Jahon Banki Qirg’izistonga yordamni oshirmoqda – voa uzbek


28 iyun, 2011

Amerika Ovozi

Foto AP

Jahon Banki (World Bank) Qirg’iziston janubida O’sh-Botken-Isfana yo’nalishidagi magistral loyihasi uchun 8,8 million dollar miqdorida kredit va 7,2 million dollar grant ajratgan.

16 million dollarlik yordam, deya bildiradi tashkilot, yo’llarni ta’mirlash, yangi ish o’rinlari yaratish va hudud aholisi uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishni ko’zlaydi.

Qirg’iziston Transport va aloqa vaziri Erkin Isakovning aytishicha, bu magistralni bitirish mamlakat hayoti uchun katta ahamiyatga ega. “U janubni respublikaning qolgan qismlari bilan bog’laydi”,- deydi u.

Jahon Banki, shuningdek, Qirg’izistonda suv xo’jaligini yaxshilash, irrigatsiya tizimini yangilash maqsadida 15 million dollarlik yordam ko’rsatishini ma’lum qildi. 8,3 millioni quyi foizli kredit, 6,7 millioni esa grant.

 

 

 

AP

O’sh dalalarida

Tashkilot Qirg’izistonga bu sohaga avval ham katta mablag’ ajratgan.

Bunisi 34 ming fermerga bevosita madad, deyiladi Jahon Banki bayonotida.

Qirg’iziston aholisining yarmidan ko’pi qishloq xo’jaligida tirikchilik qiladi va ko’plab jabhalar qatorida suv ta’minot tizimlari ham ta’mirga muhtoj.

 

http://www.voanews.com/uzbek/news/Kyrgyzstan-World-Bank-124677734.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: