Prezidentda mas’uliyat bormi? – ponauz.com


Iyun’ 26th, 2011

Diyorimizda, qog‘oz tanqisligiga qaramasdan «O‘zbekiston Konstitutsiyasi» kitobini izlab topish va o‘qish uncha murakkab ish emas. Lekin, 20 varaqlik Konstitutsiya deb atalmish bu kitobni:

– kim o‘qiydi?

– kim o‘qigan?

– va kim tushungan?

Mening fikrimcha bu kitob, ya’ni bizning Konstitutsiyamiz, biror demokratik mamlakatning ruschaga o‘girilgan konstitutsiya nusxasidan ko‘chirma bo‘lib, Prezidentimiz xohishiga moslangan siyosiy, ijtimoiy tushunchalar to‘plamidir. Bu kitobda teran fikrlar ham yo‘q emas. Ammo, kitob asosan, o‘ziga xosligi va o‘ziga mosligi bilan ajralib turadi.

Prezidentimiz ham ko‘pchilik qatori, ya’ni boshqa mamlakatlar prezidentlari va amaldorlari kabi o‘z lavozimi huquqlaridan muvaffaqiyatli foydalanishni yoqtiradiganlardandir. Konstitutsiyada mamlakat prezidentining daxlsiz shaxs ekani va qonuniy himoyalanishi 91-moddada aniq aks ettirilgan.

«Yaratganning yagona o‘zi beaybdir» – deb aytiladi ulug‘ bir naqlda. Biz barchamiz Ollohning yaratgan osiy bandalarimiz. Biz ham, prezidentlar ham yanglishadilar. Prezidentimiz ham kamchiliklardan holi emaslar. Ya’ni ko‘p hollarda, ular ham xalq oldida o‘z mas’uliyatlarini unutib qo‘yadilar. Mazkur Konstitutsiyada Prezident xato-kamchiliklarini jamiyatimiz a’zolari orasida ma’ruza qilish ko‘zda tutilmagan. Xalqimiz o‘z prezidentidan o‘tgan kamchiliklarni o‘rganib, bu to‘g‘risida qaysi turda va kimga arz qilishlari kerak? Masalan: men o‘z prezidentimning xizmat vazifalarini o‘tayotgan paytlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini faktlarga va hujjatlarga asosan bilgim keladi.

Prezidentga yuklangan qonuniy javobgarlik mas’uliyati bormi? Meni shu savol hamisha qiziqtiradi. Chunki, har qanday jamiyatda sodir bo‘lgan har qanday jinoyat, jinoyat sodir qiluvchining jamiyatga va odamlarga nisbatan mas’uliyatsizligi (beparvoligi, achinmasligi, ayovsizligi) natijalaridan kelib chiqadi.

Bir kuni bir do‘stim –

– Nima desang deginu, lekin xalqimiz prezidentga yolchimadi – dedi. O‘tkir va lo‘nda qilib aytilgan bu so‘zdan esim chiqib ketdi. U yana so‘zida davom etdi:

– Prezidentimizning tarjimai hollari xalqdan sir tutilayapdi.

– Uning o‘z sohasidagi bilim darajasi ham uncha chuqurga o‘xshamaydi.

– Uning ish faoliyatlarida xalqni aldash, qo‘rquvda ushlash va xalkdan «kerakli» faktlarni yashirish xollari juda aniq ko‘rinib turibdi.

– U xalqimizni mensimaydi. Lekin undan qo‘rqadi.

– Uzoq quloqdan eshitishimga qaraganda, u hali davlat ishlariga aralashmagan paytlarida ham qo‘lidan va tilidan birovlarga yaxshilik qilishni o‘zlariga uncha ep ko‘rmagan ekanlar.

– Endi qarangki, yangi yildan beri (prezidentlik muddatlari tugagandan beri) hech kimdan so‘ramasdan va xayiqmasdan bemalol «Prezidentman» – deb o‘tirib olgan. Uni bu lavozimdan hali beri ketgisi yo‘qqa uxshaydi – dedi do‘stim.

– To‘g‘ri aytasiz – dedim men. Yana o‘zlari prezident bo‘lib qolsalar kerak – deb qo‘shib qo‘ydim.

40 betlik ya’ni 20 varaqlik «O‘zbekiston Konstitutsiyasi» kitobini qayta-qayta o‘qib va o‘rganib, mamlakat prezidentining bir saylov muddatida 7 yil o‘rniga 8 yil lavozimni egallash imkoniyatini men xali aniqlay olmadim.

Mehnatkash xalq, bugun o‘z prezidentini yoqtirmay qoldi. Prezidentini qarg‘ash millatimizning kundalik odatiga aylanib bormoqda. Aytish joizki, u kishini «yoqtirayotganlar» xam bor. Lekin bular ozchilikni tashkil qiladilar.

Prezidentimiz to‘g‘risida hozir uch fikr xalqimizning ongiga chuqur singib va o‘rnashib olgan. Ya’ni:

– uning xalq g‘amidin, g‘ami yo‘q ekanligi,

– mamlakatning behisob boyliklari uning xususiy mulkiga aylanganligi va aylanayotganligi,

– Andijon fojiasi sodir bo‘lishidagi uning shaxsiy tashabbusi juda katta ekanligi.

Shu uchta fikrning xalq ongidan chiqarib tashlashning yoki sal bo‘lsa ham o‘zgartirishning endi hech qanday iloji yo‘q.

– Xudo battaridan saqlasin – dedi do‘stim. Endi buyog‘i nima bo‘ladi?

Men bu savolga ham o‘z bilganimcha javob qaytardim.

– Iqtisod kundan-kunga o‘layapdi. Mamlakat iqtisodiy tangligining asoratlari batamom mehnatkashlar elkasiga yuklangan. Bizning mahsulot ishlab chiqarmayotgan va ishlab chiqara olmayotgan nochor mamlakatimizda ham iste’mol mollar sanog‘i juda kattadir.

Istemol mollar faqat chetdan keltirilayapdi. Molni chegaradan o‘tkazish oddiy fuqaroning qo‘lidan keladigan ish emas. Uning uchun chegara berk.

Inflyatsiyaning (pul qadrsizlanishining) hisobi ham yo‘q, himoyasi ham yo‘q.

Moliya sistemasi mamlakat iqtisodini boshqarish va rivojlantirish amalllari uchun o‘ta yaroqsiz holga keltirilgan.

Chetda ishlayotgan fuqarolarimizdan kelib tushayotgan pullar miqdori, mamlakatning moliya sistemasi yoki byudjetdan ajratilgan maosh fondidan ancha yuqoridir.

Chetdan kelgan pullar ichki bozordagi aylanma mablag‘ning asosini tashkil qilayapdi.

Demak biz o‘z davlatimizning iqtisodiy imkoniyati bilan emas, balki ko‘proq o‘zga mamlakatlar hisobiga kun kechirayotgan ekanmiz. Shunga qaramasdan ustimiz yupun, to‘yib ovqat emayapmiz.

Agar chet eldan pul kelish imkoni bulmaganda, xolimiz ne kechar edi?

Hammamizga ayonki, mehnatkash himoyasiz. Jamiyatimiz tepasida ko‘plab yomon niyatli odamlar (yomonlar) o‘tirib olganlar: ularning xalk mulkiga, chuntagiga kul urishlari ilim darajasiga kutarilgan va sistemaga aylangan.

Mexnatkashning moliyaviy va ijtimoiy axvoli kundan kunga yomonlashmokda. Endi amaldor nafakat mexnatkashdan yuladi. Endi yomonlarning yomonlardan undiradigan zamoni xam keldi. Yomonlarning dushmani yomonlar bulmokda.

– Bundan chikdiki, amaldor endi xalqni qiynamas ekanda?

– Amaldor o‘z amali uchun hali xalqdan undiraveradi. Xali xalqni qiynayveradi. Chunki u o‘z amalini «amal bozori»dan sotib olgan. Bu bozorning talabi va extiyoji prezidentning istak xoxishlari bilan moslashgan va bu bozorda ishlar shu istak bilan amalga oshiriladi. Negaki, davlatning bugungi boshqarilish printsiplari:

– aqli va asli past,

– imonsiz,

– xalqni mensimaydigan,

– haqi-huquqini talab qilib chiqqanni aldab, ayblab va qo‘rqita oladigan,

– olg‘ir nafsli va insofsiz odamlarga moslashgan.

Davlatni boshqarish sistemasi qanday bo‘lishiga qaramasdan, rejim xali mustaqkam ekanda?

Davlat boshqaruvining asoslangan sistemasi, tarkibda sodir bo‘lgan va bo‘ladigan noqonuniy amallardan o‘zini o‘zi nazorat qilish va himoya qilish hususiyatiga ega. Prezidentning yoki arbobning niyati, boshqaruvda xalq manfaatidan uzoqlashgan vaqtda, mazkur sistema ustidan yana boshqa bir «zo‘rovon sitema» paydo bo‘ladi. Asosiy sistemadagi nazorat qilish va himoya qilish elementlari, «zurovon sistema» tarkibida shaxsiy «sadokat»ga va kurkituv printsiplariga almashadi. «Zo‘rovon sitema» tarkibida adliya qonunlariga rioya qilinmaydi.

Shaytonning vasvasasi aralashgan joyda, bunday «sadoqat» hech kimga bildirilmasdan, ko‘ngilning pana va qorong‘u joylarida shakllanadi va amalga oshadi.

Bugun amaldorlaning o‘zaro va ularning o‘z prezidentlariga bo‘lgan munosabatlari:

– mazmunan soxta,

– ma’nan ko‘rimsiz, xunuk,

– bir birovlariga nisbatan noumid (ishonchsiz),

– va lekin shaklan xushro‘y (xushomadli) bir munosabatdir.

Agar prezidentimiz boshlariga og‘ir muammo tushib qolsa (shu kunlar ham etib kelsa kerak) barcha katta-kichik yordamchilari undan uzoqlashgaylar, undan qochgaylar. Chunki: Beqadrlar yolg‘on so‘zingni rost derlar. (Maxtumquli)

Beqadrlar o‘zganing qadrini ham bilmaslar, qadriga etmaslar.

– Nima bo‘lganda ham, adolatsiz va qo‘rquv zamoni hali davom qilaversa kerak?

– Bu dunyoda hamma narsa Yaratganning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Yomonliklar ham o‘z-o‘zidan bo‘lavermaydi. Tarixning ta’kidlashicha yolg‘on va yomonliklarning oqibati hamisha ofat bilan tugagan. Bu ofatlardan yomonlar kochib qutila olmaganlar:

Nuh payg‘ambarimizning davrlarida yomonlar to‘fonda g‘arq bo‘ldilar,

Lut Alayhi Assalom zamonlarida yomonlarni (besoqolbozlarni) er yutdi,

Hazrati Musoning zamonlarida yomon niyatli Fir’avn lashkarlari dengiz tubidan qoldilar,

– yomonlarni dovul to‘zg‘itdi,

– yomonlarning ustiga o‘t ketdi,

– yomonlarning ustiga tosh yog‘di.

Avliyolar va anbiyolar bo‘lib o‘tgan bu tarixiy voqealarni avlodlarga ibrat qilib yozib qoldirganlar.

Zamonimizda xalqimizning o‘z prezidentiga va arboblariga bo‘lgan g‘azabi kundan-kunga oshmoqda. Bu jarayon hozir o‘zining to‘xtatib bo‘lmaydigan bosqichga etib keldi.

Xalq g‘azabi «kattalar» uchun kelayotgan ofatning alanga o‘chog‘idir.

Agar bu o‘choqning o‘ti yonsa, ular bu o‘tdan qochib qutila olmagaylar.

Rejim qulajak!

Nuri Mahmud

So‘nggi suz o‘rnida:

Hurmatli o‘quvchi !

Men, Jumaniyazov Nuriddin Reyimbergenovich bu maqolani I.A.Karimov o‘zining ohirgi noqonuniy prezidentlik lavozimida qolish amallarini o‘tagan yili yozganman. Bu kishining o‘zini–o‘zi «prezident» deb atagani, men uchun va barcha o‘zbekistonliklar uchun yangilik bo‘lmagan. Bu xolat Karimovning bezbetligidan xam emas. Chunki Karimovday uz shaxsiy manfaati yo‘lida hech bir xarom va mudxish ishdan toymaydigan odamning izida Rossiyaday bir mamlakat turibdi.

Gapimning tasdig‘i shundan iboratki – I.A.Karimovning bo‘yniga shu kungacha ikki marta dor sirtmog‘i tushgan:

Birinchisi: – Katta qizining nodonligi tafayli, O‘zbekistonning 10 tonnadan ziyodroq tillalari O‘zbekistondan olib chiqilib, Rossiya osmonidan uchib ketayotganida, kontrobanda yuk shaklida qo‘lga tushganida.

Ikkinchisi: – Andijon katliomi natijasida.

Bu ikki sirtmoqni ham Rossiya ma’murlari Karimovning bo‘ynidan osongina olib tashladilar.

Uchinchi sirtmoq: – Agar xalqimiz «prezident»ning o‘zi tasdiqlagan konstitutsiyasi moddalariga asosan, uning shu kunlarda noqununiy ravishda prezidentlik lavozimini egallab o‘tirganini inobatga olib «Karimov ket!!!» – desa, bu uning bo‘yniga tushgan uchinchi sirtmoq bo‘ladi.

Endi bu sirtmoqni kim olib tashlar ekan ?! Yana Rossiya ma’murlarimi?!

Rossiya xalqi o‘zbek xalqidan minnatdor bo‘lishi kerak. Chunki O‘zbek millati Rus xalqini xanuzgacha beg‘araz hurmat kiladi.

O‘zbekiston «Erk» DP a’zosi Jumaniyazov N.R.

 

http://ponauz.com/archives/1333

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: