Hukumat siyosati tarafdori: “Sizlar xoinlar!”O‘zbek muxolifati vakili: “Sizlar diktator malaylari!” – ozodlik.org


Maydonga olib chiqilgan bahs mavzusi ‘O‘zbekiston xalq harakati’ bo‘ldi.

01.07.2011

Sadriddin Ashur

Bu safar bahs maydonida O‘zbekiston muxolifati vakili va hukumat siyosatining tarafdori bahslashdilar.

24 may kuni Berlinda ta’sis qurultoyini o‘tkazgan “O‘zbekiston xalq harakati”ning O‘zbekistondagi siyosiy tuzumni tinch yo‘l bilan o‘zgartirish haqidagi bayonotlaridan so‘ng Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini toshkentlik tadbirkor deb tanishtirgan Said Ahmedov harakat faollarini “Bahs maydoni”ga taklif qildi.

O‘zbekiston xalq harakati muassislar majlisi a’zosi Ismoiljon Dadajonov toshkentlik tadbirkor bilan bahs maydoniga tushish istagini bildirdi.

Said Ahmedov fikricha, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot yaxshi va “O‘zbekiston xalq harakati”ning bu hayotni buzish, tuzumni ag‘darishga urinayotgani fitna va ig‘vodan boshqa narsa emas.

Mening hayotiy printsiplarimdan bittasi shu, deydi Said aka.

– Hozirgi bularning qilayotgan ishi, Ismoil aka sizlarning harakatinglarning qilayotgan ishi er-xotin urushib kelgandan keyin bir-biri bilan ajrashayotgan holatga o‘xshaydi. Er xotinni ayblaydi, xotin erni ayblaydi. Umuman kurakda turadigan narsa emasku bu. Nima uchun o‘z vataningizni, shunaqa tuzumni yomon nima qilayapsiz? Tuzumni o‘zgartirish mumkin faqat to‘g‘ri yo‘l bilan. Hech qanaqa inqilobiy yo‘llar bilan emas. O‘zimizning ongimizni o‘zgartirishimiz bilan o‘zgartirishimiz mumkin, deydi Said Ahmedov.

Ismoiljon Dadajonov bu fikrlarga javoban “muxolifatning parlament yo‘li bilan hokimiyatga kelishini istar ekanmiz, demak, muxolifatning qandaydir tinch yo‘l bilan, parlament yo‘li bilan hukumatga kelish imkoniyatlarini hozirgi mavjud tuzum yaratib berishi kerak” deydi.

– Na saylovlarga qatnashish huquqi, na yig‘ilishlar o‘tkazish, hattoki o‘nta odam partiya tuzaman deb yig‘ilish o‘tkazish huquqidan, na odamlarni himoya qilish huquqidan mahrum bo‘lghan muxolifat ber chekkaga siqilgan mushuk kabi nima qilishini bilmasdan hujumga o‘tish arafasida bo‘lishi mumkin. Men buni inkor qilmayman. Lekin bunga kim aybdor, deydi Ismoiljon.

Said Ahmedov: Mendagi informatsiya kam. Prezidentimizda informatsiya katta. Biz kichkina davlatmiz. Endigina 20 yil o‘tdi.

Ismoiljon Dadajonov: Demokratiya ideal tuzum emas, lekin ….

Said Ahmedov: Mana sizlar hozir qochqinlikda yuribsizlar. Karim Bahrievni bilasizmi? Nimaga ular ketayotganlari yo‘q? Men demokratiyasi umuman tushunmayman. Nima degani bu? Demokratiya deb bolasi otasiga qarshi chiqayotgani menga to‘g‘ri kelmaydi.

Ismoil Dadajonov: Mana siz tadbirkor ekansiz. Har bitta ishingizni banklarga, soliqqa pora berib bajarasiz. Bo‘lmasa bajara olmaysiz O‘zbekiston sharoitida ishlaringizni.

Said Ahmedov: Men yurtimda bo‘layotgan muammolarni ko‘raman, hammasini bilaman, lekin …

Bahs maydonini quyida tinglashingiz mumkin. Bahsga Sadriddin Ashur hakamlik qildi. Hukmni esa siz chiqaring, aziz mushtariy.

eshittirish

http://www.ozodlik.org/content/article/24252749.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: