‘O‘zbekiston: Tanqidni bostirish urinishlari ish bermadi’ – bbc uzbek


2 iyul 2011

Kecha Parij mahkamasi O‘zbekiston prezidentining qizi – Lola Karimova-Tillaevaning mahkama da’vosini qondirmadi

“X’yuman Rayts Votch” xalqaro inson huquqlarini himoya etish tashkilotining bayon qilishicha, frantsuz mahkamasining prezident Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaevaning Frantsiyadagi Rue89 veb sahifasiga qarshi da’vosini qondirmagani O‘zbekistonning tanqidga bo‘lgan repressiv yondashuvini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Frantsiyada mashhur bo‘lgan ushbu veb sahifani 2010 yil may oyida chop etgan maqolasi uchun Parij mahkamasiga bergandi.

Maqolada Lola Karimova-Tillaeva “diktatorning qizi” deb atalgan va “turli xayriya tadbirlari bilan O‘zbekistonning imajini yaxshi qilib ko‘rsatishga urinayotgani” haqida yozilgandi.

“O‘zbekiston so‘z erkinligining ta’qib etilishi doxil inson huquqlariga oid ayanchli ko‘rsatkichlari bilan yaxshi tanilgan”, deydi xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Mihra Ritman.

Unga ko‘ra, “Karimova xonimga o‘xshash siyosiy figuralar hukumatning xatti-harakatlariga oid oshkora va tanqidiy bahsu munozaralarni bostirish uchun hech qachon bo‘htonga oid qonunlarni suiiste’mol etishga imkonli bo‘lmasliklari lozim”.

Lola Karimova-Tillaevaning mahkama da’vosi 19 may kuni Parijdagi Adolat mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va mahkama 1 iyul kuni o‘z qarorini e’lon qilishini bayon qilgandi.

Mahkama jarayonida muhojiratdagi o‘zbekistonlik ikki taniqli inson huquqlari faollari –”O‘tyuraklar klubi” tashkiloti rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva va “Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Otaevalar guvohlik berishgandi.

Tojiboeva xonim o‘z chiqishida O‘zbekistonda 2005-2008 yillarda qamoqxonada ekani chog‘ida jinsiy zo‘ravonliklar doxil o‘ziga nisbatan qilingan nomaqbul munosabatlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi, deydi tashkilot.

“Agar Parij mahkamasi Rue89 veb sahifasiga qarshi bo‘hton qilishga oid mahkama da’vosini qondirganida, bu – adolatning qo‘pol ravishda oyoq-osti qilinishi bo‘lgan bo‘lardi”, deydi “X’yuman Rayts Votch”.

Lola Karimova-Tillaeva esa, chop etgan maqolasi sabab, o‘ziga etkazilgan ma’naviy ziënni qoplash uchun nashrdan 30 ming evro talab qilayotgan edi.

Xalqaro tashkilotning bayon qilishicha, O‘zbekistonda ham mas’ullar jurnalistlarning ovozlarini o‘chirish yoki ularga tahdid qilib, qo‘rqitish uchun tuhmat qilganlikka oid soxta mahkama da’volaridan foydalanishadi.

“X’yuman Rayts Votch”, o‘z o‘rnida, tsenzura va poraxo‘rlik hollariga qarshi chiqqanliklari uchun jurnalistlar Malohat Eshonqulova va Saodat Amonovalarning O‘zbekiston televideniesidan haydalganliklari, qisqa muddat hibsga olinib, jarimaga tortilganliklari va hozir ochlik e’lon qilishganini misol tariqasida tilga olib o‘tadi.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati mamlakatda so‘z erkinligini keskin cheklaydi.

“Prezident Karimov yaqinda qilgan chiqishida ommaviy-axborot vositalari uchun faoliyat muhitini yaxshilash va qonunlarning shaffofligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Internetning ahamiyati ortib borayotganini urg‘uladi. Amalda esa, mustaqil jurnalistlar ta’qib etilishmoqda, hibsga olinishayotir, qamoq jazosi yoki katta miqdordagi jarimalarni ko‘zda tutuvchi bo‘hton qilishga oid da’volar bilan mahkamaga tortilishmoqda”, deydi tashkilot o‘z bayonotida.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110702_cy_hrw_reaction.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: