IKKINCHI HIKOYA – uzxalqharakati.com


Jun 27th, 2011

(O‘XXning kelajagiga yaxshi niyat bilan yozilgan)

Birinchi qism

“O‘zbekiston Xalq Xarakati” tashkilotiga muxolifatning demokratik, qolaversa diniy kuchlar va jim o‘tirmaylik degan tashkilotlar va shaxsan yakka otlik-piyodalargacha kirib, saflar kengayib  kuchayib ketdi. Lekin ayni paytda qaysi bir tashkilotlar bu “zo‘rovonlik siyosat” degan bahona bilan kurashgilari kelmadi.

Muxolifat  niqobidagilar “bizlar nozo‘rovonlik siyosat olib borib, asta sekin diktatorni tartibga chaqirib, uning o‘zi o‘rnini bo‘shatib berishga majbur qilamiz”, deb zimdan bu tashkilotimizga tosh ham otaboshladilar.

Ularning og‘zidan: Sizlarni albatta Karimov qirib iashlaydi degan do‘q po‘pisalar ham yangradi. Xullas Karimov ularga “qiraman” deb aytganmi bilmaymiz. Aynan shu paytda muxolifat  niqobidagi faollar ham ancha rang berib, tovlanib qoldilar, gaplari qovushmay, qachon ularga Toshkentdan mana bunday denglar, demagunlaricha intervyulardan ham o‘zlarini tortib yurdilar.

“Xarakat” mustahkamlangan sayin, 20 yil xalq qonini so‘rganlarga keng jahon go‘yo torayib borayapdi, bu tabiiy, shuning uchun bo‘lsa kerak, ular ham biror narsa atrofida yig‘ilib partiya tuzib, bo‘lajak qonxo‘r partiyaning nomini “Atirgul” qo‘ymoqchilar.

O‘zbekistonda vijdonini sotib diplom xarid qilgan chalasavodlar “oliy ma’lumotli” bo‘lib bir amalga o‘tirib olib, xalqni talashga tushdilar, ularning prezidentning oilasi bo‘lmasin, ministri bo‘lmasin, hokimiyu, prokuror- milisa va sudi bo‘lmasin solichisiyu bojxonasi bo‘lmasin bechora xalqning terisini shilib go‘shtiga chang soladilar.

Bular yuz mingga yaqin sonli kichkina davlatning katta va bemaza talovchi armiyasi hisoblanadi va ularning suyaklari korruptsiya mahamlari bilan qotganlar.

Ular kichkina amal bo‘lsa ham, ko‘zlari chaqnab, Karimovning bezrayib och kanaday amaliga yopishib olganiga qarshilik o‘rniga, zolim diktatorga zo‘r ishtaha bilan havas qiladilar.

Bunday armiya tufayli O‘zbekistondagi inqilobiy reforma qiyinlashib, ular   Karimovning ekkan chaqir tikanaklari tagiga suv quyib parvarish qilib keldilar xolos.  “O‘zbekiston Xalq xarakati” tashabbusi bilan tuzilgan guruh ham jangovar armiyaga aylandi.

Ularning asosiy maqsadlari O‘zbekistondagi  Karimovning chuqur ildiz otgan diktatorlik rejimni yulib tashlab, uning o‘rniga demokratik erkin va ozod jamiyat qurishdan boshqa gap yo‘q.

“Urushda turish yo‘q” deganlaridek Andijon qurbonlaridan so‘ng Karimovning dahshatli tuzumi saylov yo‘li bilan emas, xalqimiz o‘g‘lonlariining to‘kilgan qoni evaziga o‘zgardi, qurbon bo‘lganlarning joylarini olloh jannatdan qilsin, bu yigitlarimiz nomlari xalqimiz yodida, tarix sahifalarida ham oltin harflar bilan, abad qolajak!

Qanchalik dahshatli boshlangan kechagi gurillab yonayotgan gulxanning tapti bosilgani bilan uning tutab so‘nishdagi tutunlari ancha achchiq edi.

Endigi vazifa, g‘olib kelgan xalqimizning yangi xukumatini ham ichki va ham tashqi dushmandan asrab qolishdagi asosiy tayanchi albatta O‘zbekiston IIV, albatta Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston MXX xodimlari, hamda Rustam Inoyatov, Bahodir Matlubov va Qobulbekovlarning belni mahkam bog‘lagan Rustam Inoyatov rahbarligidagi xalq bilan jamuljam xarakatlariga bog‘lik bo‘ladi.

Shuning uchun yangi xukumat respublika xududlaridagi ahvolni dangal va boricha yoritayotgani va kuniga uch marta radio va televizorlar orqali berilishining o‘zi xalqning qulog‘ini ding qilib qo‘ygandi.

Hali bir hafta yo‘qki, xalq shu kungacha qilgan o‘z xatolarini tez tushunib va ularni bartaraf qiladiganlar boshqa erning odamlari emas, o‘zlari ekanini ham  tez angladilar.

Ana shunday bo‘lsada o‘zlarining hali qaysi tomondaligini bilmaydigan respublikaning, ba’zi rayonlarida oz bo‘lsada, kechalari mahalla va qishloqlardagi fuqarolarning tinchligini buzayotganlari haqida ora-chora xabarlar olinmoqda.

Kechagina bunday bezorilar haqida bir mahalla qo‘mitasi oqsoqolining televizorga chiqib, ahil bo‘lib birlashishimiz kerak, hamma gap birlikda, hamma mahallarda bizdan o‘rnak olib, ichki ishlar xodimlariga ko‘ngilli yoshlari qo‘shilsa, bunday vahimachi chiyabo‘rilar uch kunda tugatiladi, deganining o‘zi ham  katta foydasini ko‘rsatdi.

Bunda ayniqsa Jasliqdan bo‘shatilgan va necha yillar umirlarini azoblarda o‘tkazgan aslida xalqimizning eng halol va pok farzandlari mahallaning umum jamoa ishlarida bajonidil kecha kunduzi biz bilan birga qatnashmoqdalar.

Aytishlaricha janubiy bir viloyatdagi olligarxlar birlashib, viloyat chegara va postlarini egallab, bu xudud ichiga xechkimni qo‘ymay va chiqarmay, kelajakda shu   viloyat xududida o‘zicha bir mustaqil xonlik tuzishni va bu viloyatning xoni bo‘lib olishni rejalaganlar.

Oligarxlar viloyat IIB boshlig‘i va MXX boshliqlarini sotib olishga muvaffaq bo‘lganlar. Natijada bu erda na harbiy va na IIB va MXX ga qarashli kuchlarning bu viloyatda xechqanday o‘zgarishlar qilmayotgan ekanligi aniqlanib, yaqinda ular bartaraf qilinajagi xaqida kecha Toshkentdan xabar qilindi va xammaning diqqati janubga qaratildi.

Yangi xukumatdan o‘takasi yorilgan essiz general va polkovniklarning albatta orqalarida katta jinoyatlari bo‘lsa kerak, qamalib molu-mulkdan ajrab yurguncha vazifalarini o‘tganiga sotib qochishni afzal ko‘rgan bo‘lsalar kerak.

Ular vazifalarida ishlab turgani uchun aviatsiyadan yordam so‘rab, yolg‘on ma’lumot berib, o‘zlarida ishlaydigan bir vertolyotdan foydalanib unga oilalari bilan to‘liiq Pokiston yoki Afg‘oniston tomonga tun yarimda uchib ketganlar.

Ikkinchi qism

(O‘XXning kelajagiga yaxshi niyat bilan yozilgan)

Markaz Toshkentning axbortlari eshitilmasin uchun bir xafta oldin hammayoqni tintuv qilinib, barcha harbiy va ichki ishlar qo‘shin askarlarnining qo‘l telefonlari va harbiy bo‘linmadagi televizorlargacha yig‘ishtirilib olingan edi.

Chunki oddiy bu askarlar xech narsani bilishmasa, ularning qurollanib ko‘chaga chiqqanlarida, nima aytsak bajaraveradi, kimni ot desang otaveradida, degan olligarxlar.

Bu viloyatdagi kuchlar ko‘chalarga chiqmadilar hali, xalq o‘zining kundagi nonini topish, va ro‘zg‘or g‘ami bilan hamishadagiday band edilar. Buning xam xabari etib keldi Toshkentga, viloyat radio va televizion eshittirishlari programmasi faqat kinoseriallarni tinmay ko‘rsatishardi, aloqaning viloyat rahbari Isroilov Xushvaqt olligarx Olimdan biror “sovg‘a” olgani bilinib turardi.

Bu erda ham olligarxlarning olg‘irligiga qarang, Janubdagi O‘zbekiston Islom Xarakati qo‘shinlariga qarshi qurollangan yoshlarning o‘z polkovnik va generallari o‘zgarib, ularning soldatlar bilan ertalabgi uchrashuvlari qanday sharmandali o‘tganidan ularning ikkisi ham harbiy kishilar emasligini payqagandilar.

Mahalliy xizmat qilayotganlar bugungi kelgan yangi qo‘mondonning ikkovi ham o‘sha erlik puldor yirik mafiya va narko baronlar ekanini aytishdi.

Yigitlar shundoq ham o‘zlarining Alisher deb tanilgan bokser bosslarining buyruqlarini bajarar edilar.

Xamma o‘z nomlarini yozib qo‘yilgan BTR, mototsikllar va mashinalariga GSM dan yog‘ va benzinlarga to‘ldirib va changlarini artib joylariga qator qilib qo‘yishgandi.  Olimjon Ichkarida ofitserlar bilan nimalarni uzoq gaplashib chiqqandan so‘ng birma bir texnikalarni aylanib shularning hammasi o‘ziniki ekaniga ichida qoyil qolardi.

Olimjon aka va Mo‘min akalar ofitserlar kazarmasidagi jangchilar bilan salomlashib ketmoqchiman Alisher dedi. Hammamiz shoshib saflandik, yonidagi minbardagi tayyor mikrofonga gapirmasdan Olim  aka shundoq baqirarib ketdi. edi. Ularning harbiycha kiyingani bilan aslo harbiy emasligi bilinsa, buning  ustiga o‘zlarini yo‘qotib, xovliqib qolgan edilar, va nihoyat tilga kirdilar:

Xe ukalar, bugundan boshlab Hammangiz mening aytganimni qilasizlar, men yo‘g‘imda esa  Alisherjonning aytganidan chiqmaysizlar, hammangizga maosh ming dollardan, kelishdikmi?

Alisherjon unvoning nima edi sening?  Bu yoqqa chiqqin kimsan o‘zing, ofitserlaring maqtab yubordi, bir ko‘ray sani.

Katta serjant dedi, o‘rtaga chiqarkan, Alisher.

Yo‘q buni bugun tez o‘zgartaman, dedi Olimjon aka, yonida turgan ikkinchi mafiozdan yasalgan geeneralga kulib. Siz xozirdan boshlab katta leytenatsiz gap tamom, maoshingizni to‘g‘rilaymiz, ammo shuni bilinglarki, gapimni ikkita qilganlarni o‘sha erda Alisherning o‘zi otib tashlaydi, bizda tartib qattiq bo‘ladi!

Istamaganlarga yo‘l ochiq ketaversinlar, biz yalinmaymiz unday xotinchalishlarga, der ekan, qo‘li bilan joy ko‘rsatib anavi erga turinglar ketuvchilar, asta sekin 7 yoki 8 yigitlar Olim aka ko‘rsatgan joyga saflanalilar.

Birdaniga Olim akaning afti burushganini ko‘rib xech kim chiqmay qo‘ydi, qani ertaroq yo‘qolinglar bu erdan chiqinglar va qaytib ularni qo‘ymanglar, deganidan so‘ng yigitlar qo‘rqa pisa ko‘cha tomon qadam tashlayboshladilar.

Birdan Alisherning: orqaga qaytinglar! Degan buyrug‘idan ketuvchilar taqqa to‘xtashdi. Janob polkovnik!  Uzr, ularni kechiring, men ular bilan o‘zim gaplashaman, degandan so‘ng o‘ziga kelgan polkovnikning chexrasi ochilib, hammaga yutuqlar tilab, mersedeslarida qayoqqadir yo‘qolishdilar.

Sasigan boyliklarini sig‘dirolmagan  boyvachchalarning paytdan foydalanib, o‘z xududlariga xon bo‘lib, O‘zbekitondan ajralib chiqishni hayol qilish, shunday yigirma birinchi asrda qarangda.

IIB va MXXni va uning jangchilari va qurollari bilan bir bir kunda ko‘tara sotib, bu erda bizga endi kun yo‘q deb hisoblagan, xaqiqiy general va polkovniklarimiz qaerdandir vertolyot chaqirib chamadonlari bilan bola-chaqalarini vertolyotga zo‘rg‘a sig‘dirib Janubga qochdilar.

Ularga mazali palov deysizmi, sixli kabobu, tandir go‘shtlar tayyorlab beruvchioshpaz G‘anijon aka g‘o‘ldirab: bilasizlarmi ular to‘ppa to‘g‘ri general Do‘stimni izlab ketdilar oxiri nima bo‘lishini bilmadim, endi ketdi ketdida, dedi yana G‘anijon aka.

Askar bolalar bir kun ishsiz yotdilar, bir balo qilib kimdir  yashirib qo‘ygan qo‘l telefonini topib Alisherga berishdi. U shuncha urinib Toshkentga o‘zining Qo‘qoniga telefon qilib tusholmadi telefonlar stantsiyasi ishlamas edi.

Ertasi kuni uch to‘rt oofitserlardan ham ikkitasi yo‘qolib qolishdi, tong sahardan birov kelib Alisherdan so‘rab ikki soldatni olib ketdi. Alisher Hammani yig‘ib: o‘q dori, qurollarni joylashtirdinglarmi, yashanglar, qani bekor o‘tirmay yaxshilab soqollaringi olib, yuvininglar.

Xudo hohlasa yo‘lga chiqadiganga o‘xshaymiz, deya qisqa qilib Alisher. Kech ham kirdi va ertalab ketishgan bolalarning ikkovlari ham sog‘ kirib kelishganidan hamma xursand.

Ularga Olimjon akaning orqa havlisidagi chordoqdan 3 katta qoplarni tushirtirgan va qarasa bir xillari 25, 50, 100 so‘mlik yap-yangi ancha yillar yotgan O‘zbekiston pullari ekan, keyingi qopda faqat va 200 500 so‘mliklar bor ekan.

Bizlarning avval G‘anijon akam qornimizni to‘yg‘azdi va ishlaring yaxshi, dedi. Uchta darvozadan KAMAZ mashinalari nimani qaysi skladlarga tushirishni Olimjon akaning yordamchisi toshkentlik Zufar aka hal qilarkan.

Bu erga bir narsa topshirilsa, qaytishda yana boshqa narsalarni olib ketishadiganga o‘xshaydi.

Bizni pul sanatishga olib kelishgan ekan, uni ham qanday sanash va yozib borishlargacha Zufar aka tushuntirdilar, ishlanglar yigitlar, o‘g‘riga o‘xshab xar narsaga qarayvermasdan tez ishlanglar dedilar Bu erda kameralar bor. Biz bir erto‘laga o‘xshagan erda stol stullarda o‘tirib ishladik.

Qo‘limizda daftarga xar pachkani yozib borsak ko‘p pachkalar yirtilib aralash quralash pullar edi ular.

Xar kim o‘z sanagan pullari pachkalarga o‘z qo‘lini qo‘yar, noto‘g‘ri bo‘lsa keyin javob berasan emish. Bir amallab ikkovmiz kechgacha pullarni zo‘rg‘a sanab bitirdik, pul sanashdek ishdan qiyini, yo‘q ekan dunyoda.

Bizlar astagina Olim akaning bizlarni sotib olgandan so‘nggi qolgan mayda chaqalari bo‘lsa kerak deb kulishdik. Xe bilasanmi, u narkobaron narkotiklarni KAMAZi bilan Afg‘ondan Rossiyaga o‘tkazib soqqalarini olib turadigan odam, ammo u xizmatchilarini begona uzoq shaxarlardan oladi deyishadi.

Bizlar endi nima desang, ming dollarni olib u kishi nima desa bajaraveramizmi, og‘aynimga savol berdim qiziqib.

Bilasanmi sen darrov uxlab qolding, kecha vodiyliklar anchagacha uxlashmadi.

Ular aytishdiki, bunga ishonmanglar, bu shaytonning urg‘ochisi oyiga o‘n dollar ham bermaydi. Xalqimiz qurbonsiz yangi davlatimizni saqlab qolishi uchun kurashayotgan ekan unga albatta qurol kerak va bizlar unib turgan qurollarimizni Toshkentga albatta etkazish kerak, dedi u.

Alisherning shunday deganini eshittimku, hayron bo‘lib angrayib qotib qolibman.  Yana u aytdiki, bu pixini yorgan iflos bir amallab afg‘ondagi tolibongami qurollarni va bizlarni ham pullab yuboraveradiganga o‘xshaydi.

Bir xarakat qilib avtomatlari bor xamma sandiqlardagi Kalashnikovlarni o‘qlari bilan ortib olsak, marra bizdan deyaveringlar, bizlarni xech kim to‘xtatolmaydi.

Olim polimingizga qaramay shu erdan chiqib olgan zahotiyoq Olim akaning   mening komandam bilan Toshkentga olg‘a! Deyman dedi Alisher.

Nihoyat Alisherning ko‘nglidagi payt keldi, bugun hammayoqni tozalayverib yaltilatib tashladik, yotganimiz yotgan.

Kechki ovqat eyilgandan so‘ng akt zali ochilib hamma zalga taklif qilinadi.

Jim yurgan uch ofitser ham bunday “jinni holat”dan bezor bo‘lishganmi  uylariga ketib qolishibdi, bu yangilik birinchi bo‘lsa diqqat katta yangilikni eshitinglar: O‘zbekiston ozod qilinibdi va xaqiqiy mustaqilikka erishibmiz, Karimov ishdan bo‘shatilgan Alishering bu so‘zlari tugamasdan yigitlarning ura, qoyil, degan so‘zlari quloqlarni qomatga keltirdi.

Yigitlar bir-birlarini quchoqlashib o‘zbekchasiga tabriklashardi, shunchalar orqada qolib ketibmiz ekan?  Hammasiga Mo‘min bilan Olimjon galvaslar sababkor, menning aytganim aytgan desa, anchagina narida bir yigit ular galvas emaslar qariyib viloyatni bus-butuni bilan shularga topshirib yuborgan bizlar galvaslarmiz, deyishdi.

Birdan ko‘rinmay qolgan Alisher buyoqqa kelinglar ikkov chop deb offisnga kirib ketdilar va ular yana quvonchlari ichiga sig‘masdi.

Bekorga baqirmanglar viloyat telefon stantsiyasi ishlamayotir, uni menimcha bir balo qilib buzishgan.

Ularning qo‘lidagi ikkala yashchik biri qo‘l telefonlari, ikkinchisi zaryadkalari ko‘rinadi. Alisher: Telefonlar qaysisi kimligini aniqlamguncha ularning birortasi berilmaydi, so‘ng mening boshimni qotirasanlar, berilmaydi gap tamom! Negadir nimagadir uning ko‘ngli g‘ash bo‘lib qoldi xechnarsa yoqmaydi, axir u aytgan yangilik bayram emasmi, deb po‘ng‘illardi birov.

Anchagina nimadandir ezilgan Alisher birdan yigitlarni bo‘linma qo‘shinlari yig‘ilishadigan erga borib saflaninglar! deb buyurdi. Kazarmaga ham ayt tez chiqishsin! dedi u baqirib, hamma yugurib chiqib ketdi.  Hamma saflangan, kech kirib kelmoqda Alisher mikrofonni qo‘liga olib, Tezkor maxsus bo‘lim jangchilari, telefondan kechadan beri ko‘p urinib, ikki uch erdan aniq ma’lumot oldim.

Xullas tong otguncha texnikalarimiz yordamida Samarqand viloyati xududiga o‘tib telefon orqali albatta Toshkent bilan bog‘lanamiz, vaziyatni aytib nima qilishni ulardan bilib olamiz

Faqat shunday qilish kerak, deb hisoblayman. Shu bilan qismning menga itoat qiluvchi starshina va serjantlaridan o‘zimga soxalar bo‘yicha yangi komandirlar tayinlayman va kechki oaqatdan so‘ng nomi chiqqanlar bo‘linmaning shtabiga soat 9,00 etib borishlaringni buyuraman dedi viqor bilan.

Yana shuni ma’lum qilamanki, bo‘limamiz aloqa vositalarining avariyniy ishlashi kerak kanalarning, sputnik orqali aloqa va barcha navigatsion qurilmalarining eng kerakli erlari viloyat aloqasi inspektori va bizdagi bo‘linmamiz aloqa boshlig‘i mayor Subxanov tomonidan bugun uchinchi kun emas, bir hafta oldin olib ketilganini aniqladik.

Bularni anqov ofitserlarimiz bilmaganlari holida eng maxfiy tomonlarimizni viloyat grajdan aloqa xodimiga Subxanovning ochib bergani katta jinoyatning sodir etilganidir.

Ikkinchi ofitserning markazga barcha ishlarimizni shaxsan o‘zim markazga etkazaman degandi, u kishidan ham xabar yo‘q. U erdan albatta qandaydir aviatsiya aralashgan shoshilinch chora ko‘rilsa kerak, xayrlashib: o‘zingizni, bo‘linmani asrang, kech soqchilarni kuchaytiring, deb ketganicha ular ham jim.

Meni qiynayotgani, nega jimlik buncha davom etayotganiga hayronman. Mayli bugunni ham o‘tkazaylik.

Endi barcha jangchilarni yangi va aniq xabar bilan tabriklamoqchiman: O‘zbekistoinmizni yangi vaqtincha xukumat boshqarmoqda, Karimov ancha bo‘lgan iste’fo berganiga. Jangchilar nafaslariga to‘yinib Ura, Ura deb hayqirishib bir-birlarini quchoqlab tabriklashdi.

Yana Alisherning komandasi yangradi: hammalaringga Smirnooo! Shuncha yangiliklardan anchadan beri aloqa ishlamay hatto bizlar informatsiyadan uzilib qolganmiz uyat!

Arzimagan qandaydir iflos puldorlarning hiylasiga shunchalik uchib qolganimiz, bizga kelajakda bular saboq bo‘lishi kerak. Nega ollgarxni boshliq qilib uning aytganlarini qilib o‘tiribmiz, Mo‘min po‘min sotqinlarni o‘sha kuniyoq qamoqqa olish yoki otib tashlash kerak edi.

Xozir kechki ovqatga tarqalinglar!!!.

Kechki ovqatdan so‘ng yangi bo‘lajak komandirlar shtabga yig‘ilishdilar. Ular Alisher bilan bahsga ham kirishib, o‘z muammolarni ochiq-oydin gapirishib turganda, asosiy kirish darvozasiga qo‘yilgan soqchining kirib xavliqib Alisherga raport berdi: sizni chaqirishayapdi, Toshkentdanmiz deyishdi, ular ko‘pchilik.

Sahnadan sakrab tushgan Alisher tez pistoletini qo‘liga olib chopganicha chiqib ketadi.

Bu gaplarni tushunmagan yigitlar xavliqa boshladilar:

Bildingizmi kechagi gaplarni Olim akaga sotishibdi, kim ekan axxx! Bilsam pachag‘ini chiqarar edim. Yana birov: ey pul sanagan sotqinlar, kecha sizdan bo‘lak xech kim bu erdan chiqqani yo‘q, siz sotqinsizlar deb, ulgurmasdan tashqaridan to‘pirlashgan odamlar kelayotgani eshitildi.

Ana kelishdi, qurollanish kerak, yana birov baqirdi: svetlar o‘chirilsin! Hamma yotsin! Komandasi yangrab, zal zimistonga aylangandi.Zal eshigini ichkaridan ilib ulgurgan yigitlar, Alisherning bosiq ochinglar tez, Toshkentdan mehmonlar kelishdi” deyishi bilan, svetlar yonib eshik ochildi.

Bir sochiga oq oralagan kishi “O‘zbekiston Xalq Xarakati”ning vakili deb, guvohnomasini ko‘rsatgandan so‘nggina zalga qadam tashlaydi.

Uning ortidan o‘ttizga yaqin safdoshlarimiz kirishganidan xursand edik bizlar. Oq soch aka minbarga yaqinlashadi:

Do‘stlar! bizlar yangi xukumatning tezkor guruhimiz dedi u. Gapning to‘g‘risi instruktsiyani buzmay, formasiz bo‘lak-bo‘lak keldik, agar formamiz bo‘lganda bu erdagi postlardagilar bizlarni allaqachon narigi dunyoga jo‘natisharkan.

Qisqacha informatsiya bersam, viloyatingiz bilan umuman aloqa uzilib, Toshkentga javob yo‘qoldi, allaqanday emas, hammaga taniqli puli ko‘p olligarxlaringiz Olim yana Mo‘min akalariz bor ekan. Butun viloyatning hamma organ kuchlarini ularning eng katta rahbarlarining buyrug‘i bilan bir erga majlis bo‘ladi deb yiqqan ofitserlari ularni qurolsizlantirilgandan so‘ng hammasini qamaganlar.

Qolganlarga bu kundan boshlab komandirlaring shu kishi bo‘ladi deb, UVD ning boshlig‘i Olim akani ko‘rsatgan.  Ana shunday ahvol bilan sizlarning boshliqlaringiz ham viloyat bo‘yicha o‘z kadrlarini qamab, ko‘chadagilarni olligarxlarga topshirib, so‘ng ular qochiishmoqchi bo‘lganlar.  Chegarada vertolyot qo‘nishga majbur qilinib, ular qo‘lga olingan va ularning tergov ishlarini Toshkentla shaxsan Rustam Inoyatov olib bormoqda.

Birdan shtabni qarsak ovozi bosadi. Qo‘li bilan ishora qilib qarsakni to‘xtatarkan, davom etdilar: Bu degani necha yillardan beri aldangan xalqni yana aldab, respublika bilan aloqani atayin uzib, javob bermay, bu erda o‘zlarining mustaqil xonliklarini tuzishmoqchi bo‘lganlarning ishi.

Olimjon aka sizlarga bugun kelib, o‘z ishonchli qarindoshlaridan birini boshliq qilib, sizlardan xalqimizga qarshi va o‘z vatanimizga qarshi jangarilar tayyorlamoqchi ekan.

Qarang uning qanchalik tirmizak ekaniga, u viloyatdagi shaxarlar va katta idora rahbarlarining, butun rayondagi hokimiyatlar idoralarining telefon aloqalarini uzib, hatto tele va radiokanallarini ham uzdirib tashlattirishga erishgan.

Kecha kirmoqchi edik oldingizga, muhim ish va topshiriqlarni bajarib bo‘lib, mana endi palov eyishga  keldikda dedi, qarsaklar chalinib atrofdan, mayli palov aylansin sizlardan, bosh ustiga, degan tovushlar eshitiladi.

Bizlar palovga arzirlik ikki ishni bajardik Alisherjon, birinchisi UVDning boshliqlarini va kadrlarini ozod qildirib va xech narsa bo‘lmaganday o‘tirgan bemalollarni tekshirib ularning hammasi Olim akaning yaqin qarindoshlari ekanini aniqlab,  ularni ham tutib qamadik.

UVD ning yuzdan ortiq komandir va ofitserlarini xechkim bilmas erdagi bokslarga tiqib tashlanganlarni ozod qildik, kerak bo‘lsa yaqinlarda ular sizlar bilan qo‘shilib ishni boshlaysizlar.

Shu ishlarning asosiy tashkilotchisi Olimjon va Mo‘minjon akalaringizni ham kechga bir go‘zalnikida qoyilmaqom qilib ushladik, u kishilarni kuchaytirlgan bir vzvod qo‘riqlamoqda, Ertalab ularni Toshkentga jo‘natamiz, Rustam Inoyatov va Bahodir Matlubovlarning o‘zlari ularni so‘roq qilishmoqchilar.

Olim akangizning Zufar degan yordamchisi tufayli jangovar qurol va o‘q dorilar saqlanadigan katta omborga ham ertalabgacha qorovul qo‘ydik, ertalab ular kerakli erga tashib keltiriladi.

Palovdan boshlangani uchunmi gapimiz shu erda to‘xtab qoldi? Qani palov? Hamma kuladi. Hammamiz bo‘riday ochmiz. Alisher: aka oshpaz bolalarga tez hammamizga etadigan osh qilinglar deb buyruq bervorganman.

Zalni gulduros qarsaklar bosib, uni Alisher to‘xtatdi, u mikrofonlarni qo‘shdi va puflab yurib simsiz ishlaydigan mikrofonni qo‘lga olib gapga tushib, ketdi:

Safdoshlar! Mehmonlarimizdan hammamiz o‘rnak olishimiz kerak, qarang 30 odam butun uzib qo‘yilgan telefonlargacha xalqni Toshkent bilan gaplashadigan qilyapdilar ekan. Mikrfonni Alisherdan olib mehmon: u yangilik palovdan so‘ng aytiladida! Dedilar, yana zalni kulgi bosdi.

Sizlarga tashakkurlar bo‘lsin safdoshlarimizni qamashganidan bizning shu erda turib xabarimiz yo‘q. Ammo bularni sizlar Toshkentdan bilib kelibsizlar, yana bizning yordamimizsiz qamoqdagi ikki yuzga yaqin ofitserlarimizni ozod qilib, yana Olim va Mumin akalarni ham tutish xazil emas, o‘sha kuni tilidan bol tomishini qaranglar ularning, 1000 dollardan maosh tayinlab ketdi.

Oshpaz Furqat shoshib kelib raport topshirdi: palov tortilishga ruxsat so‘rab keldim. Alisher aralashdi: xozirgina buyurgan edimku oshing xom emasmi o‘zi Furqat? Furqat: komandir shuncha yaxshi xabarlar, ayniqsa respublikamiz ozodligi va bu mehmonlarning kelishiga baribir ertalab palov bo‘lsin deb buyruq berishingizni bilib, kuni bekor o‘tayotgan yigitlarga savzi to‘g‘ratib qo‘ygandimda komandir.

Alisher kazarmani ham chaqiringlar oshga! Deb buyruq berdi. Shunday qilib oldindagi hamma ko‘z tikkan ko‘p nomzodli saylovgacha respublikaning “Xalq Xarakati” o‘z oldiga rejalashtirgan asosiy ishlari qariyib bugun to‘la amalga oshirildi desak ham, bo‘laveradi.  Oshga marhamat,  birodarlar!

Yodgor  Turlibekov

 

http://uzxalqharakati.com/?p=674

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: