‘O‘zbekistonda internetga ‘devor’ qo‘yish davom etaveradi’ – bbc uzbek


28 iyun 2011

Qudrat Bobojon

Qudrat Bobojon Uznews.net Internet nashri o‘zbek sahifasining muharriri

Jurnalistlarga tabrigida axborot olamida “devor o‘rnatmoqchi” emasliklarini aytgan Prezident Karimov ayni paytda internetning zararli ta’sirlari haqida ogohlantirgan.

Prezident shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlarining maoshlari oshirilishi va matbuot tuzilmalariga soliq imtiyozlari berilishini ma’lum qilgan.

Janob Karimovning ta’kidlashicha, bu matbuot mustaqilligini amalda ta’minlashga yordam beradi.

Prezident matbuotdagi o‘z-o‘zini tsenzura qilish xollarini ham tanqid qilgan.

“Bugungi kunda axborot olamida internet davri kelgani, internet-televidenie, intrenet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi kengayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo‘q,” – deb aytgan Prezident Karimov.

Lekin, amalda O‘zbekistonda ta’qiqlangan Internet sahifalari talaygina.

Ana shunday O‘zbekistonda taqiqlangan internet sahifalaridan biri muharriri va mustaqil jurnalist Qudrat Bobojonga ko‘ra, bunday gaplarga qaramay, internetga to‘siqlar o‘rnatish davom etaveradi.

“Bu mavjud tuzumning ikkiyuzlamachiligini anglatadi. Ya’ni, bir narsa aytiladi odatda, O‘zbekiston demokratik davlat deyishi mumkin. “Devor”lar qo‘yilmayapti, “devorlar qo‘yish ma’nisizlik”, deyiladi-yu, bu narsa davom etadi”, deydi u.

Xalqaro matbuot tashkilotlari O‘zbekistonni matbuot erkinligining ahvoli “eng yomon” bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritishadi.

Prezident Islom Karimov Parijdagi “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining 2011 yildagi 38 nafar “Internet dushmanlari” ro‘yxatidan o‘rin olgan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/06/110628_cy_press_freedom.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: