Archive for June 27th, 2011

27/06/2011

AnekDÂD – ozodlik.org

Hatırlatma: “Halk Sözü”, “Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka” gazetelerinin toplam tirajı 100 bin bile değil, şeklindeki haber doğru. Fakat bu gazetelerin her birinin tirajı 5-6 binden oluşuyor. Öyle ki onların toplamı  20 bine ulaşmıyor.

23.06.2011

Sarvar Usmon (Сарвар Усмон – Server Osman)

Kamuya cinsel hizmet sunan kurumun (“genelev” demeye çekindim) işleri kesat giderse durumu düzeltmek için ne yapılır?

Bu problemin nasıl çözüldüğünden uzun zamandır haberdar olsanız da lütfen bu yazıyı sonuna kadar okuyun.

Hem bir kere başladınız, olan oldu!

read more »

27/06/2011

IKKINCHI HIKOYA – uzxalqharakati.com

Jun 27th, 2011

(O‘XXning kelajagiga yaxshi niyat bilan yozilgan)

Birinchi qism

“O‘zbekiston Xalq Xarakati” tashkilotiga muxolifatning demokratik, qolaversa diniy kuchlar va jim o‘tirmaylik degan tashkilotlar va shaxsan yakka otlik-piyodalargacha kirib, saflar kengayib  kuchayib ketdi. Lekin ayni paytda qaysi bir tashkilotlar bu “zo‘rovonlik siyosat” degan bahona bilan kurashgilari kelmadi.

Muxolifat  niqobidagilar “bizlar nozo‘rovonlik siyosat olib borib, asta sekin diktatorni tartibga chaqirib, uning o‘zi o‘rnini bo‘shatib berishga majbur qilamiz”, deb zimdan bu tashkilotimizga tosh ham otaboshladilar.

read more »

27/06/2011

Prezidentda mas’uliyat bormi? – ponauz.com

Iyun’ 26th, 2011

Diyorimizda, qog‘oz tanqisligiga qaramasdan «O‘zbekiston Konstitutsiyasi» kitobini izlab topish va o‘qish uncha murakkab ish emas. Lekin, 20 varaqlik Konstitutsiya deb atalmish bu kitobni:

– kim o‘qiydi?

– kim o‘qigan?

– va kim tushungan?

Mening fikrimcha bu kitob, ya’ni bizning Konstitutsiyamiz, biror demokratik mamlakatning ruschaga o‘girilgan konstitutsiya nusxasidan ko‘chirma bo‘lib, Prezidentimiz xohishiga moslangan siyosiy, ijtimoiy tushunchalar to‘plamidir. Bu kitobda teran fikrlar ham yo‘q emas. Ammo, kitob asosan, o‘ziga xosligi va o‘ziga mosligi bilan ajralib turadi.

read more »

27/06/2011

AnekDOD – ozodlik.org

Eslatma: “Xalq so‘zi”, “Narodnoe slovo”, “Pravda Vostoka” gazetalarining umumiy adadi 100 ming nusxaga ham etmaydi, degan xabar chin. Lekin bu gazetalarning har birining tiraji 5-6 mingdanni tashkil qiladi. Tak chto, ularning umumiy adadi 20 mingga etmaydi, d

23.06.2011

Sarvar Usmon

Aholiga jinsiy xizmat ko‘rsatish muassasasining (“islovotxona” deyishga iymandim) bozori kasodga uchrasa, ahvolni o‘nglash uchun nima qiladilar?

Bu masalaning echimi allaqachon topilganidan xabaringiz bo‘lsayam, iltimos, ushbu matnni oxirigacha o‘qib qo‘ying?

Axir boshlab qo‘ydingiz – bo‘lar ish bo‘ldi!

read more »

27/06/2011

Tojikistonda Vahdat – Milliy yarashuv kuni nishonlandi – ozodlik.org

Imomali Rahmon kelishuvga muxoliflari ham imzo qo‘yganini yoddan chiqarishni ma’qul ko‘rganga o‘xshaydi.

27.06.2011

27 iyun kuni Tojikistonda Milliy yarashuv kuni nishonlandi. Bundan 14 yil avval Moskvada prezident Imomali Rahmon hukumati va Birlashgan Tojik muxolifati o‘rtasida imzolangan kelishuv mamlakatdagi fuqarolar urushiga nuqta qo‘ygan edi. Sulh kelishuvining asosiy shartlaridan biri o‘laroq muxolifat a’zolariga Tojikiston hukumatida o‘rin berilishi kerak edi. Kelishuv imzolnagach, Tojikistonda haqiqatan qurolli mojaro to‘xtadi, biroq sulhni imzolashda qatnashgan siyosatchilar uning millat ichida murosa o‘rnatilishiga xizmat qilmagani va tinchlikning o‘rnatilishi bugun faqatgina prezident Rahmonning yutug‘i sifatida tashviqot maqsadlarida ishlatilayotganini aytmoqda.

read more »

27/06/2011

O‘zbek soliqchilari soliqni o‘z karmonlariga yig‘ishmoqda – uznews.net

27.06.11

Uznews.net – Toshkentlik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagi undan badalni bankka emas, cho‘ntaklariga urish niyatida bo‘lgan soliq nazorati xodimlarining qattiq qarshiligi bilan to‘qnash kelgan.

«Ish uchun zarur hujjatlar paketini rasmiylashtirish uchun men davlatga 850 ming so‘mdan ko‘proq pul to‘ladim, – deya yozg‘iradi yosh -«tujjor» ayol Oksana (ism uning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan). – Biroq Sirg‘ali soliq nazorati noziri Eduard Kim tagdor qilib, biz dugonam bilan uning cho‘ntagi uchun pul berishimizni talab qildi».

read more »

27/06/2011

“O‘zbekistonda qiynoqqa duchor qilinayotganlarning ko‘pi dindorlar” – ozodlik.org

O‘zbek qamoqxonalaridagi qiynoqlarga u erdagi mahbuslarning qonli ko‘ylaklari ham dalil bo‘ladi.

26.06.2011

Basira

Mamlakat qamoqxonalaridagi vaziyat bo‘yicha monitoring o‘tkazgan huquq faollari ana shunday xulosaga kelmoqdalar.

So‘nggi paytda O‘zbekiston qamoqxonalaridan kelayotgan dindorlarning jasadi erta tongda, bir nechta qarindosh ishtirokida dafn etilmoqda. Mazkur dafn marosimlari huquq-tartibot organlari xodimlarining qattiq nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

read more »