Archive for June 28th, 2011

28/06/2011

Vyacheslav Oxunov: Muhammad Solih kuchli shaxs! – bbc uzbek

Iyun’ 28th, 2011

Vyacheslav Oxunovni nafaqat rassom, balki yozuvchi, shoir, esseist va kinostsenariy mualliflari sifatida ham yaxshi bilishadi.

Vyacheslav Oxunovni nafaqat rassom, balki yozuvchi, shoir, esseist va kinostsenariy mualliflari sifatida ham yaxshi bilishadi.

Rusiyzabon odamlar har qanday kuchli shaxsni yoqtirmaydi. Muhammad Solih kuchli, xarizmatik shaxs. U juda ham qiziqarli shaxs, juda nozik siyosatchi. Va u adabiyotda nimadir yaratgan shaxs.

read more »

28/06/2011

AAT vakillari Kanadani Ottava shahrida parlament a’zosi va nohukumat tashkilot vakillari bilan uchrashdi – AAT

Dushanba, Iyul’ 27, 2011

AAT vakili Mahmud Otaquziev va O‘XH ishchi guruhi a’zosi Ahror Mamadiev Ottava shahrida hukumat vakilini va bir necha nohukumat tashkilotlarini O‘zbekistonda bo‘layotgan  zulm‑zo‘ravonliklardan ogoh etdi.  Asosan, Hukumat vakilidan Parlament a’zosi Liberal partiya lideri Regan Jeof va “Kanada Inson huquqlari himoya qilish komissiyasi”,” Amnistiya interneshnl”,” Hyuman Rayts Votch” va “Xalqaro Qizil Hoch” tashkilot vakillari bilan uchrashdilar.

“Bu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ‑ deydi AAT vakili Mahmud Otaquziev, ‑ O‘zbekistonda inson haq‑huquqlari poymol bo‘layotgani  hamda zulm‑zo‘ravonliklar O‘zbek paxtasi voyaga etmagan bolalar majburiy mehnati evaziga bo‘layotgani haqida ogoh etish bo‘ldi”.

read more »

28/06/2011

Lalmiga hatto qiz berma! – ozodlik.org

Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat bo‘hroni va iqlim o‘zgarishiga qarshi turish uchun o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarini tig‘izlashtirishlari lozim, deydi mutaxassilar.

27.06.2011

Sarvar Usmon

Sarlavhaga chiqarilgan mataldagi birinchi so‘z “lalmikor” so‘zi o‘zagidir. Qashqadaryo viloyatining lalmikor erlarida dehqonchilik qilayotganlarning shu bugungi ahvolini bilganlar beixtiyor “Lalmiga hatto qiz berma!” deb yuborishi tabiiy. Viloyat dalalarida hukm surayotgan qurg‘oqchilik butun mamlakat bo‘ylab chorva uchun em-xashak narxini ko‘tarib yubordi.

read more »

28/06/2011

Qozog‘iston va Qirg‘iziston birgalikda sarmoya jamg‘armasini tashkil etishdi – bbc uzbek

27 iyun 2011

Shodiyor Sayf

Bi-bi-si, Olma ota

Qozog‘iston yangi jamg‘arma tashkil etish bilan qo‘shnisi Qirg‘izistonning iqtisodiga sarmoya kiritmoqchi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida boshlang‘ich kapitali 100 million dollarni tashkil qiluvchi sarmoya jamg‘armasi tuzilgani ma’lum qilinmoqda.

Ushbu jamg‘arma Qirg‘iziston iqtisodiga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanishi, biznesning xususiy tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi va respublikada sanoat bazasini yaratishga xizmat qilishi aytilmoqda.

read more »

28/06/2011

‘O‘zbekistonda internetga ‘devor’ qo‘yish davom etaveradi’ – bbc uzbek

28 iyun 2011

Qudrat Bobojon

Qudrat Bobojon Uznews.net Internet nashri o‘zbek sahifasining muharriri

Jurnalistlarga tabrigida axborot olamida “devor o‘rnatmoqchi” emasliklarini aytgan Prezident Karimov ayni paytda internetning zararli ta’sirlari haqida ogohlantirgan.

Prezident shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlarining maoshlari oshirilishi va matbuot tuzilmalariga soliq imtiyozlari berilishini ma’lum qilgan.

read more »

28/06/2011

Prezident Karimov internetni cheklamaslikka va’da berdi – bbc uzbek

27 iyun 2011

Islom Karimov

Islom Karimov, xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, erkin matbuotning ashaddiy dushmanlaridan biri hisoblanadi.

Jurnalistlarga tabrigida axborot olamida “devor o‘rnatmoqchi” emasliklarini aytgan Prezident Karimov ayni paytda internetning zararli ta’sirlari haqida ogohlantirgan.

Prezident shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlarining maoshlari oshirilishi va matbuot tuzilmalariga soliq imtiyozlari berilishini ma’lum qilgan.

read more »

28/06/2011

Toshkentda telejurnalistlar jarimaga tortildi – ozodlik.org

O‘zbekistonlik telejurnalistlar Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova

27.06.2011

Basira

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni O‘zbekiston prezidenti devoni oldida ushlangan Saodat Omonova va Malohat Eshonqulova tushdan so‘ng ma’muriy javobgarlikka tortildi – Yakkasaroy tuman sudi ochlik e’lon qilib chiqqan ikki jurnalistga jarima belgiladi.

– Bizga eng kam oylik ish haqining 60 barobarida jarima solishdi. Eng kam oylik ish haqi bizda 49 ming so‘m. Bu raqamni 60 ga ko‘paytirdik, 2 million 940 ming so‘m chiqdi. Demak, 10 kun ichida appelyatsiyaga berishimiz mumkinligini aytishdi. E’tirozlarimizni hisobga olishmadi. Men oldindan hammasi kelishilgan, deb o‘ylayman. Garchi ko‘rsatmalarni aldab-avrab olgan bo‘lsa-da, bu qaror oldindan kelishilgan, – dedi jurnalist Saodat Omonova.

read more »

28/06/2011

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga – O’zA

27.06.2011

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlar, nashriyot va matbaa sohasi vakillarini – bugungi kunda tobora o‘tkir va ta’sirchan kuchga ega bo‘lib borayotgan, og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi bo‘lgan, o‘zini axborot sohasini rivojlantirishdek olijanob ishga bag‘ishlagan siz azizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

read more »

28/06/2011

BMT Taraqqiyot Dasturi: Markaziy Osiyoga qurg‘oqchilik qaytmoqda – bbc uzbek

28 iyun 2011   

Chorvoq suv ombori

Chorvoqda ham suv sathi keskin tushib ketgan…

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Markaziy Osiyoga qurg‘oqchilik yana qaytayotganidan ogohlantirgan.

“Markaziy Osiyodagi eng yirik suv omborlari sathi bo‘yicha so‘nggi ko‘rsatkichlar yuzasidan o‘tkazgan tahlillarimiz qurg‘oqchilik mintaqaga yana qaytayotganiga ishora qiladi,” deyiladi BMT Taraqqiyot Dasturi veb sahifasida chop etilgan tahliliy maqolada.

read more »

28/06/2011

Urgutdagi bozorlar yangi joyga ko‘chirildi – ozodlik.org

Urgutlik savdorgarlarning aksari eski joydan ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib, yangi bozorda do‘kon qurishga majbur bo‘lmoqda.

 28.06.2011

Sadriddin Ashur

Samarqand viloyatining Urgut tumani markazidagi “Yangi buyum bozori”, “Halim aka bozori” va yana 10 ta kichik bozor hammasi bitta qilinib, yangi joyga ko‘chirildi. Yangi bozorda hammaga etarli savdo nuqtalari tashkil qilinmaganligi bois, tadbirkorlarning o‘zlari vaqtinchalik savdo rastalari qurmoqda.

read more »