com

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: