Berlin, Bryussel’ va Toshkent o‘rtasidagi iflos o‘yinlar – ozodlik.org


Jul 2nd, 2011

Hazratqul Xudoyberdi

Avvaliga Evropa Ittifoqi Komissiyasining raisi(EIning Hukumat boshlig‘i) janob Manuel’ Barrozo O‘zbekiston diktatorini qabul qilib va u bilan iliq va do‘stona so‘hbatlar o‘tkazib Evropa Ittifoqining O‘zbekiston diktaturasiga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘qligini ochiq oydin ko‘rsatdi.

Keyin esa Toshkentda EIning doimiy ofisini ochish haqida kelishib olindi. Bir qaraganda hamma narsa risoladagidek, guyoki bu oddiy holat, davlatlar o‘rtasidagi normal munosabatlarni mustahkamlash.

Ammo bu erda siyosat o‘yini ketayapti. “Ha, endi siyosat bo‘lgandan keyin uning pastu balandi, uydim chuquri bo‘ladi. Gohida bu tomon, gohida u tomon qandaydir chekinishlar qilishi, biror natijalarga erishish uchun nimalardandir voz kechishiga to‘g‘ri keladi. “Siyosatda zo‘r chora – Murosayu madora!” deb e’tiroz bildirishingiz mumkin.

To‘g‘ri, nafaqat siyosatda, balki kundalik hayotda ham eru xotin, yoru birodar, aka uka, opa singillar ham o‘zaro maslahatlashib, murosa qilib yashamasalar bo‘lmaydi. Bunga gap yo‘q.

Ammo hamma balo shundaki, har narsaning o‘z o‘lchovi bor. “Sendan ugina, mendan bugina” kabi siyosiy kelishuvlar kimlarnidir aziyat chekishi hisobiga bo‘lishi kerak emas.

Nafaqat siyosatda balki hayotning biror masalasida o‘zaro kelishuv kimlargadir zarar etkazish evaziga bo‘lishi kerak emas. Masalan., siz bozorga mutasaddi odamsiz. Sizni yoningizga har kuni sabzavot, ko‘kat, meva chevalar sotishga keladigan 50tacha dehqonlar kelishadi va bozorda o‘z mahsulotlarini sotishga sizdan joy va izn so‘raydi. Sizda esa bor yo‘g‘i 40ta sotish rastasi bor. Xo‘sh, siz ularni qaysi biriga u rastalarni bo‘lib berasiz? Albatta navbati bilan,birinchidan qirqinchigacha bo‘lganlar o‘sha rastalarni olishlari kerak.

Ammo bozor raisi biladiki navbatning 40 o‘rnida bo‘lgan odam uzoq qishloqdan qovun tarvuzlarini sotishga olib kelgan oddiy dehqon. 41 o‘rinda esa doim kunda-shunda olib sotarchilik bilan kun ko‘radigan bir odam.

Ana shu olib-sotarchi tortishib ketadi bozorkom bilan va ular ikkalasi bechora dehqonni turtib surtib chetga chiqarishadi, va pora evaziga olib-sotarchi 40nchi rastani oladi. Bechora dehqon esa o‘z mahsulotlarini suv tekin arzon narxda ana o‘sha olibsotarchiga topshirib uyiga qaytishga majbur bo‘ladi.

Ho‘sh, mana shunaqa “murosayu madora” adolatdanmi? Yo‘q albatta.

Umuman, har qanday murosa adolat asosida bo‘lmas ekan u baribir uzoq yashamaydi. Bu aslida murosa emas mug‘ombirona kelishuvdir.

Diktator Karimov hukumati va demokratik Evropa o‘rtasida ham bugun murosa siyosati emas balki mug‘ombirona kelishuv siyosati olib borilmoqda.

Shu sabab diktator o‘zi istagan EI parlamenti a’zolarini qabul qiladi, rasmiyatchilik yuzasidan kallasini liqillatib ularni tinglaydi, istamaganlarini esa qabul ham qilmaydi, tinglamaydi ham. Kelishuv shunaqa.

Ana shu sabab kecha O‘zbekistonning diktatorlik hukumati Evropa parlamentinining Inson Huquqlari komissiyasi vakillari bilan uchrashishga vaqti yo‘qligini aytdi. Buni EIning Hukumat boshlig‘i Barrozo ham, EIning prezidentiyu va barcha 560dan oshiq deputatlari ham ko‘rib turishibdi. Ammo ularning birortasi miq etgani yo‘q, etmaydi ham. Chunki kelishuv shunaqa diktator bilan.

Diktator Karimov EI, AQSh va Koalitsiyaga a’zo 52ta davlatga Afg‘onistonga kirib chiqish uchun ochiq koridor beradi, buning evaziga esa diktator ularning “boshni og‘rituvchi vakillari”ini eshikdan kiritmaslik huquqini oladi.

Bir gap bilan aytganda bu narsa Diktator Karimov va G‘arb dunyosining sharmandali siyosiy o‘yini.

Padariga la’nat bunaqa mug‘ombirona siyosatchilarni deydi har qanday adolat va haqiqatparvar odam va shunga qarab ish tutadi.

Ammo bu erda ayrim, o‘zlarini demokrat deb hisoblovchi siyosatchilarning axmoqligi shundaki, ular o‘zlari qilayotgan ishlar oxir oqibatda ularga, ularning saylovchilariga va umuman insoniyatga ulkan zararlar keltirishi mumkinligi haqida uylamaydilar ham.

Shu uchun gap odamning demokratik davlatning demokratik vakili deb atalishida emas balki uning vijdoni qanaqa ekanligida, shaxsan uning qanday inson ekanligidadir.

O‘rislarning bir maqoli bor: “Na Boga nadeysya no sam ne oploshay”, ya’ni “Xudodan umid qilaveru ammo o‘zing xato qilma”. Agar bu gaplarni o‘z faoliyatimizga ag‘darsak, “Amerikaga ham, Evropayu Rossiyaga ham umid qilib yana 1000 yil yashayverish mumkin ammo bu bilan ahvol o‘z o‘zidan o‘zgarib qolmaydi toki biz o‘zimiz kuchlarimizni to‘plamaguncha, jinoyatkor tuzumga “BO‘LDI! BAS!” deb hayqirmaguncha, toki uning o‘z qo‘lidagi qurollariga ishonib gerdaygan muttaham oliftalariga qarshi ulardan ham zo‘rroq kuch bilan – MILLIONLARNING SHIDDATLI NOROZILIK G‘AZABLARI bilan, bir dona ham qurolsiz, faqat va faqat o‘z g‘azabimiz va noroziligimiz bilan bostirib bormaguncha!

Ana o‘shanda ko‘rasiz ularning asl basharalari va qudratlari qanaqa ekanliklarini!

Ana shuning uchun ham BIZ KUN SAYIN, HAFTA SAYIN O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI SAFLARIGA KIRIB, UNING OXIR OQIBATDA DAMBANI BOSIB KETADIGAN QUDRATLI KUCH SHAKLIGA olib kelishimiz kerak. Undan keyingi barcha ishlar to‘satdan va shiddat bilan o‘zgara boshlaydi!

Biz, O‘zbekiston Xalq Harakatini tuzganlar VA UNING FAOLLARI bunga aminmiz va sizlarni katta kurashga boshlab borishga har kun, har soatda tayyormiz.

Hazratqul Xudoyberdi

 

http://uzxalqharakati.com/?p=737

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: