Rayhonning ishi Oliy sudda – ozodlik.org


Rayhon Soatovani zo‘rlaganlikda gumonlangan 12 militsiya xodimi mahkamaga tortilgan, lekin jazosiz qolgan edi.

29.06.2011

Mehribon

Tergov paytida militsiya xodimlari tomonidan zo‘rlanganini da’vo qilgan Rayhon Soatova ishi O‘zbekiston Oliy sudida ko‘rilayapti. R. Soatovaning yaqinlari agar Oliy sud qarori qoniqarli bo‘lmasa, BMTning inson huquqlari qo‘mitasiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Rayhon Soatovaning akasi Abdusamad Soatovga ko‘ra, singlisining ishi bo‘yicha O‘zbekiston Oliy sudiga 13 iyun kuni murojaat qilishgan.

– Advokat yolladik. O‘sha advokat orqali to‘plangan ma’lumotlarning hammasini to‘plab Oliy sudga yozma ravishda ariza yozib tashlangan advokat tarafidan. Biz tergovni va sudni qaytadan ko‘rib chiqishni va bu ish yuzasidan batafsil tergov olib borib, singlim oqlanishida va ozodlikka chiqishida yordam so‘raganmiz. Sud va tergov jarayonida noqonuniylik yuz berganligi, adolatsizlik yuz berganligini e’tirof etganmiz. U narsalar amalga oshmasa, BMTning qiynoqlar bo‘yicha vakiliga yozma ravishda murojaat qilish niyatimiz bor,- deydi Abdusamad Soatov.

Uch opa-singil Nargiza, Rayhon va Xosiyat Soatovalar 2009 yilning 9 mayida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olingan. Opa-singillar avvaliga maishiy janjal tufayli bezorilikda ayblangan, ko‘p o‘tmay esa bosqinchiga chiqarilgan va mahkamaga tortilgan edi.

Tergov payti militsiya xodimlari tomonidan zo‘rlanganini da’vo qilgan uch opa-singilning o‘rtanchasi Rayhon Soatova Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar bo‘limida 12 kishi unga jinsiy tajovuz qilganini aytgan edi.

Avval xabar qilganimizdek, Rayhon 2009 yilning 17 dekabr kuni muddatidan avval 29 haftalik bola tuqqan edi.

Hisob-kitob qilinsa, Rayhonning hibsga olinganidan keyin homilador bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.

Abdusamad Soatovga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy sudiga yozilgan arizaga singlisining tergov davomida militsiya xodimlari tomonidan zo‘rlangani to‘g‘risidagi da’vosi ham kiritilgan.

Rayhon Soatovani Oliy sudda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining advokati himoya qilayapti.

“Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, ular Rayhon Soatova ishi bo‘yicha vaziyatni o‘z nazoratiga olgan va yaqin orada bu ish bo‘yicha BMTning inson huquqlari qo‘mitasiga murojaat qilishni rejalashtirishmoqda.

– 2009 yil may oyida Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bo‘limida zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan Rayhon Soatova masalasi bo‘yicha hozirda bizning advokatimiz ishlayapti. Hozir ish Oliy sud darajasida ko‘rilayapti. Oliy sudning so‘nggi qarori olingandan keyin bu ish BMTning qiynoqlar masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisiga etkaziladi. Bundan tashqari BMTning inson huquqlari komitetiga ham bu xususda shikoyat arizasi topshirmoqchimiz,- deydi Abdurahmon Tashanov.

Hozirda Rayhon Soatova himoyasiga “Ezgulik” jamiyati bilan birgalikda Berlindagi “O‘zbekiston-Germaniya forumi” ham chiqqan.

Forum rahbari Umida Niyozovaga ko‘ra, O‘zbekistonda adolatga erishish qiyinligi bois BMTning inson huquqlari qo‘mitasiga murojaat qilish orqali haqiqat qaror topishidan umid qilinmoqda.

– Biz Rayhon Soatova ishini BMT inson huquqlari komitetiga topshirmoqchimiz. BMT komiteti bunaqa arizalarni uzoq muddatda ko‘rib chiqsa ham lekin davlat organlari komitet savollariga rasmiy tarzda javob berishi shart. Umuman Rayhon Soatovaning ishi O‘zbekistondagi qiynoqlar bilan bog‘liq sistemani yaqqol ko‘rsatib beradi. Rayhon Soatovaning ishi na siyosiy, na diniy. Bu oddiy oilaviy mojaro. Lekin bunga qaramasdan davlat mashinasi bu qiz va uning opalarini xuddi eng vahshiy qotillarga beradigan jazo tayinladi. Rayhon Soatova zo‘rlandi, qamoqda farzandli bo‘ldi. Bunga qaramasdan qamoqdagi muddati bir kunga ham kamaytirilmadi. Men o‘ylaymanki, bu ish juda ham muhim va BMT komitetida ko‘rilishi shart,- deydi Umida Niyozova.

Rayhonning tergov jarayonida zo‘rlangani borasidagi da’vo bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman IIBning 12 xodimi tergovga tortilgan, lekin ularining birortasi ham javobgarlikka tortilmagani ma’lum.

Rayhon Soatova zo‘rlangani haqidagi da’volardan keyin BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi, professor Manfred Novak O‘zbekiston qamoqxona va hibsxonalarida jinsiy zo‘rlashlarga doir iddaolarni tekshirishga chaqirgan edi.

Eslatamiz, sud hukmiga ko‘ra Rayhon Soatova 7 yilu 2 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Uning opasi Nargiza ham Zangiota tuman ayollar koloniyasida 7 yilu 6 oylik jazo muddatini o‘tayapti. Singlisi Xosiyat esa 6 yilu 2 oylik shartli jazoga hukm qilingan.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24250239.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: