AnekDOD – ozodlik.org


Eslatma: “Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka” gazetalarining umumiy adadi 100 ming nusxaga ham etmaydi, degan xabar chin. Lekin bu gazetalarning har birining tiraji 5-6 mingdanni tashkil qiladi. Tak chto, ularning umumiy adadi 20 mingga etmaydi, d

23.06.2011

Sarvar Usmon

Aholiga jinsiy xizmat ko‘rsatish muassasasining (“islovotxona” deyishga iymandim) bozori kasodga uchrasa, ahvolni o‘nglash uchun nima qiladilar?

Bu masalaning echimi allaqachon topilganidan xabaringiz bo‘lsayam, iltimos, ushbu matnni oxirigacha o‘qib qo‘ying?

Axir boshlab qo‘ydingiz – bo‘lar ish bo‘ldi!

Echimdan xabari yo‘qlar esa, o‘qisayam o‘qisin, o‘qimasayam.

Bugun “O‘zbekiston xabarlari” rukni ostida mana bu xabarni berdik:

“Kelasi yili O‘zbekistonda bosma nashrlarning adadi bir necha martaga ortishi mumkin va bunga ommaviy axborot vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanadigan yangi kompaniya tuzilishi imkon yaratadi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Ro‘zmat Safaevning bu bayonoti to‘g‘risida Regnum agentligi xabar qildi. Safaevga ko‘ra, davlatga qarashli yangi kompaniya mavjud “Matbuot tarqatuvchi” shirkatiga muqobil tarzda tuziladi va u gazetalarni qaerda o‘tsa, o‘sha erda – katta magazinda ham, non do‘konida ham sotishi mumkin bo‘ladi.

Regnumga ko‘ra, shu kunda hukumat tasarrufidagi “Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka” gazetalarining umumiy adadi 100 ming nusxaga ham etmaydi.

Mustaqillik arafasida birgina “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 500 ming nusxadan ziyod chop etilar edi”.

Xabar tugadi.

Bir-ikki yil oldin bu masalani kamina ataylab o‘rganganman.

Gazeta-jurnallar tiraji kuladigan emas, yig‘laydigan darajaga tushib ketganini tirikchilik tashvishlariga o‘ralashib qolgan oddiy mushtariy bilmasayam, mamlakatdagi hamkasblarim juda yaxshi biladi.

Regnum xabariga qo‘shimcha yana birgina misol: “Sharq yulduzi” mustaqillikkacha qariyb 200 ming nusxada chop etilardi.

Har oyda bitta son. Har soni 200 ming nusxadan.

Bu yil qandayligidan xabarim yo‘q. Lekin bir-ikki yil oldin bu jurnalning har uch oyda bittagina, bir yilda to‘rttagina soni chiqayotgan, bitta soni bir yarim ming nusxagina bosilayotgan edi.

Mana endi hukumat ahvolni o‘nglamoqchi. Va shu maqsadda gazeta-jurnal sotadigan maxsus kompaniya tashkil qilmoqchi.

Sevinishim kerak. Lekin quvonch yo‘q. Kinodagi rais aytganiday, Baxt yo‘q!

Matn boshidagi gap – islovotxona kasodga uchrasa, ahvolni o‘nglash uchun nima qiladilar, degan savolu uning ko‘pchilik biladigan javobi aylanayapti xolos boshda.

Javob esa, budir: islovotxonaning bozori kasod bo‘lsa, karavotlarni emas, xodimalarni almashtiradilar.

Pardon, mamlakatdagi hamkasblar!

Sizlarni xafa qilmoqchi emasman. So‘nggi 20 yil ichida shakllangan sharoitda Sizlarni almashtirish bilan hech narsa o‘zgarmaydi.

O‘rningizga meni oborib qo‘ysalar, men ham Siz bo‘lishim mumkin.

Bo‘lmasligim ham mumkin.

Bo‘lmaslik uchun, bor-yo‘g‘i, jurnalistikani tashlashga to‘g‘ri keladi.

Demak, adashibman. Islovotxona to‘g‘risidagi hazil o‘tmas ekan aynan shu masalada.

Xuddi shuningdek, sotuvchini ko‘paytirish bilan ham hali yoruqqa chiqmay turib kasod bo‘lishga mahkum etilgan gazeta-jurnallar tirajini ko‘paytirib bo‘lmaydi!

Muammo echimi umuman boshqa narsalarda ekanligini boshqalar bilmasayam, Sizlar bilasiz-ku hamkasblar!

Yana shuniyam aniq bilasizlar-ki, toki ana o‘sha “boshqa narsalar” haqida gazetalaringizda qo‘rqmay yozishga izn bermagunlaricha, tirajlar ko‘paymaydi.

Mamlakat rahbari har yili bir marta jurnalistlarni jasurlikka chaqirish o‘rniga haddan oshishda ayblashga majbur bo‘ladigan sharoit yaralmaguncha tirajlar ko‘paymaydi.

***

2012 yil. Bahor (Yoz, Kuz, Qish). Toshkent (Andijon, Buxoro, Jizzax…). Non do‘koni.

Sotuvchi: Nonni qaysi gazetaning ustida kesishni yoqtirasiz, “Xalq so‘zi”ningmi yo “Pravda Vostoka”ning?

Xaridor: E, xit qildingiz-ku! Non emay qo‘ysam qutulamanmi shu gazitingizdan?!

Sotuvchi: Aka, menda nima ayb?! Sotasan, deyishayapti-da, mengayam zarilmi…

 

http://www.ozodlik.org/content/blog/24244611.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: