O‘zbekistonda mahalliychilik: ijtimoiy illatmi yoki siyosiy qudrat vositasi? – bbc uzbek


30 iyun 2011

O‘zbekiston televideniesining to‘rt kundan buyon ochlik qilayotgan sobik jurnalistlari Malohat Eshonqulova hamda Saodat Amonovalar davlat televideniesidagi mahalliychilikdan shikoyat qilib kelishadi.

Ularga ko‘ra, mahalliychilik televidenieda tsenzuraning kuchayishi va korruptsiyaning avj olishiga olib kelgan.

Televidenie rahbariyati ushbu da’volarni rad etadi, ammo Bi-bi-si suhbatlashgan boshqa jurnalistlar ham so‘nggi paytlarda mahalliychilik va tanish-bilishchilik jurnalistlarning faoliyatiga jiddiy to‘siq bo‘layotganini e’tirof etadilar.

Karimov hokimiyat boshqaruvida klanlardan ustalik bilan foydalanadi

Kamoliddin Rabbimov

Tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning fikricha, O‘zbekiston sharoitida mahalliychilik haqida ochiq gapirish siyosiy risklarni kuchaytiradigan omil hisoblanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliychilik katta ta’sirga ega, ammo davlat boshqaruvida ishtirok etadigan klanlar mahalliy yoki mintaqaviy mansubliliga qarab emas, balki ko‘proq manfaatlar asosida birlashgan.

“Bu klanlarni to‘liq mahalliy deb bo‘lmaydi, chunki ularda har-xil mintaqalardan insonlar ishtirok etishadi. Ularning maqsadi zahiralarni bo‘lishda ishtirok etish”, deydi Kamoliddin Rabbimov.

Uning aytishicha, bu klanlar Prezident atrofidagi qudratli shaxslar tomonidan boshqarilsa-da, ularning Prezidentga ta’siri cheklangan.

“Karimov klanlarni boshqaradi va o‘zi klanlarga qo‘shilmaydi. Uning o‘zi garchi samarqandlik bo‘lsa-da, bironta klanni boshqasiga almashtirib yubormaydi. Karimov “bo‘l va boshqar” degan tamoyil asosida bu klanlar o‘rtasida muvozanat saqlab turadi. U hokimiyat boshqaruvida klanlardan ustalik bilan foydalanadi”,- deydi Kamoliddin Rabbimov.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110630_cy_uzbek_clans2.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: