Toshkentliklar “avatarlar” ishg‘olidan qo‘rqmoqda – ozodlik.org


Kameron fil’midagi Pandora sayyorasining odamsimon mahluqlari aslida Avatar emas, Naavi deb atalishidan mahalliychi shaharliklarning xabar yo‘qqa o‘xshaydi.

24.06.2011

Abdulla Iskandar

Qurultoyning bu sonini o‘zbek millatiga ilashgan xastalik, deya ta’rif berilgan mahalliychilik muammosiga bag‘ishladik.

Shu kunlarda Toshkentda kelgindilarni “avatarlar” deb aytish urf bo‘lgan.

Bundan oldin ular “harrip” degan maqomgagina loyiq ko‘rilgan edi.

Ayni holat samarqandliklarning ishtixonlikka yoki buxorolikning qorako‘llikka munosabatida aks etadi.

Ya’ni shaharlik nazarida qishloqdan kelgan, brend kiyim-bosh kiymagan, qo‘l-telefoni eski rusumda bo‘lgan har bir erkak yo ayol “avatar”dir.

Jeyms Kameron suratga olgan “Avatar” filmida yuzlari ko‘kimtir ro‘dapolar yuradi. Bu ro‘dapolar toshkentliklar nazarida viloyatdan kelganlarga mengzaydi.

Ayni paytda viloyatdan kelganlar toshkentliklarni “moshovaxo‘r”, deb atashadi.

Toshkent – toshkentliklar uchun, degan fikr keyingi 20 yildan beri Oqsaroy atrofida urchitiladi.

Islom Karimov iqtidorining turli davrlarida Temur Alimov, Shukrullo Mirsaidov, Alisher Azizxo‘jaev kabi yuqori amaldor toshkentliklar, Ismoil Jo‘rabekov rahnamoligidagi Samarqand klaniga qarshi kurashida bu falsafani qurol qilishga urinishdi.

Qurultoyda qatnashgan o‘zbek yozuvchisi YOqubjon Xo‘jamberdiev, Toshkent – toshkentliklar uchun, degan fikr mutlaq zararli ekanini ta’kidlab, mahalliychilikning millatni parchalaydigan og‘u ekanligini aytdi.

O‘zini asl toshkentlik deb hisoblovchi huquq himoyachisi Sur’at Ikromov ikki yarim million kishi qayddan o‘tgan shaharda etti million kishi istiqomat qilayotganinidan tashvishlandi.

– Shahar rezinkadan emas. Boshqa viloyatlarda ham ishchi o‘rinlari tashkil qilib, poytaxtga kelayotganlar oqimini to‘xtatish kerak, deydi huquq faoli.

Eshittirishda qatnashgan tahlilchi Kamoliddin Rabbimov va Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining sobiq domlasi Abdulla Abdurazzoqovlarning bu boradagi fikrlarini mana bu erda tinglay olasiz.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24245837.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: