Turkiya parlamentining ilk majlisi janjal bilan boshlandi – ozodlik.org


29.06.2011

Turkiya parlamentining ilk yig‘ilishi muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasining 135 deputati va 8 nafar kurd deputati tarafidan boykot qilindi.

Boykotga sabab, hibsda bo‘lishiga qaramasdan, deputat qilib saylangan 3 kishining qamoqdan ozod qilinmagani bo‘ldi.

Turkiya qonunlariga ko‘ra, hibsga olingan bo‘lsa ham, hali sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilmaganlarni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatish mumkin.

Ular deputat bo‘lgan taqdirda Oliy sud tarafidan ozod qilinishlari lozim bo‘ladi.

Kurdparast partiya raisdoshi Gultan Kishanak maslakdoshlari ozod qilinmagunicha boykot davom etaverishini aytdi:

– Demokratiya va xalqning siyosiy irodasiga qarshi mudoxalaga chiday olmaymiz. To bu muammo o‘z echimini topmagunga qadar, norozilik tadbirini davom ettiraveramiz,¸- dedi Gultan Kishanak.

143 deputat tarafidan Turkiya parlamentining boykot qilinishi mamlakat tarixida ilk marotaba kuzatildi.

Bunga javoban so‘zlagan Bosh vazir Erdo‘g‘on muxolif guruhlarni mamlakatda parlament inqirozini yuzaga keltirishga urinishda aybladi.

Turkiya  Bosh vaziri Rejab Toyyib Erdo‘g‘onga oid Adolat va taraqqiyot partiyasi  muammoga echim izlashni chorshanbaga qoldirdi.

Seshanba kuni faqat bir partiya va bir necha mustaqil deputatlar ishtirokida qasamyod qabul qilindi.

Bosh vazir Rajab Erdo‘g‘on ham qasamyod etgan marosimda prezident Abdulloh Gul ishtirok etdi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24249682.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: