O‘zbek soliqchilari soliqni o‘z karmonlariga yig‘ishmoqda – uznews.net


27.06.11

Uznews.net – Toshkentlik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagi undan badalni bankka emas, cho‘ntaklariga urish niyatida bo‘lgan soliq nazorati xodimlarining qattiq qarshiligi bilan to‘qnash kelgan.

«Ish uchun zarur hujjatlar paketini rasmiylashtirish uchun men davlatga 850 ming so‘mdan ko‘proq pul to‘ladim, – deya yozg‘iradi yosh -«tujjor» ayol Oksana (ism uning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan). – Biroq Sirg‘ali soliq nazorati noziri Eduard Kim tagdor qilib, biz dugonam bilan uning cho‘ntagi uchun pul berishimizni talab qildi».

Nozir, Oksananing tasdig‘iga ko‘ra, hatto uni, iyun uchun rasmiy to‘lovlarni bankka to‘lab qo‘ygani uchun kalaka qilgan: chunki, buyruq berilmaguncha «o‘zboshimchalik»ning keragi yo‘q edi, endi esa u o‘z pulini bankdan hech qachon «qaytib ololmaydi».

Endilikda, u va uning hamkasblari, ularning qo‘l ostidagilar, o‘z patentlarini “to‘xtatishlari” belgilangan “soliqlar”ni ularga keltirib berishlari talab qilinmoqda.

Afsonaviy to‘lovlar, biznes uchun yo‘llanma sifatida

Sirg‘ali tuman soliq inspektsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Xotamov va eksport-import patentlari berish bo‘limi xodimiga bu muammoga oydinlik kiritish uchun murojaatlar biror naf keltirmadi.

Oksananing aytishicha, mollar realizatsiyasi bo‘yicha qandaydir to‘lov hujjatlari taqdim qilinmaguncha ular bu ishga kirisha olmasliklarini bildirishgan.

Hatto ularga, qandaydir pul evaziga, ularni taxminan Oloy bozoridagi “uddaburron odamlar”dan «olish mumkinligi»ga sha’ma qilishgan.

Norxo‘jaevning fikricha, bu hujjat bo‘lmagan taqdirda ularni bank tomonidan inkassa qilinadigan jarima tarzidagi jazo kutadi.

Ayni paytda, uning qo‘lida «eksport-import, chakana savdo» faoliyatiga berilgan patent bor, qonun oldida hech qo‘rqmasdan faoliyatga kirishishga asosi bor.

Ya’ni, mollarni O‘zbekiston tashqarisidani harid qilib, muayyan hujjat va fakturalarni qo‘lga kiritgach «oqlangan» mollarni rasmiy bojini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi – OOO «Abu-Saxiy Sargo» orqali rasmiylashtirishi mumkin.

Soliqchilarga inkassatsiya hisobotining nima keragi bor?

Boshi berk vaziyatga kirib qolgan tadbirkorlarning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar daromadining nazorat qilishni kuchaytirish uchun yana bir yangilik o‘ylab topilgan – sotilayotgan mollarning hisobini yurgizish, ularni maxsus daftarga qayd qilib borishlari kerak.

«Agar O‘MBga biz to‘liq hisobot bersak, va hamma chek va chiptalarni saqlasak buning nima keragi bor degan savol tug‘iladi?», – deya hayron bo‘lishadi ayollar.…

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=2&nid=17445

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: