Parij sudi Lola Karimovani “diktatorning qizi”, deb tan oldi – ozodlik.org


Skalbert: Sud Lola Karimovani “diktatorning qizi” deb atashimiz mumkinligi haqida hukm qildi va biz bu haqda yozishda davom etamiz.

01.07.2011

1 iyul kuni Parij Oliy sudi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaevaning Rue89 nashri ustidan bergan shikoyat arizasini qondirmadi. Sud hukmiga ko‘ra, prezidentning qizi va O‘zbekistonning YuNESKOdagi vakilini “diktatorning qizi”, O‘zbekiston prezidentini “diktator”, deb atagan frantsuz jurnalisti Ogusten Skalbert o‘z maqolalarida bildirgan fikrlar haqiqat deb tan olindi.

O‘z maqolalarida prezident Karimovni “diktator”, Lola Karimovani “diktatorning qizi” deb atagan frantsuz jurnalisti Ogusten Skalbert Ozodlikka Parij Oliy sudida Lola Karimova-Tillaeva “ustidan g‘alaba qilganini” ma’lum qildi.

– Biz yutib chiqdik. Lola Karimovaning tuxmat haqidagi da’volari Parij sudi tomonidan rad qilindi. Bu qandaydir g‘ayirodatiy hol emas, chunki frantsuz adliya tizimi matbuot erkinligini hurmat qilishi ma’lum. Shuning uchun hukm biz kutgandek bo‘ldi, dedi Ozodlikka endigina sud zalidan chiqqan Skalbert.

Parij Oliy sudi sud’yasi Joel Boyar chiqargan hukmi amalda “Lola Karimova dikatorning qizi” ekanini e’tirof etadi, deydi jurnalist.

– Men hozircha hukmning tafsilotlarini bilmayman, lekin biz yutib chiqqanimizdan men o‘z maqolalarimda yozgan gaplar haqiqatni aks ettirishini sud tan olishini anglatadi. Sud Lola Karimovani “diktatorning qizi” deb atashimiz mumkinligi haqida hukm qildi va biz bu haqda yozishda davom etamiz, deydi Rue89 Internet nashri jurnalisti Skalbert.

Parijdagi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Farntsiya sudi chiqargan hukmni olqishlab “Diktatorning qizi” frantsuz veb-nashriga tuhmatga oid sudni yutqazdi” nomli press-reliz e’lon qildi.

“Bu hukm da’vogar maqolalarda tuhmat alomatlari borligini isbotlay olmagan sudning mantiqiy natijasidir. Ayni paytda biz sudning Karimovani noo‘rin tarzda sudga shikoyat qilganlikda aybdor, deb topmaganidan taassufdamiz”, deyiladi Chegara bilmas muxbirlar bayonotida.

Lola Karimova-Tillaevaning arizasi 19 may kuni Parij Oliy sudida ko‘rib chiqila boshladi va ikki kunlik eshituvlardan keyin 1 iyulda hukm o‘qilishi aytilgan edi.

Lola Karimova-Tillaeva frantsuz zodagonlari bilan bazmi-jamshidlarni uyushtirishni xush ko‘radi.

Karimova xonim Frantsiyadagi mustaqil jurnalistlarning eng yirik va eng mashhur Internet nashri hisoblanmish Rue89 internet gazetasini tuhmat ma’lumot tarqatish orqali o‘z obro‘siga putur etkizganlikda ayblab, o‘ziga etkizilgan ma’naviy ziyonni qoplash uchun nashrdan 30 ming evro talab qilayotgan edi.

Sud’ya Boyar hukmida jurnalist Skalbert maqolalarida “tuhmat alomatlari bo‘lmagan”, deyiladi.

Endi ishni yutqazib qo‘ygan Lola Karimovaning o‘zi Rue89 nashriga sud harajatlarini qoplab berishga majbur bo‘lishi mumkin.

Shikoyat arizasiga Rue89 nashri muxbiri Ogusten Skalbertning Frantsiyada Lola Karimova o‘tkazgan xayriya kechalari haqida yozgan maqolalari asos bo‘lgan.

Bu maqolalarda frantsuz jurnalisti Lola Karimovaning G‘arb, xususan frantsuz zodagonlari, kino va san’at yulduzlari ishtirokida hashamatli ziyofatlar va xayriya kechalari uyushtirish orqali o‘z otasi – “diktator Islom Karimov” hukmronligi ostidagi O‘zbekistonning xalqaro imidjini bo‘yab ko‘rsatishga urinayotgani haqida yozgan edi.

Maqolalar muallifi Ogusten Skalbertning Ozodlik bilan suhbatda, Lola Karimova da’vosiga bunday munosabat bildirgan edi.

Sud boshlangandan beri Newsweek va CBSNews ham Karimovani “diktator” deb atadi.

– Karimovning diktator ekani aniq fakt. Qonun bo‘yicha biz buni isbotlashimiz kerak, bu esa bizga juda oson. Olti yil avval Andijonda ommaviy qirg‘in bo‘ldi, hukumat muxoliflari o‘zbek qamoqxonalariga tashlandi, qiynoqqa solindi. Shunday ekan uning diktator ekanini isbotlash qiyin emas,- degan edi Ogusten Skalbert.

Lola Karimova-Tillaeva va Rue89 nashri o‘rtasida sud tortishuvlari boshlangandan beri prezident Karimovni Amerikada chiqadigan Newsweek jurnali va CBSNews media-shirkati eng mustabid diktatorlar reytingiga qo‘shdi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24252705.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: