Qozog‘iston: Tashqi sarmoyalar mamlakat uchun koni foydami yoki zarar? – bbc uzbek


30 iyun 2011

Shodiyor Sayf

Bi-bi-si, Olma ota

Hukumat vakillari katta miqdordagi sarmoyaning oqib kelishini mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit bilan izohlashadi.

“Qozog‘iston prezidentining dastavval siyosati bir tomondan sarmoyani jalb qilish va ikkinchi tomondan sarmoya bazasini ishlab chiqarishga yo‘naltirishga qaratilgandi. So‘nggi 10-15 yil ichida mamlakatga 120 milliard dollarlik sarmoya kirishi buning tasdig‘i va bu juda ham katta natija. MDHning ko‘plab davlatlari uchun bu etishib bo‘lmas ko‘rsatgichdir”, deydi iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Qayrat Kelimbetov.

Rasmiylar xorijlik sarmoyadorlarning oldida Qozog‘istonning imidjini oshirishi uchun keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotganini ham ta’kidlaydi.

Xorijliklarning Qozog‘istonga bo‘lgan munosabatini o‘rganib chiqqan KAZNEX INVEST aktsionerlik uyushmasi chet elliklarning mamlakat haqidagi ilk ta’surotlar salbiy ekanligini aytadi.

“Birinchi o‘rinda korruptsiya turadi. Rivojlanmagan infratizim, malakali mutaxassislarning kamligi ham asosiy muammolardan. Eng muhimi sarmoyadorlarni aldamaslik kerak. Ularga istalgan miqdorda pul olib chiqib ketasan degan va’damizni bajara olmasak, ketib qolishadi”, – deydi KAZNEX INVEST aksionerlik uyushmasi raisi Erlan Arinov.

Iqtisodchilar xorijlik sarmoyadorlarni ohangrabodek tortayotgan soha tabiiy qazilma boyliklar ekanligini ta’kidlashadi.

Namoyish

Muxolifat namoyishlar o‘tkazib, hukumatni sarmoya bahonasida tabiiy boyliklarni chet elliklarga arzonga sotayotganlikda ayblaydi.

“Neft, metallurgiya va keyingi vaqtlarda gaz quvurlari kabi qazib oluvchi sohaga sarmoya kirmoqda. Qozog‘iston Markaziy Oiyoda ushbu sohalar bo‘yicha rivojlangan va jozibador. Shuning uchun ham sarmoya suvdek oqib kelmoqda”, – deydi Olma otadan iqtisodchi Qanat Berentaev.

Muxolifat bo‘lsa, turli namoyishlar o‘tkazib, hukumatni sarmoya bahonasida tabiiy boyliklarni chet elliklarga arzon garovga sotayotganlikda ayblaydi.

“Daromadimizni tashkil qiluvchi barcha tabiiy boylikning 80 foizi chet elliklarning qo‘lida. O‘z kelajagini o‘ylovchi qaysi mustaqil mamlakat o‘z boyligini yig‘ib boshqa bir yurtga berib qo‘yadi. Faqatgina Xitoyning neft sohamizdagi ulushi 25 foizni tashkil qiladi. 4 dan 1 boyligimizni bir yurtga berib qo‘ydik”, – deydi “Azat” umummilliy sotsial demokratik partiyasi rahbarlaridan Jarmaxan Tuyaqbay.

Muxolifatga ko‘ra, tabiiy boyliklar talon-taroj qilinmoqda va buning ustiga chet ellik kompaniyalardan katta miqdorda qarz olinmoqda.

Xitoyning mamlakatga shiddat bilan kirib kelishi va Qozog‘istonga 19 milliard miqdorida kredit ajratib muhim neft qazib olish konlarining aktsiyalarini sotib olishi muxolifat tomonidan qattiq tanqid ostiga olinadi.

O‘z navbatida hukumat ommani Xitoy ekspantsiya deya qo‘rqitmaslikka chaqirarkan, Xitoyning mamlakat iqtisodidagi ishtirokini oddiy va kuchli sarmoyador o‘laroq baholaydi.

Jarmaxan Tuyaqbay

‘Daromadimizni tashkil qiluvchi barcha tabiiy boylikning 80 foizi chet elliklarning qo‘lida’, deydi Jarmaxan Tuyaqbay

“Eksport mahsulotlarimizni Xitoy singari yirik bozorga sotmasak yana qaerga sotamiz? Xitoyga mahsulot etkazish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ushbu imkoniyatdan mahrum bo‘lib qolsalar bu tashkilotlarda ishlayotgan ishchilar maoshsiz qoladi. O‘shanda savol umuman boshqacha qo‘yiladi”, deydi neft va gaz vaziri Sauat Minbaev.

Qozog‘istonlik iqtisodchi Qanat Berentaev hukumatni ichki zahiralarni ishga solmaslikda ayblaydi.

“Milliy jamg‘armadagi pullar muzlatib qo‘yilgan. Hozir deyarli 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ ishlatilmay yotibdi. Ushbu pullarni 2001 yildanoq mamlakatning ishlab chiqarish sohasiga sarmoya sifatida kirgizsa bo‘lardi”, – deydi Qanat Berentaev.

Hukumat Kelasi 5 yilda Qozog‘istonga chetdan yana 60 milliard dollar sarmoya jalb qilmoqchi.

 

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/06/110630_cy_kazakh_investment.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: