” Xalq uyushayapti – albatta natija beradi!” – ozodlik.org


O‘zbekistonda korruptsion tuzumga qarshi qanday kurashish mumkin?

Barno Anvar

“Erkin mikrofon”ga Rossiyadan qo‘ng‘iroq qilgan farg‘onalik Ahmadjon aka Ozodlik eshittirishlaridan birida fikr bildirgan namanganlik Nabijon akaning poraxo‘rlikka qarshi kurashib to‘plagan tajribasiga o‘z munosabatini bildirdi.

– Akaxonga nima demoqchimanki, Karimov rejimi qanaqa natija bergani hammaga ayon bo‘ldi. Iqtisod, madaniyat, umuman hamma sohada.

Ozodlik: Qanaqa natija berdi?

– Salbiy natija berdi-da. Men akamga nima demoqchimanki, Nabijon aka poraxo‘rlik bilan kurash olib bormoqdalar ekan. Umuman chirigan sistema bilan kurashib bo‘lmaydi. Har bitta individual nima bilan emas demoqchiman-da. Sistemaning o‘zi bilan kurashish afzal, natija beradi, degan fikrni surmoqchi edim-da.

Ozodlik: Ya’ni alohida shaxslarning poraxo‘rligi bilan emas, sistema bilan kurashish kerak demoqchimisiz?

– Bittasi, ikkitasi, xo‘jako‘rsinga unisini qamashi mumkin, sudyani qamashi mumkin adliya sohasida yoki amaldorlar, bu bilan natija bermaydi, demoqchiman. Butun bir sistema bilan kurashishimiz kerak-da.

Ozodlik: Sistema bilan qanday kurashishi mumkin yakka individual shaxslar?

– Kurashish o‘sha bitta tizimda bo‘lish. Bitta yoqadan bosh chiqarish.

Ozodlik: Unda nimani afzal ko‘rasiz siz? Nimani taklif qilasiz?

– Taklif hozir butun dunyoda shov-shuv bo‘layotgan harakat O‘zbekiston xalq harakatiga jamoa bo‘lish kerak.

Ozodlik: Natija beradi, deb o‘ylaysizmi?

– Natija beradi. Xalq uyushayapti, muxolifat birlashdi, hamma joydan aks-sadolar kelayapti. Albatta natijasini beradi demoqchiman, – deydi farg‘onalik suhbatdosh Ahmadjon aka.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24243319.html

http://uzbekistanerk.com/uzb/?p=2451

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: