Qirg‘iz rasmiylari saylovlar bo‘yicha kelisha olmayaptilar – ozodlik.org


Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Aqilbek Sariev mamlakatda MSKning yangi

29.06.2011

Elmurod

Qirg‘izistonda parlament va prezident o‘rtasida Markaziy saylov komissiyasi yuzasidan kelishmovchilik yuzaga keldi.

Parlament va prezident o‘rtasidagi qarama-qarshilik “Markaziy saylov komissiyasi” va “Saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga prezident veto qo‘ygach, paydo bo‘ldi.

Prezident vetosi tufayli mazkur qonunlarni qabul qilish ikki oy ortga surilib ketdi, natijada shu kungacha Markaziy saylov komissiyasining to‘la tarkibi va prezidentlik saylovi kuni aniqlangani yo‘q.

Parlament deputatlari noyabr oyida o‘tishi lozim bo‘lgan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayoni ortga surilmasligi uchun mazkur qonunlar qabul qilinmay turiboq, Markaziy saylov komissiyasining 12 a’zosidan 8 nafarini tayinladilar.

Qirg‘izistondagi joriy qonunchilikka muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining 4 nafari parlamentdagi hukmron koalitsiya, 4 nafari muxolifat va 4 nafari prezident tomonidan tayinlanadi.

Mamlakat saylov tizimiga oid ikki qonun qabul qilinmasidan turib parlament deputatlari Markaziy saylov komissiyasiga a’zo saylaganlari uchun prezident O‘tunbaeva mazkur tayinlovni noqonuniy, deb topdi. Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasining eski tarkibi faoliyat yuritmoqda.

– Hozir eski tarkibdagi komissiya ishlayapti. Qonunchilikka binoan, yangi tarkib aniqlanmagunicha, biz o‘z faoliyatimizni davom ettiraveramiz, – dedi Markaziy saylov komissiyasi rahbari Aqilbek Sariev.

Parlament deputatlari esa eski tarkibdagi Markaziy saylov komissiyasining yangi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik jarayoniga rahbarlik qilishi noqonuniy bo‘lishini iddao qilmoqdalar.

Ayni paytda parlament prezident vetosi qo‘yilgan “Saylovlar to‘g‘risida”gi qonunni yangitdan muhokama qilishni boshladi. Bu qonun parlament tomonidan 30 iyungacha qabul qilinishi kerak. Chunki 1 iyuldan boshlab parlament ta’tilga chiqadi va shu kungacha prezidentlik saylovi kunini aniqlab berishi kerak.

Agar parlament ko‘pchilik ovoz bilan mazkur qonundan prezident vetosini olib tashlash to‘g‘risida qaror chiqarsa, unda “Saylovlar to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi va deputatlar prezidentlik saylovining qaysi kuni o‘tkazilishini aniqlaydilar. Agar prezident vetosini olib tashlash uchun ovozlar  etmay qolsa, unda prezidentlik saylovini aniqlash kuzga qoldiriladi. Bu holatda esa prezidentlik saylovi 2012 yilga qoldirilishi mumkin.

Ammo prezidentning parlamentdagi vakili Azimbek Beknazarov deputatlar saylov kunini kuzda aniqlasalar ham, prezidentlik saylovini 2011 yilda o‘tkazish imkoniyati saqlanib qolinishini, eng muhimi, saylov bilan bog‘liq barcha jarayonlar qonun asosida hal etilishi lozimligini bildirdi.

Bundan avvalroq Qirg‘iziston hukumati parlamentga prezidentlik saylovlarini 20 noyabrda o‘tkazishni taklif qilgan edi. Ammo qonunlar qabul qilinishining kechiktirilishi oqibatida, parlament prezidentlik saylovini taxminan 30 noyabrga o‘tkazilishini rejalamoqda. Ammo bu reja “Saylovlar to‘g‘risida”gi qonun 30 iyungacha qabul qilingan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24249920.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: