Tojikistonda Vahdat – Milliy yarashuv kuni nishonlandi – ozodlik.org


Imomali Rahmon kelishuvga muxoliflari ham imzo qo‘yganini yoddan chiqarishni ma’qul ko‘rganga o‘xshaydi.

27.06.2011

27 iyun kuni Tojikistonda Milliy yarashuv kuni nishonlandi. Bundan 14 yil avval Moskvada prezident Imomali Rahmon hukumati va Birlashgan Tojik muxolifati o‘rtasida imzolangan kelishuv mamlakatdagi fuqarolar urushiga nuqta qo‘ygan edi. Sulh kelishuvining asosiy shartlaridan biri o‘laroq muxolifat a’zolariga Tojikiston hukumatida o‘rin berilishi kerak edi. Kelishuv imzolnagach, Tojikistonda haqiqatan qurolli mojaro to‘xtadi, biroq sulhni imzolashda qatnashgan siyosatchilar uning millat ichida murosa o‘rnatilishiga xizmat qilmagani va tinchlikning o‘rnatilishi bugun faqatgina prezident Rahmonning yutug‘i sifatida tashviqot maqsadlarida ishlatilayotganini aytmoqda.

1997 yil 27 iyun kuni Moskvada Kreml vositachiligida Imomali Rahmon, u paytda hali Rahmonov, va Birlashgan tojik muxolifati o‘rtasida imzolangan sulh kelishuvi Tojikistonda besh yil davom etgan fuqarolar urushiga yakun yasadi.

Tojikistonda Vahdat (murosa) kuni, deb nishonlanadigan sana bu safar ham har yilgidek, katta tantana bilan o‘tkazildi.

Yakshanba kuni sana munosabati bilan Dushanbedagi “Navro‘zgoh” kompleksida o‘tkazilgan ko‘p ming kishilik marosimda nutq so‘zlagan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 14 yil avval erishilgan milliy yarashuv “mamlakat rivojlanishidagi muhim bosqich bo‘ldi” deya ta’kidladi.

Tojikistonda Vahdat – milliy murosaga erishilgani prezident Imomali Rahmonning yutug‘i sifatida taqdim qilinmoqda.

“Bu tarixiy sana mustaqil davlatimiz rivojlanishi va kamol topishining boshlanishi bo‘ldi hamda davlatimizda bunyodkorlik jarayonlari uchun mustahkam va qulay sharoit yaratdi. Bugun Vatanimiz – Tojikistonning ravnaqi va tinchligi mustaqillik va milliy birlikning mevalari ekanini to‘liq ishonch bilan ayta olamiz. Shuning uchun mamalaktimizning har bir fquarosi tinchlik, barqarorlik va hotirjamlik uchun minntadorchilik ila milliy birdamlik, davlatchilik asoslari va bunyodkorlik jarayonini mustahkamlash yo‘lida qattiq harakat qilishi lozim”, dedi prezident Rahmon.

Biroq 14 yil yarashuv hujjatining imzolanishidan avval ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarda va uning bevosita imzolanishida ishtirok etgan siyosatchilar kelishuvning shartlari bajarilmagani va, ayniqsa bu voqeaning bir shaxs – prezident Imomali Rahmon nomi bilan bog‘lanayotgani millat ichida murosaga erishilishiga g‘ov bo‘layotganini aytmoqda.

Xususan, prezident Vahdat kuni tantanasida yarashish to‘g‘risdagi kelishuvni Birlashgan Tojik muxolifati nomidan imzolagan marhum Said Abdullo Nuriyning nomini tilga olmagani, muxolifat vakillarini tadbirga taklif qilmagani bunga misol, deyishmoqda siyosatchilar.

Shu kunlarda Tojikiston televideniesi namoyish qilayotgan kelishuvning imzolanishi tasvirlangan lavhalardan muxolifatchilar qirqib tashlangan va hujjatni go‘yo prezidentning o‘zi imzolab, fuqarolar urushiga yakun yasagandek taqdim etilmoqda.

Muxolifatdagi Islom uyg‘onish partiyasi raisi Muhiddin Kabiriy hukumatning bunday harakati insofdan emas, deydi.

Said Abdullo Nuriy ham Milliy murosa kelishuvi ostiga imzo qo‘ygan edi.

– Milliy murosaning o‘rnatilishi istalganda edi, tojiklarga xos odamgarchilik yuzasidan, tinchlik o‘rnatish yo‘lida o‘z jonini bergan insonlarni xotirlab qo‘yish lozim edi. Xususan ustoz Said Abdullo Nuriy va yarashuv komissyaisining boshqa a’zolari Jumaboy Niyozov, ustoz Latifiy, Habib Sanginov kabi orazimizdan ketganlarni yodga olish kerak edi menimcha, deydi Kabiriy.

1997 yilda Tojikiston hukumati nomidan yarashuv muzokaralrida qatnashgan, Tojikiston Xalq fronti g‘oyasi tashabbuskorlaridan biri Ibrohim Usmonov kelishuv bugun mahalliychilik kabi muammoni hal etgan bo‘lsa-da, uni hali ham haqiqiy sulh kelishuv bo‘lgan, deb atab bo‘lmaydi, deydi.

– Sulh kelishuvi 27 iyun kuni imzolandiyu lekin u to‘laqonli tinchlikka olib kelgan sulh bo‘lmadi. Tarix ko‘rstib turibdiki, milliy yarashuvdan norozi bo‘lgan guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yaqingacha ham davom etib keldi. Sulhga erishlganiga qaramasdan, milliy yaravshudan ko‘zlangan maqsadlarning hammasi ham amalga oshdi, deya olmaymiz. Lekin jamiyatdagi mahalliychilik kayfiyati oradan ko‘tarilgani rost, deydi milliy yarashuv komissiyasining sobiq a’zosi Ibrohim Usmonov.

Birlashgan Tojik muxolifatining sobiq etakchilaridan biri Xoji Akbar To‘rajonzoda milliy yarashuv muzokaralarida ham, 14 yil avval Moskvada kelishuv imzolash marosimida ham ishtirok etgan. U 1999 yilda birlashgan muxolifat safidan chiqishi va prezidentilikka Imomali Rahmonov nomzodini qo‘llab quvvatlashini e’lon qilganiganidan keyin Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasidan ham chetlshtirilgan edi.

Xoji Akabar To‘rajonzoda Vahdat kunining 14 yilligini ko‘rgan yagona muxolifat a’zosi, desa bo‘ladi.

Tojikistonning sobiq muftiysi va sobiq bosh vazir o‘rinbosari To‘rajonzoda Ozodlik bilan suhbatda fuqarolar urushiga yakun yasagan kelishuv bugun faqat prezident Rahmonning yutug‘i sifatida taqdim etilayotgani borasida izoh berishdan bosh tortdi. Lekin u kishi ham Vahdatdan ko‘zlangan orzular to‘la amalga oshmadi, degan fikrni ilgari suradi.

– Sulhning ma’nosi janglarning to‘xtashi bo‘lsa, ya’ni qurolli janglarning to‘xtatishi bo‘lsa, bu to‘xtadi. Lekin vahdat, ya’ni milliy murosa vujudga kelmadi. O‘zaro yarashuv vujdga kelmadi. Tomonlarning bir-biriga hurmat-ehtiromi vujudga kelmadi. Aksincha, avvalgi zamonlardan ko‘ra, xalqning siyosiy va diniy erkinliklari ko‘proq cheklandi. Urushdan avvalgi yillardan ko‘ra, masalan, saylovlarga cheklovlar ko‘paydi. Ya’ni biz kurashgan xalq hokimiyati va demokratiya hukm suradigan mamlakat shakllandi, deb bo‘lmaydi, deydi Xoji Akbar To‘rajonzoda.

1997 yilning 27 iyunida milliy yarashuv kelishuvi imzolanganidan keyin o‘tgan 14 yil ichida Birlashgan Tojik muxolifatining yirik namoyandalari siyosiy sahnadan chetlashtirildi. Ularning ba’zilari qamoqqa tashlangan bo‘lsa boshqlari o‘ldirildi yoki o‘zlari vafot etdi. Aslida To‘rajonzodani Vahdat kunining 14 yilligini ko‘rgan yagona muxolifat vakili, deb aytsa bo‘ladi.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/24248057.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: