BMT Taraqqiyot Dasturi: Markaziy Osiyoga qurg‘oqchilik qaytmoqda – bbc uzbek


28 iyun 2011   

Chorvoq suv ombori

Chorvoqda ham suv sathi keskin tushib ketgan…

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Markaziy Osiyoga qurg‘oqchilik yana qaytayotganidan ogohlantirgan.

“Markaziy Osiyodagi eng yirik suv omborlari sathi bo‘yicha so‘nggi ko‘rsatkichlar yuzasidan o‘tkazgan tahlillarimiz qurg‘oqchilik mintaqaga yana qaytayotganiga ishora qiladi,” deyiladi BMT Taraqqiyot Dasturi veb sahifasida chop etilgan tahliliy maqolada.

BMT Taraqqiyot Dasturiga ko‘ra, Orol Dengizi havzasida joylashgan mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan yuz berib turadi.

Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik oxirgi marta 2008-2009 yillarda kuzatilgan.

“Oxirgi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2011 yil may oyidan boshlab O‘zbekistonning Chorvoq va Tuyamo‘yin va Tojikistonning Qayroqqum suv omborlarida suv sathi mavsumiy ko‘rsatkichdan ancha past bo‘lgan,” – deydi BMT Taraqqiyot Dasturi. – “…Qurg‘oqchilik shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy mintaqalarini Afg‘oniston bilan bog‘lab turuvchi Amudaryo bo‘ylab ham kuzatilmoqda.”

Bu, BMT Taraqqiyot Dasturinining ogohlantirishicha, nafaqat O‘zbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasi sholi va paxta dalalariga, balki Turkmanistonning Dashovuz viloyati va Orol dengizi bo‘yidagi mintaqalar uchun yomon xabardir.

“Qayroqqum suv ombori sathining pasayib ketishi ham (Tojikistonning ikkinchi yirik shahri) Xo‘jand atrofidagi paxta dalalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi,” – deyiladi BMT tahliliy maqolasida.

BMT Taraqqiyot Dasturiga ko‘ra, qurg‘oqchilik tufayli Qirg‘iziston va Tojikistonda oziq-ovqatlar narxi 20 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan; narx-navoning ko‘tarilishi O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham xavotirlarni kuchaytirgan.

“Yaxshiyamki, Markaziy Osiyodagi eng yirik – Qirg‘izistonning Toktog‘ul suv omborida suv sathi me’yoridan ancha baland. Toxtog‘uldan shu yil yoz mavsumida suvning qo‘yib yuborilishi Qayroqum va Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan boshqa suv omborlarida suv sathini ko‘tarilishiga yordam berishi mumkin,” – deydi BMT Taraqqiyot Dasturi.

Ammo, Markaziy Osiyoda bu yil yoz uzun va quruq bo‘lishi mumkin, deya ogohlantiradi xalqaro tashkilot.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/06/110628_cy_undp_ca_drought.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: