“Dindor va siyosiy mahbuslarni ozod qiling” – ozodlik.org


Gulistonlik Bobur prezident Karimovni “Borsa kelmas” nomi bilan mashhur Jasliq qamoqxonasini ham yopishga da’vat qiladi.

29.06.2011

Hasanjon

Sirdaryolik Bobur O‘zbekiston prezidentiga ana shunday murojaat bilan chiqdi.

“Mahbuslarni ozod qilib, Jasliqni yoping”

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridan qo‘ng‘iroq qilgan Bobur mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan prezident Islom Karimovga murojaat qilib, siyosiy va diniy ayblovlar bilan mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi.

– Hurmatli prezident, biz mustaqillikning 20 yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Shu munosabat bilan sizga murojaat qilmoqchiman. Hammamiz yaxshi bilamizki, bugun O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘nlab, balki yuzlab siyosiy mahbuslar, diniy e’tiqod bilan qamalgan o‘n minglab o‘zbekistonlik insonlar o‘tirishibdi. Bularning ichida Murod Jo‘raev, Samandar Qo‘qonov, Dilmurod Sayyid, Solijon Abdurahmonov, Xayrulla Hamidov va boshqalar. Men sizdan iltimos qilamanki, mana shu 20 yillik arafasida mana shu insonlarni qamoqdan chiqarsangiz. Bu bayramga juda katta tuhfa bo‘lgan bo‘lar edi. Sababi – bu insonlarning birortasining na aybi bor, na gunohi bor. Ular faqat sizning siyosiy boshqaruv tizimingizga, siyosiy sistemangizga qarshi chiqqanliklari uchun 10-15 yillab qamoqda o‘tirgan insonlar bor. Shuning uchun aybsiz o‘tirgan bu odamlarni ozod qilsangiz, xalqaro maydonda, xalqaro dunyoda sizning imijingiz oshgan bo‘lardi. Bundan tashqari, Jasliq qamoqxonasini 2002 yilda BMTning Qiynoqlar bo‘yicha komissari Teo van Boven yopishni maslahat bergan edi. Bu qamoqxonani O‘zbekistonda ushlab turish sizning avtoritetingizga xalqaro maydonda juda katta salbiy ko‘rsatkich berayapti. Agar mana shu aytilgan ishlarni qilsangiz, o‘ylaymanki, kelajakda avtoritetingiz oshishiga olib keladi. Salomat bo‘ling, – deydi gulistonlik Bobur.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24249230.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: