Prezident Karimov internetni cheklamaslikka va’da berdi – bbc uzbek


27 iyun 2011

Islom Karimov

Islom Karimov, xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, erkin matbuotning ashaddiy dushmanlaridan biri hisoblanadi.

Jurnalistlarga tabrigida axborot olamida “devor o‘rnatmoqchi” emasliklarini aytgan Prezident Karimov ayni paytda internetning zararli ta’sirlari haqida ogohlantirgan.

Prezident shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlarining maoshlari oshirilishi va matbuot tuzilmalariga soliq imtiyozlari berilishini ma’lum qilgan.

Janob Karimovning ta’kidlashicha, bu matbuot mustaqilligini amalda ta’minlashga yordam beradi.

Prezident matbuotdagi o‘z-o‘zini tsenzura qilish xollarini ham tanqid qilgan.

“Bugungi kunda axborot olamida internet davri kelgani, internet-televidenie, intrenet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo‘q,” – deb aytgan Prezident Karimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “axborot olamida qandaydir devor o‘rnatish, o‘z qobig‘iga o‘ralib, mahdudlikka yuz tutish yo‘li aslo ma’qul emas.”

Shu bilan birga “yon-atrofda, uzoq mintaqlarda yuz berayotgan voqealar”ni xotirlatgan janob Karimovga ko‘ra, internetning zararli ta’sirlariga qarshi turishning eng yaxshi yo‘li “yoshlarni mustaqil, oq bilan qorani ajratadigan qilib tarbiyalashdir”.

“Suyanch va tayanch”

Prezident Karimov jurnalistlarni o‘zining “suyanchi va tayanchi” deb atagan.

Xalqaro matbuot tashkilotlari O‘zbekistonni matbuot erkinligining ahvoli “eng yomon” bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritishadi.

Prezident Islom Karimov Parijdagi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining 2011 yildagi 38 nafar “Internet dushmanlari” ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Tashkilot 10 ga yaqin jurnalistlarning O‘zbekiston qamoqxonalarida qolayotganini aytgan.

Jurnalistlarning kasb bayrami nishonlanayotgan bir kunda Toshkentdagi mahkama Prezident devoni o‘ngida norozilik namoyishi o‘tkazishga uringan ikki jurnalistni katta miqdordagi jarimaga mahkum etgan.

Malohat Eshonqulova hamda Saodat Amonovalar Prezidentga murojaat qilib, davlat televideniesidagi tsenzura, mahalliychilik va korruptsiyaga e’tibor qaratishni so‘rashgan.

Dushanba kuni ular oxirgi chora sifatida ochlik e’lon qilganliklarini bildirishgan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110627_cy_uzbek_karimov.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: