Sabr – achchiq, oqibati shirin! – AAT


Payshanba, Iyul’ 30, 2011

Xavfni sezgan qaldirg‘och bolalari o‘z inlaridan tushib ketar darajada boshlarini cho‘zib, najot so‘rash ohangida chiriqlasha boshladi. Xavotirning sababi, ustunga chirmashib qaldirg‘och ini tomon kelayotgan ilonning borgan sari inga yaqinlashayotganida edi. Ona qaldirg‘och o‘z tajribasiga tayangan holda ko‘makka oshiqdi. O‘t‑o‘lanlar orasidan beshiktebratarni topdi‑da, tumshug‘ida ko‘tarib uchib kelib uyasi oldiga qo‘ydi. Dunyoda barchaning o‘z vazifasi bor. Beshiktebratarda ilon qiyofasidagi zulmga qarshi kurashib g‘olib bo‘lishlik amali mavjud. Uya oldiga olib kelib qo‘yilgan beshiktebratar ilon kelayotgan yo‘lga qarama‑qarshi turib dushman kelishini kutdi. Ilon kelgach uning ko‘zlariga nishli qo‘llarini tiqib ko‘r qilib qo‘ydi. Orqasidan yana jarohatlar etkaza boshladi. Zarbalarga chiday olmagan ilon qulab halok bo‘ldi.

Ushbu yuqorida keltirilgan misoldagi jonzotda bo‘lgani kabi, insonlarda ham o‘z uyini, oilasini himoya qilishlik instinkti mavjud. Insondagi bu instinkt uning tushuncha va dunyoqarashiga bog‘liq ravishda kuchli yo kuchsiz bo‘ladi. Kuchsiz bo‘lsa mayliya, hattoki, ming afsuslar bo‘lsin‑ki, vatani tugul, o‘z oilasiga xavf tug‘ilayotgan bo‘lsa ham befarq va o‘sha holatga rozi bo‘lib turaveradiganlar bor.

Ota‑bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan SABR degan tushuncha bor. Buni har kim har xil tushunadi. Vataniga qarshi, oila va qarindoshlarining hayotiga qarshi sodir bo‘layotgan xavf‑xatar oldida ham SABR so‘zini ishlatib, o‘zlarini aldab kelayotgan insonlarning borligi o‘ta achinarli holdir.

O‘z davrida ota‑bobolarimiz SABR kalimasiga to‘g‘ri amal qilganlar. “Komsomol”, “Kommunist”, “Ateist” degan tushunchalarni yoqlovchi proletariat diktaturasi vakillari, Leninning izdoshlari hukmronlik qilgan davrda sabr bilan DIN va MILLIY G‘URURlarini bizgacha etkazib keldilar.

Yuqorida keltirilgan qaldirg‘och kabi xavfni bartaraf etish uchun uzoqlardan beshiktebratar topib kelib o‘z uyasi oldiga qo‘yishlikka o‘xshagan amallar – bugungi kundagi TO‘G‘RI SABRga  misol bo‘la oladi.

Xulosa shuki, har bir davrda o‘sha kunga xos SABR qilishlikni tanlash muhim amallar sarasiga kiradi.

Qadrdon zamondoshim! Vataningiz, yaqinlaringiz, qolaversa o‘z oilangizni g‘alamis, nopok qotillardan qaysi usullar bilan himoya qilyapsiz? Zamon talabidagi SABR haqida ozgina bo‘lsa‑da o‘ylab ko‘rdingizmi?

 

Abdulhamid

 

AAT

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: