Toshkentda viloyatlik abiturienlar hujjati qabul qilinmayotgani aytilmoqda – ozodlik.org


01.07.2011

Ozodlikka bog‘langan ayrim tinglovchilar Toshkentdagi Oliy o‘quv yurtlariga viloyatlardan kelayotgan abiturientlarning hujjatlari qabul qilinmayotganini aytmoqda.

Jumladan, Andijonda istiqomat qiluvchi fuqaro Jahongir Qosimovning aytishicha, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Nizomiy nomidagi pedagogika instituti qabul kommiyasi tomonidan viloyatlarda istiqomat qilayotgan yoshlarning hujjati qabul qilinmagan.

– Bugun Toshkentdagi ikkita oliy o‘quv yurtiga bordik. Viloyatdan kelganlarning hujjatlarini qaytarishyapti. Qabul komissiyasidagilar bu haqda Nizom hali qabul qilinmagan. Lekin yaqinda chiqadi, dedi. Bu haqda qog‘oz berishini so‘rasak, buni rad etdi, – deydi Ozodlikka bog‘langan Jahongir Qosimov.

Bunga qadar ham shu mazmunda xabarlar berilgan va bular aynan shu ikki oliy dargoh xodimlari tomonidan rad etilgan edi.

Ozodlik muxbirining bu galgi murojaatlariga hozircha javob olishning imkoni bo‘lmadi.

 

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110701/402/850.html?id=24252718

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: