Parij mahkamasi Lola Karimova-Tillaeva da’vosini qondirmadi -bbc uzbek


1 iyul 2011

Parij mahkamasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillaevaning Frantsiyadagi Rue89 veb-saytiga qarshi da’vosini qondirmagan.

Rue89 muxbiri Agustin Skalbertning aytishicha, mahkamaning qarori Internet nashr advokatiga topshirilgan, unda da’vo arizasi rad etilgani ma’lum qilingan.

“Biz bu ishda g‘alaba qildik. Mahkama bizning maqolamizni to‘g‘ri va haqqoniy deb topdi”, dedi Agustin Skalbert.

Frantsiyadagi mashhur veb-sayt 2010 yil mayida Lola Karimova-Tillaeva haqida maqola e’lon qilgan, maqolada xayriya kechasida qatnashishi uchun mashhur aktrisaga pul berilgani yozilgan, Lola Karimova-Tillaeva “diktatorning qizi” deb atalgan.

Da’vo tomoniga ko‘ra, Rue89 Internet sahifasining maqolasida bo‘hton va haqoratli axborot tarqatilgan.

Lola Karimova-Tillaeva mashhur aktrisaga pul berganini rad etgan va “diktatorning qizi” iborasini haqoratli deb topgan.

Mahkama ishi shu yilning 19 mayida Parijdagi Adolat mahkamasida bo‘lib o‘tdi.

Himoya tomoni bu mahkama jarayonida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning diktatorligini isbotlashga harakat qilishini aytgan, bu maqsadda mahkamaga guvohlik berishi uchun o‘zbekistonlik ikki taniqli inson huquqlari himoyachisini chaqirgan.

Mahkamada “O‘tyuraklar klubi” tashkiloti rahbari Mo’tabar Tojiboeva, “Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi rahbari Nadejda Otaeva qatnashganlar.

Mo’tabar Tojiboeva o‘zining O‘zbekiston qamoqxonasida qiynoqqa tutilgani haqida, Nadejda Otaeva O‘zbekiston prezidentining qizlari faoliyati haqida hakamlar hay’atiga ko‘rsatma berganlarini ma’lum qilganlar.

Frantsuz jurnalisti Anael Verzo xayriya kechasidagi ishtiroki uchun mashhur aktrisaga yirik miqdorda pul to‘langanini isbotlovchi dalilni mahkamaga taqdim etgan.

Mahkama qarori Lola Karimova-Tillaeva diktatorning qizi, degan ma’noni anglatadimi, degan savolga Agustin Skalbert, ha, deya javob beradi.

“Mahkama biz tomondan taqdim etilgan guvohliklarni qabul qilib, Karimov rejimi ostidagi O‘zbekiston haqiqiy diktatorlik, degan qarorga keldi. Shunday ekan, mahkama qaroriga muvofiq, biz Lola Karimova-Tillaeva diktatorning qizi, deb yozishimiz mumkin”, dedi Agustin Skalbert.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/07/110701_cy_rue89_karimova.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: