Archive for July, 2011

31/07/2011

Shinjonda yuz bergan zo‘ravonliklarda kamida 15 kishi o‘ldirilgan – bbc uzbek

31 iyul 2011

Shinjon

Xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, ikki yil oldin Urumchida yuz bergan zo‘ravonliklardan beri Xitoy uyg‘urlarni ta’qib qilishni kuchaytirgan

Xitoy matbuotiga ko‘ra, Shinjon mintaqasida ikki hafta asnosida kuzatilgan ikkinchi zo‘ravonlikda 15 inson hayotdan ko‘z yumgan.

read more »

28/07/2011

DAVR o‘z kuchini ko‘rsatadi – uzxalqharakati.com

Jul 27th, 2011

Islomiddin Dolimov

O‘zbekiston 1990-91 yillari  sobiq sovet hukumatidan ajralib (to‘g‘rirog‘i, qayta qurish deb SSSR o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urganida), ilk bor mustaqillik e’lon qildi.  Bu ‑ O‘zbek millati uchun hali qorong‘u bo‘lgan bir manzara edi. Qafasdan qutilgan qush uchishni bilmagani kabi, millat aniq yo‘lini belgilay olmagan bir davrda Karimov ushbu qafasdan chiqdi‑da, qolganlarga uning ichini afzal ko‘rsatdi.  Mana yigirma yildirki, o‘ttiz million O‘zbekiston xalqini shu qafasning ichida saqlab kelmokda. Karimov siyosatiga rozi bo‘lmaganlarni esa qamamoqda saqlash hamda mamlakatdan quvib chiqarish siyosatini qo‘llamoqda.  Yigirma yil oz muddat emas, ba’zida inson bir kunning ichida ulkan ishlarni amalga oshira oladi.

read more »

28/07/2011

Toshkent AQSh sarmoyadorlarini mamlakatga taklif qildi – ozodlik.org

Toshkent rasmiylariga ko‘ra, mamlakat iqtisodi yildan-yilga rivojlanmoqda.

28.07.2011

27 iyul kuni Energetik forum doirasida AQSh poytaxtida O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoya potentsialiga oid prezentatsiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Jahon” agentligi.

Mazkur yig‘inda AQSh dagi shirkatlar, shuningdek Davlat departamenti va AQSh Energetika vazirligi namoyandalari ishtirok etgan.

read more »

28/07/2011

MXX: O‘IH safida kamida 1000 nafar bola bor – ozodlik.org

O‘IH janggarilari.

28.07.2011

Milliy xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston islomiy harakati o‘z safiga bolalarni tortishni kuchaytirmoqda.

“Hozirda O‘zbekiston islomiy harakati (O‘IH) ning qurolli guruhlari safida 1000 nafardan kam bo‘lmagan bola yollangan”.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi homiyligi ostida faoliyat yurg‘izayotgan Central Asia Online axborot saytida chop etilgan maqolada O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) ning islomiy guruhlar bo‘yicha tahlilchisi Navbahor Rasulovaning ana shu bayonoti keltirilgan.

MXX ekspertining aytishicha, O‘IH bolalarni ham O‘zbekiston ichkarisi, ham uning tashqarisi, asosan Afg‘oniston va Pokiston hududlarida o‘z saflariga yollab kelmoqda.

read more »

28/07/2011

Chiqish vizasini olish cheklovi qonuniylashtirildi – ozozdlik.org

28.07.2011

Basira

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi mamlakat fuqarolarining chiqish vizasini olish tartibiga o‘zgartish kiritdi.

Shu yilning 7 iyulida Vazirlar mahkamasi tomonidan chiqarilgan 200-sonli qarorga muvofiq, endilikda chet elga chiqish huquqi sakkizta band asosida cheklanishi mumkin.

Deylik, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligida fuqaro xorijda yurgan paytida o‘sha davlat qonunini buzganligi haqida tegishli idoralar ma’lumoti bo‘lsa, ularga chiqish vizasi berilmaydi. Yoki chet elga chiqishi “maqsadga muvofiq bo‘lmagan” fuqarolar ham bu vizani ololmaydi.

read more »

28/07/2011

Rus çarlarının başındaki şehadetler – e-tarix.uz

İran Büyükelçisi Said Gulamraz Meyğunî bize Astrahan şehrindeki Askerî  Müzede sergilenen Çar İvan Grozni’nin başlığındaki yazıyı okudu.  Diplomatın vurguladığına göre bu muhteşem başlığın kenarlarına nadir Arap lehçelerinden birinde “Allah Muhammed” diye yazılmış. Bu iki söz herkesin bildiği gibi “Allah birdir ve Muhammed O’nun kulu ve resulüdür.” kelime-i şehadetinin kısaltılmış hali olabilir.

read more »

27/07/2011

Mushuk va it vatan tanlaganida… – ozodlik.org

cat in Istanbul

25.07.2011

Basira

Mushukvoy va it vatan tanlaganida Istanbulda tug‘ilishni orzu qilgan bo‘lar edi.

Istanbulni eslasam ko‘chada yurgan mushuk va itlar ko‘z oldimga keladi. Har kim o‘zicha qaysidir shaharni, davlatni eslab qoladi. Meni hayratlantirgani aynan ko‘chadagi hayvonlarga istanbulliklarning mehribonligi edi.

Sayyohlar bilan gavjum Istanbul ahli mushuk va itlarni ko‘chada ko‘rsa urmaydi, o‘ldirmaydi, qamab ham qo‘ymaydi. Ular Istanbul fuqarolaridek erkin, xotirjam.

Istanbul mushuklarining suratlarini sizning e’tiboringizga havola etaman:

read more »

27/07/2011

Tojikistonda qiynoq uchun jazo joriy qilinadi – ozodlik.org

Tojikistonlik Safarali Sangov shu yil mart oyida qiynoq natijasida nobud bo‘lgandi.

27.07.2011

Gulnora Ravshan

Tojikiston Jinoyat kodeksiga qiynoq uchun jazolashni ko‘zda tutgan maxsus band kiritiladi.

Tojikiston Bosh prokuraturasi mas’ullaridan biri Marizo Xalifaevning ishonishicha, qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar Tojikiston qonunlarini xalqaro me’yorlar talabiga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.

– Shu maqsadda Tojikiston Jinoyat kodeksidagi bir necha band  o‘zgartirilib, yana bitta alohida band, ya’ni “Qiynoq” bandi  qo‘shimcha qilindi. Tabiiyki, bu tergov jarayonida vujudga kelayotgan anglashilmovchiliklarni bartaraf qiladi, – deydi Marizo Xalifaev.

read more »

27/07/2011

BOYSUNDA IQTISODIY TANAZZUL HUKM SURMOQDAMI? – ERK

Surxondaryo viloyatining Boysun tumani 1926 yilning 26 oktyabr kuni tashkil topgan. Tuman statistikasining ma’lumotiga ko‘ra, aholi soni 95853 kishiga etgan, shundan 40 ming kishi 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lganlar. Tumanda o‘zbek, tojik, turk, rus va ukrain millatiga mansub insonlar yashaydi.

Boysun tumani iqtisodiy jihatdan viloyatda 14 o‘rinni egallaydi. Asosan: paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, pillachilikka moslashtirilgan region hisoblanadi. Dehqonchilik qilinadigan erlarning 85 % lalmi va 15% suvg‘oriladigan erlardan tashkil topgan.

read more »

27/07/2011

Rus shoxlarining boshidagi shahodatlar – e-tarix.uz

Eron bosh konsuli Said G‘ulomrez Mayg‘uniy Ashtarxon (Astraxan) shahridagi jangovar shon-sharaf muzeyiga qo‘yilgan podshoh Ivan Groznıyning dubulg‘asiga yozilgan bitikni o‘qib berdi. Diplomatning ta’kidlashicha, shohona dubulg‘aning tasmasiga kamyob arab lahjalarining birida “Alloh Muhammad”, deb yozilgan. Bu ikki so‘z hammaga ma’lum “Alloh yagona va Muhammad Uning quli” shahodat kalimasining qisqartirilgani bo‘lishi mumkin.

Ashtarxon shahri Ivan IV-ning qattiqqo‘l siyosati ortidan Rossiya davlatining tarkibiga 450 yil oldin qo‘shilgan edi. Mazkur olamshumul tarixiy ashyo Rossiyaga aynan shu sanaga bag‘ishlangan marosim uchun Stokgolm qurol-aslaha palatasidan maxsus keltirilgan edi. Oldinroq dubulg‘a Moskva Kremlining qurol-aslaha palatasida ko‘rgazmaga qo‘yilar edi.

read more »