AAT vakillari Kanadani Ottava shahrida parlament a’zosi va nohukumat tashkilot vakillari bilan uchrashdi – AAT


Dushanba, Iyul’ 27, 2011

AAT vakili Mahmud Otaquziev va O‘XH ishchi guruhi a’zosi Ahror Mamadiev Ottava shahrida hukumat vakilini va bir necha nohukumat tashkilotlarini O‘zbekistonda bo‘layotgan  zulm‑zo‘ravonliklardan ogoh etdi.  Asosan, Hukumat vakilidan Parlament a’zosi Liberal partiya lideri Regan Jeof va “Kanada Inson huquqlari himoya qilish komissiyasi”,” Amnistiya interneshnl”,” Hyuman Rayts Votch” va “Xalqaro Qizil Hoch” tashkilot vakillari bilan uchrashdilar.

“Bu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ‑ deydi AAT vakili Mahmud Otaquziev, ‑ O‘zbekistonda inson haq‑huquqlari poymol bo‘layotgani  hamda zulm‑zo‘ravonliklar O‘zbek paxtasi voyaga etmagan bolalar majburiy mehnati evaziga bo‘layotgani haqida ogoh etish bo‘ldi”.

O‘XH ishchi guruhi vakili Ahror Mamadiev O‘zbekiston xibsxonalarida sistematik qiynoqlar davom etayotgani va minglab insonlar nohaqdan xibsda qolayotgani, muddati tugaganlarga yana muddat qo‘shib berilayotgani haqida “Amnistiya interneshnl” ga batafsil ma’lumotlar berdi. Shu bilan bir qatorda Qozog‘istondan 29 nafar qochqinni O‘zbekistonga qaytarilgani va ularni taqdiri no’malum qolayotgani haqida alohida eslatib o‘tdi. Ayni damda O‘zbek muholifati O‘XH ga birlashayotgani va AAT tashkiloti ham ushbu harakatga qo‘shilganini aytib o‘tishdi. O‘XH ining maqsadi O‘zbek hukumatidan barcha sohalarda islohotlar o‘tkazishligini hamda siyosiy va diniy e’tiqodi uchun qamalganlarni ozod etishini talab qilishdir. Mavjud hukumat bu islohotlar tomonga qadam qo‘ymasa, Harakat Hukumat iste’fosini tinch yo‘l bilan talab qilajagini aytib o‘tdilar.

Uchrashuv davomida hamma vakillarga quyidagilar topshirildi:

“Andijon Adolat va Tiklanish” jamiyati  tomonidan tayyorlangan monitoring hisoboti. Hisobotda O‘zbekiston hukumati tomonidan 2005 yil 13‑14 may kunlari o‘qqa tutilib, jinoyatkorona o‘ldirilgan insonlarning oila a’zolari, qarindoshlari bergan xabarlar hamda o‘sha kuni davlat tomonidan sodir etilgan boshqa jinoyatlar yorishtirilgan.

Monika Uitlok (Monica Whitlock) tomonidan yaratilgan Andijon qirg‘ini haqidagi fil’m tasmasi.

30 ga yaqin O‘zbekiston IIB xodimlarining 72 yoshli onaxon uyiga bostirib kirishib, onaxon qo‘liga pichoq tutqazishib: “O‘zingni o‘ldir, kampir”, ‑ qabilida do‘q qilishgani va xonadondagi kelin va norasida‑go‘dak nabiralargacha do‘pposlab chiqib ketishgani haqidagi audio tasma.

Bundan tashqari, O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli Hazratqul Xudoyberdievning Qashqadaryo va Koson tumanida tarqalgan o‘lat kasalligiga taalluqli bayonoti Kanada Qizil Hoch tashkiloti maxsus xalqaro vakili Elizabet xonimga topshirildi.

Liberal partiya Lideri Regan Jeoff Ottavadagi ofisida juda oz vaqt uchrashuvga imkon bo‘lganligi sababli, Halifaks shahridagi ofisida iyul’ oyi o‘rtasida yana uchrashib batafsil gaplashishni kelishib oldi.

AAT matbuot bo‘limi.

 

AAT

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: